Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.78K subscribers
9.81K photos
1.28K videos
92 files
3.74K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘rtasidagi “Zakovat” turniridan lavhalar

Ayni vaqtda respublikamizning barcha hududlarida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
#zakovatda_kuch
#g’alaba_muborak

Bugun respublikamizning barcha hududlarida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” turnirining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o’quvchilari Toshkent shahar bosqichida ishtirok etishdi. Natijalar esa quyidagicha:


🥇1-o‘rin: Toshkent shahridagi Prezident maktabi;
🥈2-o‘rin: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalari maktabi;
🥉3-o‘rin: Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi.


📚G’olib jamoalarga “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan “Zakovat” kitobi sovg‘a qilindi. Shuningdek, mazkur 3 jamoa turnirning respublika bosqichiga yo‘l oldi.

Bunday natija bilan maktab jamoasi va o’quvchilarin
i chin dildan tabriklaymiz!


Telegram | Instagram |Facebook
🎞 Ustozlar va ularning mashaqqatli mehnatiga bag‘ishlangan filmlar

❗️Ustozlarning nafaqat o‘zi, balki ular haqidagi yaxshi film ham tarbiyalashi, o‘rgatishi mumkin.

⚡️ Dam olish kuni yaxshi film tomosha qilishingiz va ilhom olishingiz uchun ushbu ro’yxatni taqdim etamiz:

1. “Super 30”;
2. “Ron Klark tarixi”;
3. “Moʻjiza”;
4. “Iqtidorli”;
5. “Uch savdoyi”;
6. “Ustoz”;
7. “Matematik moʻjizalar”;
8. “Ibrat”;
9. “Uyg‘onish davri odami”;
10. “Hayot go‘zal”;
11. “Zulmat”;
12. "Xorchilar”;
13. “Ikkichi”;
14. “Tafakkur o‘yinlari”;
15. “Yerdagi yulduzchalar” ;
16. “Olg‘a, Hindiston!”;
17. “O‘rindosh”;
18. “Murabbiy”;
19. “O‘qituvchi”;
20. “Zakovatli Uill Xanting”...

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#tanlov

Diqqat tanlov!

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 1-oktyabr “Ustozlar va murabbiylar” kuni munosabati bilan ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.

✍️Tanlovda ishtirok etish uchun "Kimdir o'qitgan-ku Navoiyni ham" mavzusidagi nasriy (insho, esse, hikoya...) , nazm (she'r) va tasviriy san'at (rasm va devoriy gazetalar) yo'nalishlaridagi ijod namunalaringizni 30-sentyabrga qadar Ijodiy to’garak rahbari @Nigora_Asqaraliyeva ga taqdim etishingiz so'raladi.


G'oliblar 1-oktyabr kuni aniqlanib, esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi!


Telegram | Instagram |Facebook
#kun_hikmati

Iste’dodsizlikni iste’dod o’laroq qabul qilgan adabiyot o’quvchini adabiyotdan bezdiradi; shuni unutmangki, adabiyotning kushandasi adabiyotdir, boshqa biron narsa emas.


✍️Xorxe Luis Borxes

Telegram | Instagram |Facebook
Forwarded from Zamin Foundation
Qarshi, Toshkent, Andijon va Nukusda "Zamin Creative" inklyuziv ijod studiyalarida ilk darslar bo‘lib o‘tdi.

"Zamin Creative"ga uchinchi qabul eng ko‘p kutilgani bo‘ldi: media, dizayn va teatr san’ati yo‘nalishlariga jami 277 ta ariza kelib tushdi. Saralash davomida bolalar o‘zlarini erkin tutdilar, kreativ yondashgan holda pedagoglarning ijodiy vazifalarini bajardilar.

Ularga omad tilaymiz va ijodiy chiqishlariga taklifnoma kutib qolamiz!

Прошли первые уроки в инклюзивных творческих студиях Zamin Creative в Карши, Ташкенте, Андижане и Нукусе.

Третий набор в Zamin Creative стал самым ожидаемым: в общей сложности ребята подали 277 заявок по направлениям: медиа, дизайн и театральное искусство. Во время отбора ребята вели себя свободно, применяли креативные подходы, выполняя творческие задания педагогов.

Желаем творческих успехов и ждём приглашения на творческие показы!

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube