Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
9.2K subscribers
13.3K photos
1.47K videos
95 files
4.39K links
Download Telegram
#Zamin_Creative

❇️ Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida “Zamin Creative” ta’lim dasturi doirasida “Aktyorlik mahorati”, “Dizayn” va “Media savodxonlik” bo‘yicha to‘garaklar faoliyat yuritadi.

Mazkur mashg‘ulotlarda ijod maktabi o‘quvchilari Toshkent shahridagi 101,102, 106-maxsus (imkoniyati cheklangan bolalar) maktablari o‘quvchilari bilan birga ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi.

⚡️Bugun “Zamin Creative”ning barcha yo‘nalish a’zolari yil davomida o‘rganganlari bo‘yicha hisobot darslarini o‘tkazishdi.

🔶“Dizayn” yo‘nalishi o‘quvchilari o‘zlarining “Upcycling” liboslar kolleksiyasini namoyish etishdi.

🔷“Media savodxonligi ” yo‘nalishi o‘quvchilari videorolik taqdim qiliishdi.

🔶“Aktyorlik mahorati” o‘quvchilari Antuan de Sent-Ekzyuperining “Kichkina shahzoda” asaridan parchani namoyish etishdi.

☑️Ushbu hisobot darslarida o‘quvchilar bilan birga ularning ota-onalari ham ishtirok etishdi. Tadbir so‘nggida Inklyuziv ijod studiyasi a’zolariga esdalik sovg‘alar taqdim etildi.
#Biz_haqimizda
#Matbuot

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi haqida "Учитель Узбекистана" gazetasida maqola chop etildi. Mazkur maqolada maktab faoliyati xususida so‘z yuritilgan.
#Bizning_o‘quvchilar

🎉Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 11-B sinf o‘quvchisi Murodova Rayxona turk tilini bilish bo‘yicha B2 darajasini qo‘lga kiritdi.

💫 Rayxonani yana bir yutug‘i bilan tabriklab, kelgusi ishlarida zafarlar tilab qolamiz!
#Taqvim

Bugun - 29-may

🍽 Butunjahon sog‘lom ovqatlanish kuni.

🌐Xalqaro BMT tinchlikparvar kuchlari kuni.

🎥Toshkentda jahonning 32 davlati va 8 xalqaro tashkilotining madaniyat va sanoat arboblari ishtirokida "Umuminsoniy qadriyatlar va milliy taraqqiyot" XII Xalqaro Toshkent kinofestivali bo‘lib o‘tdi (1997).

Telegram | Instagram
​​#mahorat_darsi

Ma’lumki, o‘sib kelayotgan yosh avlodning ta’lim-tarbiyasi, bilim  saviyasi va ahloqiy kamolotida umumta’lim maktablarining o‘rni beqiyos. Bu masalaga davlatimiz tomonidan juda katta e’tibor qaratilmoqda. Shu ma’noda, maktabda faoliyat yurituvchi ustoz-muallimlarga mahorat darslarini o‘tib borish maqsadga muvofiqdir.

📌 2023-yil 30-may kuni Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o‘qituvchilari uchun “Sog‘lom bolaning yuksalishida maktabning o‘rni” mavzusida mahorat darsi tashkil etilmoqda.

📚 Mazkur dars Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo’mitasi raisi o‘rinbosari Toshmuhammedova Dilorom G'ofurjonovna tomonidan olib boriladi.

•Sana: 30.05.2023
•Soat: 10:00
   Ijod maktabining faollar zalida barchangizni kutib qolamiz!

_

Apparently, the role of schools is incomparable in the education, level of knowledge, and moral maturity of the young. Our country is paying a great deal of attention to this issue. Therefore, it is appropriate to conduct different master classes for school teachers.

📌 On May 30, 2023, a masterclass on the topic “The role of a school in the growth of a healthy child” is being held for teachers of a creative school named after Abdulla Qodiriy.

📚 This masterclass will be conducted by Toshmuhammedova Dilorom G’ofurjonovna, a deputy chairman of the Youth, culture, and sports committee of the Oliy Majlis Senate.

•Date: 30.05.2023
•Time: 10:00
•Venue: The Event Hall, Creative School named after Abdulla Qodiriy

Telegram | Instagram
#Tashrif
#Mahorat_darsi

Prezidentimiz tomonidan 2021-yil 19-iyuldagi “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-5188-son farmoniga muvofiq bugun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o‘qituvchilari uchun “Sog‘lom bolaning yuksalishida maktabning o‘rni” mavzusida mahorat saboqlari tashkil etildi.

📌Mazkur dars Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo’mitasi raisi o‘rinbosari Toshmuhammedova Dilorom G'ofurjonovna tomonidan olib borildi.

➡️Mahorat darsi davomida globallashuv davrida har qanday davlatning taraqqiy etishi, uni rivojlangan davlatlar qatoridan mustahkam o‘rin olishi, birinchi navbatda, davlatning intellektual salohiyati, yosh avlod ta’lim-tarbiyasi va zamonaviy kadrlar tayyorlash tizimiga bog‘liq ekanligi va pedagoglarning bu jarayondagi ishtiroki haqida so‘z yuritildi.

Telegram | Instagram |Facebook
#Taqvim

Bugun - 31-may

🔷 Xalqaro chekishga qarshi kurashish kuni.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) 1988 yilda 31 mayni Xalqaro chekishga qarshi kurashish kuni deb e’lon qilgan. Xalqaro chekishga qarshi kurashish kunining global maqsadi hozirgi va kelgusi avlodni tamakining nafaqat sog‘liq uchun salbiy jihatlaridan, balki ijtimoiy, ekologik va iqtisodiy talofatlarning vayronkor oqibatlaridan himoya qilishga qaratilgan.

🔸Butunjahon sariq sochli qizlar kuni.

🔷 Butunjahon to‘tiqushlar kuni

🔶 1995 yil Toshkent aviatsiya instituti tashkil yetildi

🔷 1961 - yil JAR Buyuk Britaniyadan mustaqil bo‘ldi.

🔶2017 yil “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.


Telegram | Instagram |Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📣 1-iyun — "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan joriy yilning 25-may kunidan 2-iyun kuniga qadar "Yangi O‘zbekistonning baxtiyor bolalari!" shiori ostida Respublika bolalar kutubxonasi va viloyat bolalar kutubxonalari tomonidan kitobxonlikni targ‘ib qilishga qaratilgan bir qancha tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

➡️ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan ushbu bayram haftaligi doirasida 1-iyundan 3-iyunga qadar soat 18:00 da "G‘afur G‘ulom" nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida "Bolalar kitob festivali" o‘tkaziladi.

🔻Ushbu festivalga barcha kitobxon bolajonlarni chorlab qolamiz. Festival davomida faol kitobxon o‘quvchilar o‘rtasida savol-javoblar viktorinasi, raqslar guldastasi, estrada xonandalari tomonidan ajoyib kuy-qo‘shiqlar hamda she'riyat kechasi bo‘lib o‘tadi.

➡️ Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati
#ijod_maktabi
#qabul_2023
#10_iyundan_30_iyungacha

📢 DIQQAT E'LON!

❗️IJOD MAKTABLARI 2023-2024-O'QUV YILI UCHUN QABUL E'LON QILADI!

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ijod maktablariga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 10-iyundan – 30-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Ijod maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂Talabgorning
:
Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

Ijod maktablariga nechanchi sinflarga qabul qilinadi?
Agentlik tizimidagi 9 ta ijod maktablariga
7- sinfga qabul qilinadi.

📍IJOD MAKTABLARI:
🔸Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
🔸Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
🔸Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
🔸Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
🔸Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
🔸Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi
🔸Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
🔸Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
🔸Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📌 Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
#Tabriknoma

Aziz bolajonlar!

Sizlarni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabriklayman! Yurtimizning har bir o‘g‘il-qizi tinch-osuda vatanda, ota-onasi bag‘rida, baxtiyor bo‘lib ulg‘ayishini, ilm olishini tilayman.

Siz ko‘zimiz quvonchi, bizning ertamiz va hayotimiz mazmunisiz!

Sizning sifatli ta’lim olishingiz va o‘zingiz tanlagan sohaning yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishingiz uchun yurtimizda barcha sharoitlar yaratib berilgan.

Mamlakatimizda Sizga, sizning qiziqishlaringiz, huquq va manfaatlaringizga alohida e’tibor qaratiladi. "Bola huquqlari" to‘g‘risidagi konvensiya ratifikatsiya qilinishi, "Bola huquqlarining kafolatlari" to‘g‘risidagi qonun qabul qilinishi, Bolalar ombudsmani instituti ta’sis etilishini buning yaqqol namunasi sifatida e’tirof etishimiz mumkin.

Qadrli bolajonlar, siz ertamiz egalarisiz, sizni barkamol inson etib tarbiyalash esa baxtli va farovon kelajagimiz kafolatidir.

Bayram muborak bo‘lsin, aziz bolajonlar!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri

👇Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
Maktabgacha hamda maktab ta’limi yangi bosqichga olib chiqiladi

Davlatimiz rahbarining maktabgacha hamda maktab ta’limini yangi bosqichga olib chiqish, uning sifatini oshirish hamda ta’lim dasturlarini takomillashtirishga doir tegishli Farmoni imzolandi.

Xo‘sh, ushbu Farmon bilan maktabgacha hamda maktab ta’limida qanday o‘zgarishlar amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda?

Maktablarda o‘quvchilarni baholashda ularning yodlash ko‘nikmasini baholashdan voz kechilib, ularning mavzuni amaliyotda qo‘llay bilish, tanqidiy fikrlash va berilgan materialni tahlil qila olishlariga ko‘proq e’tibor qaratiladi.

Amaliy mashg‘ulotlar ulushini 60 foizgacha oshirish orqali mavzular aniq muammoni hal qilish orqali o‘rgatiladi.

Bog‘cha va maktablar malakali kadrlar bilan ta’minlanadi

Farmonga asosan, bog‘cha va maktablarni malakali kadrlar bilan ta’minlash yo‘nalishida ham oldimizga muhim vazifalar belgilab berildi. Unga ko‘ra, endilikda maktablarga ishga qabul qilinayotgan pedagoglarni sertifikatlash tizimi joriy etilmoqda. Bunda, ular 1 yil davomida o‘qituvchi-stajor sifatida faoliyat yuritadi va ushbu muddat davomida sertifikat olishi lozim bo‘ladi. Bu esa maktabga kelayotgan yoshlar orasidan eng malakalilarni tanlash imkonini beradi.

2024-yil 1-yanvardan boshlab o‘qituvchilarga malaka toifasini berish bo‘yicha sinovlar 2 bosqichda o‘tkazilishi orqali pedagogning nafaqat bilimi, balki pedagogik mahoratini baholash mumkin bo‘ladi. Bugungi kungacha o‘qituvchilarning mahoratini baholashda asosan test savollariga tayanilib kelinar edi.

Bundan tashqari, 2025-yil 1-yanvarga qadar malaka toifasini berish tizimi vakolatli xorijiy kompaniyalarda akkreditatsiyadan o‘tkazilishi, pedagoglarga xalqaro malaka sertifikati berilishi va 70 foiz miqdorda qo‘shimcha ustama to‘lanishi belgilanmoqda. Bunda ularning o‘rtacha oyligi 3,5 mln.dan 6 mln. so‘mgacha oshirish imkoniyati mavjud.

Maktabgacha ta’lim tizimidagi ayni vaqtdagi muammolardan biri, xodimlar oylik maoshi miqdorining pastligi sababli malakali pedagoglarning maktab yoki xususiy bog‘chalarga ishga o‘tib ketayotganidir. Oqibatda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 113 ming nafar pedagogdan atigi 41 ming nafari (37 foizi) oliy ma’lumotli bo‘lib qolmoqda.

Shu nuqtai-nazardan kelib chiqqan holda, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga malakali tarbiyachilarni jalb qilish maqsadida 2024-yil 1-iyundan boshlab ularning tarif stavkalari maktab o‘qituvchilarining amaldagi stavkalariga tenglashtirilmoqda. Bunda ularning oyligi 2,5 mln.dan 3,5 mln. so‘mgacha oshishi ko‘zda tutilgan.

Direktorlarning huquqlari kengaytiriladi

Mazkur Farmon bilan maktab direktorlariga ham o‘z faoliyatiga doir qator vakolat va huquqlar berilmoqda. Bu esa ularning kasbiy rivojlanishiga ko‘mak berish asnosida, ularning yangilik qila olish, zamon talabiga javob beradigan rahbar bo‘lishlariga imkon yaratadi.

Shu bois endilikda Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahridagi eng tajribali maktab direktorlaridan iborat “Direktorlar kengash”lari tashkil etiladi. Bunda maktab direktorlariga o‘z o‘rinbosarlarini ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish, o‘quv rejalarga 15 foizgacha o‘zgartirish kiritish masalalarini mustaqil hal qilish huquqi beriladi.

Vazirlikning tuman (shahar) bo‘limlari maktablar faoliyatini tekshirmaydi

Maktablarga ortiqcha aralashuvlar ham kamaytirilib, vazirlikning tuman (shahar) bo‘limlarining maktablar faoliyatini tekshirish va ta’lim sifatini baholash vakolatlari tugatilmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, imzolangan mazkur Farmon bilan oldimizga yaqin muddatlarda amalga oshirishimiz lozim bo‘lgan muhim vazifalar belgilab berildi. Bu vazifalarni bosqichma-bosqich bajarish davomida maktabgacha hamda maktab ta’limi sohasini yangi pog‘onaga olib chiqish yo‘lida navbatdagi qadamni tashlaymiz.

🌐Umarova Xilola Uktamovna
(Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri)