Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.86K subscribers
10K photos
1.3K videos
93 files
3.79K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#togaraklar_faoliyati

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining “Tasviriy va raqamli san’at” to’garagi a’zosi, “Raqamli avlod qizlari - 2023” respublika inklyuziv IT oromgohining g’olibasii, 8-“b” sinf o’quvchisi Yusupaliyeva Marg’ubaning ijodiy ishlaridan namunalar.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook
#hamkorlik

🏫 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda xalqimiz tarixi va ma’naviy qadryatlarimizga nisbatan yuksak tuyg‘uni, ma’naviy-ruhiy faol hayotiy pozitsiyani shakllantirishga qaratilgan tadbirlar tashkil etish maqsadida ijod maktabining Yo.H.V.R.T bo'yicha direktor o‘rinbosari B Xalilov boshchiligida 10-sinf o’quvchilari O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahar Milliy Gvardiyasi boshqarmasining “Chavondozlar maktabi"da o‘quv amaliy mashg’ulotlarida ishtirok etishdi.

🐎Chavandozlik bo'yicha mutaxassislar o'quvchilarga tushuntirish ishlarini olib borishdi. Jasur qizlarimiz otga minib, bu borada ham o‘zlarini sinab ko‘rishdi. Mazkur amaliy mashg‘ulot ishtirokchi o‘quvchilarda katta tassurot qoldirdi.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook
#referendum

⭕️ Mamlakatimizda joriy yilning 30 aprel kuni bo‘ladigan muhim siyosiy tadbir – Referendum o‘tkazilishiga ham oz qolyapti. Toshkent shahri Olmazor tumani 775-referendum o‘tkazish uchastkasi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida joylashgan.

⚡️Kuni kecha ijod maktabi faollar zalida referendum o‘tkazish komissiyasi a’zolari, “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi xodimlari, mahalla faollari va ijod maktabi o‘qituvchilari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun mohiyati haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari faoliyatining huquqiy asoslari, tashkiliy masalalar, fuqarolar ro‘yxatini shakllantirish, muddatidan oldin ovoz berishni tashkil etish, ovoz berish kunida komissiya a’zolarining faoliyati, ovozlarni sanash jarayonlari, kuzatuvchilar bilan ishlash kabi mavzularga ham to‘xtalib o‘tildi.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook
#OAV_biz_haqimizda
#Ijod_maktabi

⚡️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari "Yoshlar" telekanalining "Yangi O'zbekiston yoshlari" ko'rsatuvida.

🎞 Ko'rsatuvni bu yerda tomosha qilishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
BUGUN – 19 aprel


⚡️Venesuela – Mustaqillik kuni.

🌎Xalqaro olamni asrash kuni (1990 y.) (Har yili aprel oyining uchinchi yakshanbasida nishonlanadi).

✏️O’zbekiston xalq yozuvchisi, dramaturg (1918-1993) Shuhrat (Alimov G’ulom Alimovich) tavallud topgan.

🌸Angliyada Boychechaklar kuni

🍀Xalqaro Yaproqlardagi mo‘jiza bayrami kuni. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi tomonidan 1988-yil 19-aprel Xalqaro Yaproqlardagi mo‘jiza bayrami kuni deya e'lon qildi, tabiatshunos olimlar ushbu bayramni keng nishonlaydilar.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook
#Bellashuv
#Bir_asar_taassuroti

⚡️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 7-“A” va 7-“B” sinf o’quvchilari o’rtasida Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” asari asosida bellashuv o’tkazildi.
Ma’lumki, Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” asari bugungi kun o‘quvchisi uchun ham eng qiziq tarixiy asarlar sarasiga kiradi.

🔶Ijod maktabining Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Vazira Normurodova tomonidan tashkil etilgan munozara o’quvchilarning ushbu badiiy asarni qay darajada tushunishlari, tahlil qila bilishlari va asardan olgan taassurotlariga asoslanib, 3 ta shart asosida baholandi:

1️⃣ Asar asosida blits savollar;

2️⃣ Asarning biror parchasi asosida ijodiy ish ( sahna ko’rinish, videorolik, rasm) yaratish;

3️⃣ Asarning biror bir qahramoniga maktub yozish.

🏆Qizg’in tus olgan bahslashuv shartlar hisobida 7-“A” sinf o’quvchilarining g’alabasi bilan yakun topdi
.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook