Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
2.35K subscribers
10.3K photos
1.32K videos
93 files
3.86K links
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi. “Bizga jadid bobolarimiz kabi g’arb ilm-fani yutuqlari bilan birga milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur” Sh.Mirziyoyev
🗳️ Online qabulxona: @aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#Konferensiya

➡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan “XXI asrda bolalar kitobxonligi: muammo va vazifalar” mavzusidagi ilmiy amaliy konferensiya tashkil etildi.

⚡️Konferensiya avvalida Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari badiiy chiqishlar bilan ishtirok etishdi. “Chig‘atoy gurungi” to‘garak a’zolari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar va ijodkor yoshlarimizning she’riy taqdimotlari yig‘ilganlarga xush kayfiyat ulashdi.

📚Konferensiya doirasida ishtirokchilar bolalar adabiyoti, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik va kutubxona nufuzini oshirish, kitobxonlikni targ‘ib qilishda axborot resurslardan unumli foydalanish, umumta’lim maktablari o‘quvchilarida kitobxonlikka barqaror qiziqishni shakllantirish bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdilar.

📌Mazkur anjumanda Abdulla Qodiriy ijod maktabi rahbari Hilola Nazirova ham so‘zga chiqib, ijod maktablarida bolalar kitobxonligi masalasida atroflicha yondashib, turli taklif va mulohazalarni bildirib o'tdi.
Forwarded from OYINA.UZ
30-martdan 7-aprelgacha respublika boʻylab Plogging aksiyasi oʻtkaziladi

Plogging – tabiatdan chiqindi toʻplash sporti hisoblanadi.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/15496

Rasmiy sahifalarimiz👇

Web-site | Telegram | Facebook | YouTube
#Taqvim

Bugun 1-aprel, haftaning shanba kuni.

Ushbu sana:

😄😉 Kulgu va hazil, mutoiba kuni.

🦅 Butunjahon qushlar kuni.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook
#DTM
#Diagnostik_test

Ayni fursatda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi hamda DTM hamkorligida bitiruvchilarning tanlagan kasblari bo‘yicha ixtisoslik fanlaridan navbatdagi diagnostik test imtihoni o‘tkazilmoqda…

🎯Sinflarga biriktirilgan nazoratchilar test sinovlarining ishonchli va shaffof o‘tishini ta'minlashmoqda…

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook
#Tanlov

Abdulla Qodiriy tavalludining 129 yilligi munosabati bilan Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi quyidagi tanlovlarni e’lon qiladi:

🖌 “Mening sevimli qahramonim” (Abdulla Qodiriy asarlari misolida) mavzusida ijodiy ishlar tanlovi ( she’r, hikoya, esse, badia, taqriz va boshqalar)

📹 “Abdulla Qodiriy hamda uning asarlaridagi qahramonlar mening tasavvurimda” mavzusida videolar tanlovi (epizod ishtirokchi tomonidan ijro etilishi lozim, video davomiyligi 3 daqiqa)

🎨 Abdulla Qodiriy asarlari asosida illustratsiya ishlash (rang-tasvir yoki grafik dasturlar yordamida)

Ijodiy ishlarni 8-aprelga qadar @navruz_qiziga jo’natishingiz so’raladi. G’oliblar diplom hamda qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanadi.


Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook
#RaqamliAvlodQizlari
#InklyuzivITHaftalik

⚡️Juda ko'p yoshlarning xohish-istak va murojaatlariga binoan "Raqamli avlod qizlari inklyuziv IT haftaligi - 2023" Namangan shahrida start oldi.

Haftalik umumta'lim, ijod va Prezident maktab o'quvchilarini, mehribonlik uyi hamda zaif eshituvchi bolalar maktablari tarbiyalanuvchilari va viloyatning faol qizlarini qamrab olgan🔥
#kun_hikmati

Har kuni aqalli bitta qo‘shiq eshitish, yaxshi rasm ko‘rish va iloji bo‘lsa, istagan bir hikmatli so‘zni o‘qib olish darkor.

©️Gyote

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook
#bilasizmi

Bugun 4-aprel - haftaning seshanba kuni. Ushbu sanadagi voqealar bilan tanishing:

🔸Dunyo hamjamiyati tomonidan "Xalqaro Internet kuni" sifatida nishonlanadi

🔸"Sadoi Turkiston" gazetasining ilk soni nashr etilgan

🔸Birinchi yo'ldosh "Sputnik-1" uchirilgan kun

🔸Kanada aholisi bayrami kuni

🔸Senegal davlati mustaqillikka erishgan kun

🔸Ingiliz kashfiyotchisi Edmund Kartrayt oyoq bilan ishlaydigan to'quv mashinasiga patent oldi

🔸Los-Anjeles shahri barpo etildi

🔸Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashlilotining (IKAO) faoliyati boshlandi

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Uchinchi_Renessans
#OAV_biz_haqimizda

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining ustoz va o'quvchilari "O'zbekiston tarixi" telekanali nigohida.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook
4-aprel – Butunjahon internet kuni

🗓 Har yilning 4-aprel sanasi turli mamlakatlarda Butunjahon internet kuni sifatida nishonlanadi.

Ushbu kun munosabati bilan internet haqida eng qiziqarli beshta faktni havola etamiz:

1️⃣ Bugungi kunda dunyo aholisining uchdan ikki qismi internetdan foydalanadi, 2,7 milliard odamda esa bunday imkoniyat yo'q.

2️⃣ Internet foydalanuvchilarining 22,8 foizini 18-24 yoshdagilar tashkil qiladi.

3️⃣ Internet tarmog‘idagi eng mashhur va foydalanuvchisi ko‘p ilova "TikTok" hisoblanadi.

4️⃣ Internet orqali yuborilgan birinchi xabar 1969-yilda Kaliforniyaning turli joylarida joylashgan ikkita kompyuter o'rtasida amalga oshirilgan.

5️⃣ Hozirgi kunda O‘zbekistonda internet foydalanuvchilari soni 31 milliondan ortgan.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#RaqamliAvlodQizlari
#InklyuzivITHaftalik

⚡️Namanganda bo'layotgan "Raqamli avlod qizlari inklyuziv IT haftaligi - 2023" haqida ma'lumot bergan edik.

📌Bugun barcha guruhlardagi qizlar oʻzlari yaratgan loyihalarni himoya qilishdi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 9-B sinf o'quvchisi Xalilova Mubina "Branding " yoʻnalishida o'zining "Munis Ayol" logotipini taqdim qildi. Bu logotip haftalik uchinchi kunining "ENG ZO'R LOGOTIPI" deya e'tirof etildi.

♻️Shuningdek, 10-A sinf o'quvchisi Shokirova Iroda "Digital Art " yoʻnalishi boʻyicha "Milliy-kreativ rasm" mavzusida oʻz loyihasini namoyish qilib, bugungi kunning faxrli oʻrin sohibasiga aylandi.

💠Haftalik davom etadi. Qizlarimizni yutuqlari bilan qutlagan holda, yanada peshqadam bo'lishlarini tilab qolamiz!

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook