Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
4.13K subscribers
12.9K photos
1.45K videos
94 files
4.31K links
Download Telegram
#Tibbiy_ko‘rik

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida tibbiyot xodimlarining faoliyat olib borishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar, xususan, maxsus joy, mebel va zarur tibbiy jihozlar, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan dori-darmonlar yaratib berilgan.

O'z navbatida, tibbiyot xodimlari ijod maktabi rahbariyati va pedagog xodimlar bilan bir qatorda davolash-profilaktika tadbirlarini tashkil etib, o‘quv va o‘quvchilar turar joyining sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena talablariga rioya qilish, ovqatlanish rejimi va sifatiga, o‘quvchilarni tibbiy-ko‘rikdan o‘tkazishga alohida e'tibor qaratib kelishmoqda.

Har yilgi an'anaga ko'ra, bugun Toshkent shahar Olmazor tumani 14-poliklinika shifokorlari tomonidan ijod maktabi o‘quvchilari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tibbiy-ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook
#Konferensiya

➡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan “XXI asrda bolalar kitobxonligi: muammo va vazifalar” mavzusidagi ilmiy amaliy konferensiya tashkil etildi.

⚡️Konferensiya avvalida Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari badiiy chiqishlar bilan ishtirok etishdi. “Chig‘atoy gurungi” to‘garak a’zolari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar va ijodkor yoshlarimizning she’riy taqdimotlari yig‘ilganlarga xush kayfiyat ulashdi.

📚Konferensiya doirasida ishtirokchilar bolalar adabiyoti, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik va kutubxona nufuzini oshirish, kitobxonlikni targ‘ib qilishda axborot resurslardan unumli foydalanish, umumta’lim maktablari o‘quvchilarida kitobxonlikka barqaror qiziqishni shakllantirish bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdilar.

📌Mazkur anjumanda Abdulla Qodiriy ijod maktabi rahbari Hilola Nazirova ham so‘zga chiqib, ijod maktablarida bolalar kitobxonligi masalasida atroflicha yondashib, turli taklif va mulohazalarni bildirib o'tdi.
Forwarded from OYINA.UZ
30-martdan 7-aprelgacha respublika boʻylab Plogging aksiyasi oʻtkaziladi

Plogging – tabiatdan chiqindi toʻplash sporti hisoblanadi.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/15496

Rasmiy sahifalarimiz👇

Web-site | Telegram | Facebook | YouTube
#Taqvim

Bugun 1-aprel, haftaning shanba kuni.

Ushbu sana:

😄😉 Kulgu va hazil, mutoiba kuni.

🦅 Butunjahon qushlar kuni.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook
#DTM
#Diagnostik_test

Ayni fursatda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi hamda DTM hamkorligida bitiruvchilarning tanlagan kasblari bo‘yicha ixtisoslik fanlaridan navbatdagi diagnostik test imtihoni o‘tkazilmoqda…

🎯Sinflarga biriktirilgan nazoratchilar test sinovlarining ishonchli va shaffof o‘tishini ta'minlashmoqda…

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook
#Tanlov

Abdulla Qodiriy tavalludining 129 yilligi munosabati bilan Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi quyidagi tanlovlarni e’lon qiladi:

🖌 “Mening sevimli qahramonim” (Abdulla Qodiriy asarlari misolida) mavzusida ijodiy ishlar tanlovi ( she’r, hikoya, esse, badia, taqriz va boshqalar)

📹 “Abdulla Qodiriy hamda uning asarlaridagi qahramonlar mening tasavvurimda” mavzusida videolar tanlovi (epizod ishtirokchi tomonidan ijro etilishi lozim, video davomiyligi 3 daqiqa)

🎨 Abdulla Qodiriy asarlari asosida illustratsiya ishlash (rang-tasvir yoki grafik dasturlar yordamida)

Ijodiy ishlarni 8-aprelga qadar @navruz_qiziga jo’natishingiz so’raladi. G’oliblar diplom hamda qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanadi.


Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook
#RaqamliAvlodQizlari
#InklyuzivITHaftalik

⚡️Juda ko'p yoshlarning xohish-istak va murojaatlariga binoan "Raqamli avlod qizlari inklyuziv IT haftaligi - 2023" Namangan shahrida start oldi.

Haftalik umumta'lim, ijod va Prezident maktab o'quvchilarini, mehribonlik uyi hamda zaif eshituvchi bolalar maktablari tarbiyalanuvchilari va viloyatning faol qizlarini qamrab olgan🔥