Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.78K subscribers
9.83K photos
1.29K videos
92 files
3.75K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#Xorijiy_hamkorlik

ALEF RAQAMLI TA’LIM PLATFORMASI, BIG DATA, SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARI HAMDA YANGICHA BAHOLASH…

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi Birlashgan Arab Amirliklarining Alef Education tashkiloti bosh ofisida bo‘lishdi.

Delagatsiya tashkilot Bosh direktori Jefri Alonso va kompaniya vakillari tomonidan kutib olindi.

❗️Uchrashuv avvalida Alef Education rahbariyati vazirlik delegatsiyasi uchun Alef raqamli ta’lim platformasining imkoniyatlari to‘g‘risida taqdimot qilishdi.

O‘zaro uchrashuvlar davomida:

▶️ Alef ta’lim platformasini O‘zbekistonda mahalliy sharoitga moslashtirilgan holda joriy etish,
▶️ katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data) va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda ta’lim boshqaruvida eng optimal qaror qabul qilish bo‘yicha Respublikamiz hududida tajriba-sinov loyihasini ishga tushirish,
▶️ formativ va summativ baholash mexanizmini yo‘lga qo‘yish kabi yo‘nalishlarda yaqindan hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.
___
Alif raqamli ta’lim platformasi nima?

Mazkur platforma:

🔹 o‘quvchilar bilimini baholash,
🔹 pedagoglar faoliyatini o‘quvchilar bilimiga asoslangan holda katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data) va sun’iy intellekt yordamida baholab borish,
🔹o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini tizimdagi ma’lumotlar tahlili asosida prognozlash,
🔹 arab tilini chet tili sifatida o‘qitish hamda STEAM yo‘nalishidagi ta’limni onlayn platforma yordamida yo‘lga qo‘yish kabi imkoniyatlarga ega platforma
hisoblanadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#Sumalak

🔷Bugun tongda pishgan sumalak o‘quvchilarga nonushta bilan birgalikda tortiq etildi.

💠Ushbu shifobaxsh ne’matdan jamoa bilan birgalikda Navro‘z sayliga tashrif buyurgan mehmonlar, ota-onalar ham bahramand bo‘lishdi.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook
#Bayram_shodiyonasi
#Navrόz_sayli

🌺🌺🌺Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida yangilanish ayyomi bo‘lmish Navro‘zi olam tashrifi boshlandi.

🌸🌸🌸Bugun ijod maktabi hovlisida o‘quvchilar va o‘qituvchilar tomonidan tashkil etilgan sayl tomoshalari barchaga birdek ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Navro‘z saylida har bir sinf turli viloyatlar urf-odatlarini o‘zida mujassam etgan dasturxon bezatib, badiiy chiqish taqdim etishlari so‘raldi. Devoriy gazetada ham milliylik ufurib turishi talab etildi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi urf-odatlari va taomlarini esa Ustozlar jamoasi taqdim etishdi.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook
#Bayram_shodiyonasi
#Navrόz_sayli

11-sinf o‘quvchilari tomonidan osh musobaqasi tashkil etildi. Har ikki guruhning tayyorlagan palovi barchaga birdek manzur bo‘lib, do‘stlik g‘alaba qozondi.

Kuy-qo‘shiqlarga ulangan bayram tantanasi yosh avlod qalbida milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan ehtiromni oshirishi shubhasiz.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook