#nasr
#όquvchilar_ijodidan
💠💠💠
Kitob javonlari orasidagi yo'lakda, kitoblarga ko'milgan holda bir bola kitob o'qib o'tiribdi. Istarasi issiq, bir qarashda tarbiyali oila farzandi ekanini bilish qiyin emas. Lekin yuzida qandaydir g'am bor. Ko'zlari atrofidagi insonlarga tik boqishga qo'rqadi. Har qarashda insonlar nigohidan olib qochiladi ul ko'zlar. O'zini negadir aybdordek his qiladi. Nafas ololmay qoladi. Bo'g'iladi. Kitoblarni yopadi. Va asta nigohini yopilgan kitoblardan uzib, atrofga qaratadi. Xuddi gunoh qilib qo'ygandek darrov devorga boshini suyab ko'zlarini yumadi, chuqur xo'rsinadi. Va.. va keyin javonlar orqasiga "yashirib" qo'ygan bir juft qo'ltiqtayoqlarini oladi. Insonlarning rahmi kelmasin deya, hech qanday qiyinchiliklarsiz turishga harakat qiladi. Uddalaydi ham.. Nigohini atrofdagi o'z tengdoshlaridan yashirish uchun kepkasini "bostirib" kiyib oladi. Kitoblarni kutubxonachiga topshiradida, bir oyoq bilan qo'ltiqtayoqda yurayotganini ham bildirmay, tezda, sassiz qadamlar bilan zalni tark etadi.. O'sha paytda "Bu inson nega odamlardan ko'zini olib qochyapdi?", "Nima dardi bor bu insonni?", "Nega buncha g'amgin?" degan o'ylaring bir onda tarqab, yuzingda hayrat ifodasi qotib qoladi. "Nimadir" his qilishga ojiz bo'lib qoladi bu qalbing. Nigohing uzoq vaqt bir nuqtaga tikilgancha qotib qoladi.. xuddi, hayollaring kabi.. Birdan hayotga qaytgandek, hammasini eslay boshlaysan. O'tirgan stolingdan otilib turib, qo'lingdagi kitobni kutubxonachiga topshirasan-u kartangni olishni ham unutib, shoshib zinalardan pastga yugurasan.. Shu onda to'xtaysan. "Nega yuguryapsan?", "Nima uchun?", "Tasalli berasanmi?", "Nima o'zgaradi?", "Nimadir qila olasanmi u inson uchun?",- degan savollar miyangga uradi. Shashtsiz ortingga qaytasan. Atrofingga qaraysan. Hamma o'z ishi bilan bandligini ko'rasan.. xo'rsinasan.. "Nima uchun insonlardan qochyapdi? Baribir, hech kim e'tibor bermagan ekan shuncha payt, nega qo'rqdi?",- deysan o'zingga-o'zing. Shu tobda insonlarning ichki olamiga qiziqishing ustunlik qilib, kutubxonachi ayolning stoli ustiga haligina o'sha inson tomonidan qo'yib ketilgan kitoblarni olasan.. Odamlardan qochish maqsadida, bir burchakka, javonlar orasiga borib o'tirasan.. Ko'zoynagingni taqib, birinchi kitobni ochib ko'rasan.. Ruhiyatga doir.. Mundarijani ochib, haligi savollaringga javob olish maqsadida o'zinga kerakli sahifani ochasan. O'qiysan.. Ushbu sahifada qanday qilib "hayotga qaytish" haqida yozilgan, psixologlar tomonidan maslahatlar berilgan, turli xil mashqlar o'rgatilgan. Keyingi betini ochasan. Kitob varog'i nam.. quriy deb qolgan bo'lsada, baribir varoqda dog' qolgan.. ko'z yoshlar..
Shu tobda ko'zoynaging orasidan ikki tomchi yosh yumalab tushadi. Faqat endi kitoblarga emas.. kitoblar o'sha paytda seni ko'z yoshlaringni ko'taradigan ahvolda emasdi.. Sen olishingdan oldin ularga "kimdir" o'z hikoyasini bayon qilib bo'lgandi..
✏️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 10-“B” sinf o’quvchisi Usmonova Asila
Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook

Telegram
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy
@aqodiriyijodmaktabi_bot

#ijodiy_uchrashuv
#mahorat_darsi
📝Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida Zulfiyaxonim mukofoti sovrindori , O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a`zosi Guljamol Asqarova bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
✒️Tadbirda shoira she’rda so‘z qo‘llash san’ati haqida tavsiyalar berish barobarida ilk mukofot olgan damlarini va ustozlarini xotirladi.
⚡️O‘quvchilar bilan tarbiya, ota-ona , Vatan kabi mavzular xususida fikrlar almashildi.
🎯Yosh avlod shoiramiz ijodi bilan yaqindan tanishib, o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. Uchrashuv barchada iliq taassurot qoldirdi.

Forwarded from Guljamol Asqarova
Абдулла Қодирий номидаги ижод мактабидаги ўқувчи ёшларни кўриб нурланиб, руҳланиб қайтдим.
Жадидларимиз руҳи ва илоҳий бир шукуҳ ҳис этдим у даргоҳда.
Таклиф ва учрашув учун мактаб раҳбари Ҳилолахоним ва жамоасига ташаккур изҳор этаман.
Зиёрат қилгандек руҳим ёришди🙏❤
https://t.iss.one/Guljamol_Asqarova

IT Park University'da hujjatlarni qabul qilish boshlandi!
🤩 3 yil ichida IT sohasi bo’yicha oliy ma’lumotga ega bo’ling. Eng yaxshi talabalar Yevropa va AQShda amaliyot o‘taydilar, shuningdek, IT-mahsulotlarni ishlab chiqish bo‘yicha jahon yetakchilaridan biri bo‘lgan EPAM kompaniyasidan ish takliflarini oladilar.
❗️Barchani 17-mart soat 16:00 da «Qanday qilib IT Park University talabasi bo'lish mumkin?» nomli vebinarimizga taklif etamiz.
✅ Universitet haqida batafsil ma’lumot
🤖 @itpu_bot
☎️ +998(55) 503-99-99

Ta'lim reklamasi
Abituriyentlar uchun 85 ta GRANT oʻrinlar qoldi - IDU
IDU - International Digital University
(Xalqaro Raqamli Universitet) 90% grantda oʻqishni taklif etadi.
📥Hujjatlar 30-martga qadar onlayn tarzda internet manzili orqali qabul qilinadi.
🎲 Universitetga kirish imtihoni 1-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Fursatni qo'ldan boy bermang!
✅ Xalqaro diplom;
- 21-asrning eng talabgir yo'nalishlar sizni kutmoqda.
🔗Batafsil maʼlumot
Telegram | Instagram

⚡️ “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi matni e'lon qilindi.
Qonun loyihasi "Xalq so‘zi" va "Narodnoye slovo" gazetalarining bugungi sonida ham berilgan.
👉 @xushnudbek 👈

Abdulla Qodiriy memorial muzeyi hamda "Turon" axborot kutubxona markazi hamkorligida “Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!” mavzusida madaniy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti dotsenti Rahima Yusupova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Davron Rajab, Shoir Rovshan Isakov, Jurnalist Gulnora Muhammadiyorovalar so'zga chiqdilar. Tadbirni ko'tarinki ruxda o'tkazish maqsadida Yunus Rajabiy nomidagi milliy musiqa san'ati institutining baxshichilik yo'nalishi talabalari Anvar Bo'ronov, Sevinchoy Isroilova, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalari, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti malaka amaliyotini o'tayotgan talabalar hamda Abdulla Qodiriy ijod maktabi o'quvchilarining badiiy chiqishlari namoyish etildi. Tadbir kuy va qo'shiqlar bilan yakunlandi.