Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
4.14K subscribers
10.4K photos
1.33K videos
93 files
3.89K links
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi. “Bizga jadid bobolarimiz kabi g’arb ilm-fani yutuqlari bilan birga milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur” Sh.Mirziyoyev
🗳️ Online qabulxona: @aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#jismoniy_faollik

🏃‍♀️Sport sog‘lik garovi”, deyishadi.

⚽️🎾🏓
Bu so‘zlarga amal qilish istagida Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi pedagog xodimlari darslardan so‘ng tashkil qilingan “Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz” shiori ostidagi sport musobaqasida ishtirok etishdi.

⛳️Ustozlar ikki guruhga bo‘linib, turli o‘yinlarda o‘zaro raqobatlashishdi. Tadbir ustozlardan nafaqat jismoniy, balki ruhiy jihatdan ham faol bo‘lishlarini taqazo etdi.

🏆Natijalarga ko‘ra do‘stlik g‘alaba qozondi.

🎯Hafta yakunida tashkil etilgan mazkur sport tadbiri jamoaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating ⬇️

Telegram Facebook
#Seminar_trening

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan “Liderlar haftaligi” seminar-treninglariga start berildi.

Unda Agentlik tizimidagi Prezident, ijod va
ixtisoslashtirilgan maktablarning 130 nafar rahbar kadrlari ishtirok etmoqda.

Tadbirni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova kirish so'zi bilan ochib berdi:

- Ta'limdagi o'zgarishlar ko'pchilikning mehnati, harakati natijasida amalga oshiriladi. Hozirda boshlangan islohotlarni amalga oshirishda sizning alohida o'rningiz bor, chunki Siz ta’lim sohasining liderlaridirsiz!

Bugungi seminarlar esa sizdagi liderlik ko’nikmalarini yanada rivojlantirishiga ishonaman.

Mazkur seminardan ko‘zlangan maqsad umumta'lim maktablari direktorlari uchun uzoq muddatli strategiya va ustuvor vazifalarni belgilash, jamoada sog‘lom muhit yaratish, samarali ta'lim tamoyillari hamda liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish hisoblanadi.
____
❗️E'tiborlisi, bu rahbar kadrlarda liderlik ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilgan birinchi o‘quv-seminari hisoblanadi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#ijod

             Onamga

Mehringiz bunchalar zardek jilvagar
Gullar olib kelsam sizdan uyalar.
Yuzingizning nuri misoli gavhar
Mening mehribonim, parvonam Onam.

Har bir aytgan so'zingiz ma'nolarga boy
Yuzingizning aksi go'yo tolin oy.
Ko'tarib yurdingiz bizni 9 oy
Mening mehribonim, ovvoram Onam.

Bizni katta qildingiz minnat qilmay,
Bizni yedirdingiz o'zingiz yemay.
Boringizni berib hech o'zim demay,
Firdavs bog'idagi favvoram Onam.

Yoshlikda sizga ko'p va'da berganmiz,
Yodimda hayolan uylar qurganmiz.
Siz borsizki bordir bosh-u tanamiz,
Foniy dunyomdagi qalqonim Onam.

Sizning  uchun fido bo'lsin jonimiz,
Tomirlarda oqqan qizil qonimiz.
Har bir nafas olgan hayot onimiz
Haykal qo'yilmagan Allomam ONAM!

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 7-"A" sinf o‘quvchisi
Abubakr Nasrullayev

t.iss.one/qodiriy_abdulla
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mening_prezidentim

Президент Шавкат Мирзиёев ташрифининг самарали натижалари Ўзбекистон-Қирғизистон муносабатларидаги юксак даражанинг намунаси бўлди

Плодотворные результаты визита Президента Шавката Мирзиёева стали свидетельством высочайшего уровня узбекско-кыргызских отношений

Prezident.uz


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating ⬇️

Telegram                     Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | «Лидерлар ҳафталиги» ўқув-семинари
#29jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Masalan, men…

Motsartning favqulodda iste’dodga ega bo‘lganligi ma’lum. U to‘rt yoshida klavishli cholg‘u asboblari uchun konsert – murakkab musiqa asari yozadi. Bunday asarni mahoratli va tajribali san’atkorlargina ijro etishi mumkin edi. Motsartning mehribon otasi hali yozib tugatilmagan notalarga qarab hayratga tushadi:

– Axir, bu kuylaring juda murakkab-ku, uni hech kim chala olmaydi!

– Qiziqmisiz, dada, – e’tiroz bildiradi Volfgang, – Uni hatto yosh bolalar ham chala oladi-ku. Masalan, men…


Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating ⬇️

Telegram                     Facebook
DIQQAT DIQQAT

Koʻrik-tanlov shartlari boʻyicha video joylang va QIMMATBAHO SOVGʻALAR sohibi boʻling!

▪️O‘quvchi-yoshlarning to‘garaklarga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, iqtidorli yoshlarni aniqlab moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan Uzbekistan Foreign Experts group tashkiloti bilan hamkorlikda “Entry ijodkorlik” respublika onlayn tanlovi tashkil etilmoqda!

📹Bunda, ishtirok etish istagida boʻlgan oʻquvchi-yoshlar koʻrik-tanlov nizomi boʻyicha YouTubega video joylashlari lozim!

📌Ko'rik-tanlov nizomi bilan batafsil quyidagi havola orqali tanishing!

🎁Ko‘rik-tanlov g‘oliblari Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi hamda Uzbekistan Foreign Experts group tashkilotining MAXSUS DIPLOM hamda QIMMATBAHO SOVG'ALARI bilan taqdirlanadilar.

YouTubega video joylash
yoʻriqnomasi
👈

Aziz o‘quvchi-yoshlar ko‘rik-tanlovda faol eshtirok eting hamda mahoratingizni namoyon qiling!
Barchangizga omad yor bo'lsin!

Bizni kuzatishda davom eting va yaqinlaringizga ulashing!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Хотира

Шавкат Мирзиёев: «Ислом Каримовга отамга хизмат қилгандек хизмат қиламан!»

Биз билан бирга бўлинг 👇🏼
@Mening_Birinchi_Prezidentim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xotira

🎥videolavha Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 10-"A" sinf o‘quvchisi Gulasal Omonova tomonidan tayyorlandi.
#MOTIVATSIYA

📈Stiv Jobs muvaffaqiyatining 12 sirli qoidasi

📌Stiv Jobs - hozirgi kunda dunyoning eng kuchli ishlab chiqaruvchi kompaniyalaridan birining asoschisi.

📌Uning muvaffaqiyatlari afsonaga aylandi.

📌 U asrab olingan bola, oʻsmirligida kollejda 6 oy oʻqigandan soʻng, uni tashlab ketgan, shunday boʻlsada doʻstlarining yotoqxonasida polda yotib yurgan, qornini toʻydirish uchun "Coca-Cola"dan boʻshagan idishlarni 5 sent evaziga yigʻib sotgan insondir.

📍 Bu inson - "Apple" va "Pixar" animatsiya studiyasini tuzgan.
Quyida uning 12 muvaffaqiyatga erishish qoidasi keltirilgan:

1. Sevimli ishing bilan shugʻullan. Haqqoniy harakat qil. Haqiqiy buyuk ishlar qilishning yagona yoʻli, bu - sevimli ish bilan shugʻullanish.

2. Boshqacha boʻl. Boshqacha oʻyla. Harbiy matros boʻlgandan koʻra, qaroqchi boʻlgan afzal.

3. Qodir boʻlganingdan koʻra yaxshiroq qil. Har qanday ishda imkoningdagidek muvaffaqiyatga erishishing mumkin. Uxlama! Muvaffaqiyat yanada kuchli muvaffaqiyatni olib keladi. Muvaffaqiyatlardan rohatlan! Mukammallashishni sevadigan insonlar bilan ishla!

4. SWOT-tashxis oʻtkaz. Yangi kompaniyang paydo boʻlsa, oddiy qogʻozga uning kuchli va kuchsiz taraflarini yozib chiq. Kompaniyadan chirigan olmalarni chiqarib tashlashdan qoʻrqma.

5. Qarorlarni tezda qabul qil. Har safar yangi katta maqsadlarga intil. Tez va hal qiluvchi harakatlarni talab qiluvchi gʻoyalar yigʻindisini top va ushbu oynaga sakra. Eng qiyini - birinchi qadamni tashlash. Sunchaki birinchi qadamni tashla. Hissiyotlaring va yuragingni shunga majbur qil.

6. Kichigidan boshla, lekin kattasi haqida orzu qil. Bir vaqtda koʻpgina ishlar bilan shugʻullanma. Boshida oddiy koʻp boʻlmagan ishlar bilan shugʻullan. Bosqichma-bosqich qiyinlariga oʻtib bor. Doimo kelajak haqida oʻyla.

7. Bozorda lider boʻlishga harakat qil. Foydalanmasang ham, oldingda doimo eng soʻngi texnologiyalar tursin va nazorating ostida boʻlsin. Agar eng soʻngi versiyadagi texnologiya boʻlsa ham, hech kim foydalanmasa ham, undan foydalan. Standart ishlab chiqarishda ushbu texnologiyalardan birinchi boʻlib foydalan.

8. Natijalarga erishishga diqqatingni qarat, chunki koʻpgina odamlar sening ishingning natijasiga qarab baho berishadi. Sifat namunasi boʻl. Bir qancha odamlar ish borish jarayonini koʻrishni xohlashmaydi, balki ishchilardan natijani kutishadi. Shuning uchun raqobatbardosh yutuqlaringni reklama qil. Koʻpchilik inson bu xususiyatlarni bilmasa, mahsulotingni sotib olmaydi. Asosiy diqqatingni dizaynga qarat.

9. Har xil manbalar bilan ikki tomonlama aloqa oʻrnatishga harakat qil. Har bir inson senga nimadir foydali narsani aytishi mumkin. Birinchi navbatda, kim sening mahsulotingdan foydalansa, oʻshaning fikrini eshit.

10.Yangilik kirit. Aynan liderlar tashabbuskorligi bilan boshqalardan farq qilishadi. 50% vaqtingi yangi narsalar qilishga sarfla, qolgan 50% ni boshqa rahbarlar uchun qoldir. Vaqtingni koʻp sarflab qoʻymaslik uchun minglab goʻyalarga "yoʻq" deyishni oʻrgan. Haqiqiy muhim gʻoyalarga diqqatingni qarat. Bu dunyoda yaxshi narsalarni yaratishga harakat qiluvchi insonlarni ishga ol. Innovatsion mahsulotlar yaratishga asoslangan korporativ madaniyatni hosil qil. Koʻpgina kompaniyalarda koʻplab ajoyib injenerlar va aqlli odamlar ishlashadi, lekin ularni birlashtiruvchi kuch kerak boʻladi.

11. Xatolaringdan saboq chiqar. Baʻzida yangilik kiritib, xato qilasan. Eng yaxshisi, xatolaringni tan ol. Agar ushbu yangiliging boshi berk koʻchaga borib qolsa, kuchingni boshqa innovatsiyalarni yaxshilashga yoʻnaltir.

12. Muntazam oʻrgan. Har doim bilish kerak boʻlgan yana "bir narsa" boʻladi. Kompaniyangdan tashqaridagi boshqa odamlar bilan gʻoyalaring bilan fikrlashib tur. Xaridorlaring, raqobatchilaring va hamkorlaringdan oʻrgan. Agar hamkoring odamlar boʻlsa, ularni yomon koʻrsang, yaxshi koʻrishni oʻrgan. Ularni maqta va bundan foyda chiqar. Dushmanlaringni ochiq, ammo halol tanqid qilishni oʻrgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating ⬇️

Telegram Facebook