#Тrening
📌Hayot goxida biz xohlagan, biz o‘ylaganni emas, tayyor bo‘lmaganimiz, mutlaqo kutmaganimizni taqdim etadi. Shunda inson maqbul qaror qabul qilolmay, sarosima, tushkun kayfiyat va umidsizlik girdobida qoladi. Ishdagi omadsizlik oilaga, oiladagi kelishmovchilik ishga ta'sir etadi va xotirjamligimiz, mexnatdagi samaradorligimiz yo‘qoladi. Shunda o‘zimizdagi kechinmalarga “stress” deb nom beriladi.
✅Bugun Abdulla Qodiriy ijod maktabida jamoa uchun psixolog Saida Qoraboyeva tomonidan “ Stress va salbiy emotsiyalarni boshqarish” mavzusida trening tashkil etildi.
😒😊😉Trening psixologning qatnashchilarga turli holatlar aks etgan smayliklarni taqdim etishi bilan boshlandi. Har bir ishtirokchi o‘zi tanlab olgan holatlarning ularning ichki holatini ifodalashi ta'kidlandi. Kulayotgan, yig‘layotgan, g‘azablanayotgan smayliklar o‘z “egalari”ning qo‘lida turli munozaralarga sabab bo‘ldi. Psixologiyada “Tortishish qonuni” borligini hisobga olgan holda, har kim o‘z ichki kechinmasidagi holatlarni “tortib” olishgan edi.
📍Psixolog-trener ishtirokchilarga stressli vaziyatlarda, salbiy emotsiyalar yuzaga kelganda inson o‘zini qanday boshqarishi haqida turli tavsiyalar va mashqlarni taqdim etdi.
🌈Trening davomida o‘tkazilgan jamoaviy o‘yinlar, turli qiziqarli savol-javoblardan so‘ng ishtirokchilarning ruhiy va hissiy holatlari yaxshilanib, kayfiyatlarida ko‘tarinkilik yuzaga keldi.
ABDULLA_QODIRIY_IJOD_MAKTABI

Telegram
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi. “Bizga jadid bobolarimiz kabi g’arb ilm-fani yutuqlari bilan birga milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur” Sh.Mirziyoyev
🗳️ Online qabulxona: @aqodiriyijodmaktabi_bot

#14_yanvar_Vatan_himoyachilari_kuni
🎥 Ziyoda Turg‘unova
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 7-"A" sinf o'quvchisining 14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga ishlagan ijodiy ishi.
Foydalanilgan dastur: ibis paint X.
Ketgan vaqt: 12 soat 36 daqiqa.
Galaxy Tab A (8.0", 2019) va barmoqlar orqali chizilgan.
t.iss.one/qodiriy_abdulla

#mahorat_darsi
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida fan o‘qituvchilari tomonidan mahorat darslari tashkil etildi.
Ushbu tajriba almashish vazifasini bajargan darslarda pedagoglar tomonidan dars jarayonida foydalanish uchun samarali va kreativ metodlar, usul va mashqlardan namunalar ko'rsatildi.
Bu kabi mahorat darslari, tajriba almashish usullari o'qituvchilar darslarining qiziqarli va mazmunli o'tishida katta ahamiyatga ega. Zero, Har bir dars - ijod, har bir bola kelajakdir.
https://t.iss.one/qodiriy_abdulla

Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qadrli o‘quvchilar!
Zamonaviy kasblarni onlayn tarzda hamda o'z ona tilingizda mutlaqo bepul o'rganishni istaysizmi?
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bu borada sizga yaqindan ko‘mak beradi.
Vazirlikning 30 dan ortiq zamonaviy kasblarni o‘zida jamlagan Milliy taʼlim resurslari Youtube kanalidagi videodarslar yoki Maktab.uz onlayn ta’lim platformasidagi 800 dan ortiq videodarslar bu yo'lda bilimingizni boyitishga yordam beradi.
O‘z yo‘lingizni bugun to‘g‘ri tanlashingiz kelajakdagi muvaffaqiyatingizni ta'minlaydi.
Yurtimiz siz kabi zamonaviy bilimlarga ega yoshlar bilan albatta, taraqqiy etishiga ishonaman!
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
Hilola Umarova

#ajdodlar_kutubxonasi
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'qituvchilari orasida kitobxonlikni targ'ib qilish maqsadida "Ajdodlar kutubxonasi" loyihasi doirasida maktabning tarix fani o‘qituvchisi Nurmuhammadov Saidakbarxon tomonidan "Avestoning tarixiy taraqqiyoti" mavzusida taqdimot darsi o'tildi.
Ushbu jarayonda o'qituvchilarga XI asrdan XX asrgacha yaratilgan badiiy adabiyot namunalari haqida taqdimot orqali ma'lumotlar berib boradilar.

#SAT
#Эълон
📣XALQARO SAT IMTIHONLARINI ENDI PREZIDENT MAKTABLARIDA TOPSHIRISHINGIZ MUMKIN!
AQSHdagi nufuzli universitetlar tomonidan tan olinadigan SAT imtihonlarini topshirish yana ham osonlashdi!
❗️Endi mazkur imtihonlar Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan tashkil etiladi.
Mazkur imtihon MATEMATIKA va INGLIZ TILI fanlaridan o'tkaziladi hamda xorijiy universitetlar tomonidan tan olinadi.
📌Ma'lumot o'rnida, SAT (Scholastic Aptitude Test) akademik baholash testi bo'lib, 1926-yildan buyon o'tkazib kelinmoqda. Baholash mezoni 400-1600 ball shkalasida bo’ladi.
📆Imtihonlar MART, APREL va MAY oylarida bo'lib o'tadi.
________
❗️Xalqaro SAT imtihonlari uchun ro'yxatdan o'tish haqida qo'shimcha ma'lumotlar tez orada veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali e'lon qilinadi.
👇Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube

Temur bobom avlodiman
Bizga shunday yurt qoldirgan,
Adolatdan kuch to‘ldirgan,
Temur bobom avlodiman.
Qashqadaryo senga ta'zim,
Samarqand-u shahri azim.
Sohibqiron chavondozim,
Temur bobom avlodiman.
Mard yigitlar lashkarboshi,
Mergan bobom, qilichbozi,
Dunyolarning podshohi,
Temur bobom avlodiman.
Unutmaydi bu xalq sizni,
Lochin, mag‘rur ko‘zingizni,
Adolatli so‘zingizni,
Amir Temur avlodiman!
✍️ Abdurahmonova Xadichabonu
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 7-"B" sinf o‘quvchisi.
t.iss.one/qodiriy_abdulla
Temur bobom avlodiman
Bizga shunday yurt qoldirgan,
Adolatdan kuch to‘ldirgan,
G‘animlarni xo‘p o‘ldirgan.Temur bobom avlodiman.
Qashqadaryo senga ta'zim,
Samarqand-u shahri azim.
Sohibqiron chavondozim,
Temur bobom avlodiman.
Mard yigitlar lashkarboshi,
Mergan bobom, qilichbozi,
Dunyolarning podshohi,
Temur bobom avlodiman.
Unutmaydi bu xalq sizni,
Lochin, mag‘rur ko‘zingizni,
Adolatli so‘zingizni,
Amir Temur avlodiman!
✍️ Abdurahmonova Xadichabonu
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 7-"B" sinf o‘quvchisi.
t.iss.one/qodiriy_abdulla
Telegram
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi. “Bizga jadid bobolarimiz kabi g’arb ilm-fani yutuqlari bilan birga milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur” Sh.Mirziyoyev
🗳️ Online qabulxona: @aqodiriyijodmaktabi_bot
🗳️ Online qabulxona: @aqodiriyijodmaktabi_bot
#Бизнинг_шундай_ўқувчиларимиз_бор
✅ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi bitiruvchisi Salimova Kumushxonga
Amerika Qo'shma Shtatlarining Shimoliy Karolina shtatida joylashgan Wingate Universitety dan qabul xati keldi.
📍Kumush mazkur oliy dargohning Communication studies with Emphasis in Public relations yo'nalishiga qabul qilindi.
📌Universitet o'quvchimizga $27 000 Scholarship ajratgan.
Xushxabarlarni kutishda davom etamiz. Kumushoyga esa omad tilab qolamiz.

Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
KITOB.UZ ilovasini yuklab olish
Mazkur portalning qulayliklari:
#kitob_uz #bepul_kitoblar #elektron_va_audio_formatda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mening_tajribam
📍Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida o'quvchi va yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida ijodiy musobaqa tashkil etilganligidan xabaringiz bor. Bu musobaqada "Ijtimoiy va badiiy tahlil" metodlaridan foydalanildi.
❄️Qish ziynati❄️
Qish... Qishni menimcha, ko'pchilik insonlar oppoq qorlar-u ko'chalarda sovuqdan yuzaga kelgan muzlar va yana, albatta, iqlimning o'zgarishi bilan tasavvur qilsa kerak. Ammo ushbu fasl, ya'ni qishni yana-da go'zalroq tasavvur qilsak bo'ladi. Men bunda sizga yordam berishim mumkin. Shinamgina xonangizga kiring, derazangizning oldiga boring-da, atrofni diqqat bilan, qalb ko'zingiz ila kuzating. Ayniqsa, qor yog'ayotgan paytda kuzatsangiz bormi... Bu insonga o'zgacha zavq bag'ishlaydi. Sizlarga shunga o'xshash bir voqeani aytib beray.
Bu hodisa o'zimda yaqindagina yuz berdi. Uch-to'rt kun oldin... Ha, ha shunday. Biz oilaviy sayrga chiqdik. Manzilimizga borgunimizgacha yomg'ir yog'ar edi. Ishlarimizni bitirdik, birgalikda xursandchilik qildik va u yerdan chiqdik. Qaytayotganimizda esa mashinaning oynalaridan juda ham go'zal manzarani kuzatib qaytdik. Qor shunday chiroyli yog'ar ediki, go'yoki qalbga orom berib, Allohning bir ne'mati ekanligidan darak berardi.
Oz muddatda atrofni oppoq qor qoplab oldi. Hamon kuzatishda davom etar ekanman, oppoq qorlar faqat qishning takrorlanib turuvchi tabiat hodisasi emas, balki qaysidir ma'noda poklik ramzi ekanligini ham xayolimdan o'tkazdim. Poklik ramzi deyishimning sababi esa oq rangning o'zi poklik, tozalik ramzi ekanligidir. Aynan shuning uchun ham bu oppoq qishning hodisasi atrofga o'zgacha go'zallik, tarovat bag'ishlaydi, insonlar ko'nglini ko'taradi. Har qor yog'ayotgan payti derazadan kuzatishni yaxshi ko'raman. Ichimda Allohning ne'matiga, qudratiga shukr aytishni, yana-da ko'proq yog'ishini istayman.
Ustozimiz bizdan qish fasli haqida fikrimizni so'raganlarida, ularga bu haqidagi fikrim salbiy ekanligini bildirgan edim. Buning asosiy sababi esa havo haroratining sovuqligi tufayli edi. Ammo hozir fikrim butunlay o'zgargan. Qanchalik sovuq bo'lmasin, yaqinlaringiz, oilangiz, do'stlaringiz mehri sizni samimiyligi bilan, mehri bilan isitib qo'yar ekan.
Ha... Men mashinadan oppoq qor yog'ishini kuzatib uyga qaytar ekanman, mana shu narsalarni xayol qildim.
Hozir ham havo sovuq bo'lishiga qaramay, oila davrasidagi mehr-muruvvat buni bartaraf etishga qodirdir. Shunday ekan, yaqin insonlaringiz bilan birga ko'proq vaqt o'tkazing!
📝Bu topshiriqqa ko‘plab o'quvchilar o‘z fikrlarini bildirishdi. Masalan, yuqoridagi matn muallifi
✍ Komila Mahmudova 9-"B" sinf o'quvchisi.