Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
4.14K subscribers
10.5K photos
1.33K videos
93 files
3.89K links
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi. “Bizga jadid bobolarimiz kabi g’arb ilm-fani yutuqlari bilan birga milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur” Sh.Mirziyoyev
🗳️ Online qabulxona: @aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#ijodiy_uchrashuv
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti bosh mutaxassisi va shoir Rustam Tursunov (Mirvohid) bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
📝Uchrashuvda o‘quvchilar o‘zlarining va shoirning ijodidagi she'rlardan aytib berishdi.
Suhbat savol-javoblarga boy bo‘ldi.
📚Shoir o‘z suhbatida ustoz adiblarni esladi va barcha o‘quvchilarga kitoblar sovg‘a qildi. O‘quvchilarda adabiyotga bo‘lgan qiziqish yanada ortdi.

t.iss.one/qodiriy_abdulla
Forwarded from Rustam MIRVOHID ijodi
"JANON" DAVRA BO'LDI...

Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida kamina va shogirdimiz Navoiylik Alisher hamrohligida ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Ijod maktabi o'quvchilari tomonidan she'rlarimiz o'qildi, abadiyotga taalluqli adabiyot mavzusida qizg'in savol-javoblar bo'ldi, Ustozlar haqida ibratli xotiralar aytildi, so'zlar sozlarga ulandi, kitoblar ulashildi, xullas, "janon" davra bo'ldi.
Fursatdan foydalanib, taklif etganlari uchun Maktab ma'muriyati va mutasaddilariga o'zimizning chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz.

@Rustam_Mirvokhid
#Abdulla_Qodiriy nomidagi ijod maktabi
#faxrimiz

BIZNING SHUNDAY O'QUVCHILARIMIZ BOR!

🔰Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi Rajabova Muxlisa fan olimpiadasining III (shahar) bosqichida ona tili va adabiyot fanidan faxrli 1-o'rinni egalladi.

O'quvchimizning erishgan yutug'ida ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Jumaniyozova Intizor Atabekovnaning hissasi katta.

⚜️Maktabimizning barcha o'quvchilariga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz
#ertalabki_saflanish
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida o‘tkazilgan navbatdagi saflanish O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi bilan boshlandi. Saflanishda hafta davomida yutuqqa erishgan olimpiada g‘oliblari hamda ularning o‘qituvchilari, o'tkazilgan tadbirlarda faollik ko‘rsatgan o‘quvchilar taqdirlanishdi.

t.iss.one/qodiriy_abdulla
#Chorak_yakuni

Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova boshchiligida Agentlik tizimidagi maktablardagi 1-2-o'quv choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yig'ilish bo'lib o‘tdi.

Yig'ilishda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar direktorlari ZOOM platformasi orqali ishtirok etishdi.

📍Unda choraklar davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi hamda yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, o'quvchilarning CHSB (Choraklik summativ baholash) natijalari har bir maktab kesimida ko'rib chiqildi. Ko'rsatkichlari past bo'lgan maktablarga Agentlik tomonidan amaliy yordam berilishiga kelishib olindi.

❗️Shu bilan birgalikda Agentlik tizimidagi o'quvchilarning xalqaro va mahalliy fan olimpiadalarida ishtirok etishi va yuqori natijalarni qayd etishi bo'yicha yo'nalishlar muhokama qilindi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube