Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.87K subscribers
9.93K photos
1.29K videos
93 files
3.78K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#nazariy_bilimlar_amaliyotda_mustahkamlandi
7-sinf o‘quvchilari biologiya fanida "Qon aylanish sistemasi. Qon ketganda birinchi yordam ko‘rsatish" mavzularini o‘tishdi.
🫀Biologiya fani o‘qituvchisi tomonidan berilgan nazariy ma'lumotlar maktab hamshirasi Manzura Kaxxarova tomonidan amaliyotda mustahkamlandi. O‘quvchilar qon bosimini tonometrda o‘lchashni qiziqish bilan o‘rganishdi.

t.iss.one/qodiriy_abdulla
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Абдулла Қодирий ижоди рус тилида ўрганилмоқда
#3dec #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Do‘stlar, jadid bobolarimiz, xususan, Abdulla Qodiriyning ma’rifatli jamiyat qurish, mustaqillikka erishish yo‘lidagi matonati haqidagi videomiz tayyor bo‘ldi. Sizlardan ushbu videoni maksimal darajada ko‘proq yoshlarga yetib borishida yordam berishingizni so‘rab qolamiz. Bu yosh ijodkorlarimiz mehnati va o‘ylaymanki, sizlarning qo‘llab-quvvatlashingiz ular uchun juda muhim.

@alisher_sadullaev
#ijodiy_uchrashuv
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti bosh mutaxassisi va shoir Rustam Tursunov (Mirvohid) bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
📝Uchrashuvda o‘quvchilar o‘zlarining va shoirning ijodidagi she'rlardan aytib berishdi.
Suhbat savol-javoblarga boy bo‘ldi.
📚Shoir o‘z suhbatida ustoz adiblarni esladi va barcha o‘quvchilarga kitoblar sovg‘a qildi. O‘quvchilarda adabiyotga bo‘lgan qiziqish yanada ortdi.

t.iss.one/qodiriy_abdulla
Forwarded from Rustam MIRVOHID ijodi
"JANON" DAVRA BO'LDI...

Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida kamina va shogirdimiz Navoiylik Alisher hamrohligida ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Ijod maktabi o'quvchilari tomonidan she'rlarimiz o'qildi, abadiyotga taalluqli adabiyot mavzusida qizg'in savol-javoblar bo'ldi, Ustozlar haqida ibratli xotiralar aytildi, so'zlar sozlarga ulandi, kitoblar ulashildi, xullas, "janon" davra bo'ldi.
Fursatdan foydalanib, taklif etganlari uchun Maktab ma'muriyati va mutasaddilariga o'zimizning chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz.

@Rustam_Mirvokhid
#Abdulla_Qodiriy nomidagi ijod maktabi
#faxrimiz

BIZNING SHUNDAY O'QUVCHILARIMIZ BOR!

🔰Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi Rajabova Muxlisa fan olimpiadasining III (shahar) bosqichida ona tili va adabiyot fanidan faxrli 1-o'rinni egalladi.

O'quvchimizning erishgan yutug'ida ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Jumaniyozova Intizor Atabekovnaning hissasi katta.

⚜️Maktabimizning barcha o'quvchilariga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz
#ertalabki_saflanish
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida o‘tkazilgan navbatdagi saflanish O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi bilan boshlandi. Saflanishda hafta davomida yutuqqa erishgan olimpiada g‘oliblari hamda ularning o‘qituvchilari, o'tkazilgan tadbirlarda faollik ko‘rsatgan o‘quvchilar taqdirlanishdi.

t.iss.one/qodiriy_abdulla