Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.77K subscribers
9.83K photos
1.29K videos
92 files
3.75K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#tadbir
O‘zbek adabiyoti namoyondalari va ularning asarlarini keng targ‘ib qilish maqsadida Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida oliy toifali o‘qituvchi Leyla Tagiyeva boshchiligida "Abdulla Qodiriy asarlarini va ijodini rus tilida o‘rganamiz" mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir milliy an'analarimiz va san'atimizni o‘zida mujassam etgan ko‘rgazmadan boshlandi. 📚Adib asarlari asosida 🎥videorolik va 🖼 rasmlar 🎨 tanlovi, "O‘tkan kunlar" asari asosida o‘quvchilar 🎭 sahna ko‘rinishini ijro etishdi, 📝she'riy va 🎼musiqiy chiqishlar bo‘ldi. Adibning hayoti va ijodi bo‘yicha viktorina tashkil etildi.  Mehmon sifatida Abdulla Qodiriyning navaralari Sherkon Qodiriy tashrif buyurdilar. Hay'at a'zolari o‘quvchilarning barcha chiqishlarini baholab, g‘oliblarni taqdirladilar🥇. Bunday tadbirlar o‘quvchilarda adib ijodini chuqurroq o‘rganish bilan birga ularda rus tilida ravon so‘zlashga, kreativlikka sabab bo‘ladi. Qahramonlarning ichki kechinmalarini horij tilida tushunish ko‘nikmasi hosil bo‘ldi.

t.iss.one/qodiriy_abdulla
#tanlov
#beruniy_avlodimiz
#Beruniy_1050_yilligiga


ILM-LA YASHAGAN BERUNIY BOBOM

Beruniy bobodan qolgan meroslar,
Ilm osmonida charog‘on bo‘ldi.
"Hindiston" asari tillarga tushib
Sharqshunos olimlar bog‘boni bo‘ldi.

Beruniy dermush: mening istagim,
Nafaqat istagim, balki vujudim.
Ilm tarqatishga ko‘p moyil bo‘ldi,
Dilimda ilmdan faraxlik to‘ldi.

Yana der: insonning qadr-qiymati,
Odamlar oldida topgan hurmati.
Mohirlik, sadoqat va qunt bilan
Rozi bo‘lib bajargan dildan xizmati.

Saboq olmish Nasr ibn Mansurdan,
Tabib ustoz Abu Sahl Jurjondan.
Ta'lim bermish yana Evklid merosdan,
O‘rgatarlar hayot yo‘lini zimdan.

Bashorat aylagan Amerikani
Kashf etgan Yer shari globusini.
Falakka termilib, marjondek turgan,
Sanoq yulduzlardan jadvallar tuzgan.

Yunon falsafadan saboqlar olib,
Hind moziysidan mutolaa qilib.
Qiyoslab hayratlar ichra ko‘p toldi,
Elda xudbinlarga nafrat yo‘qoldi

✏️Abdulla Qodiriy nomidagi
ijod maktabining 9-B sinf o‘quvchisi
Ibragimova Shirina

ABDULLA_QODIRIY_IM
#Ma'naviyat_soati

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida ma'naviyat soati bo'lib o'tdi

Buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini keng nishonlash hamda allomaning hayoti va ilmiy-ma’rifiy faoliyatini, uning jahon tamadduni rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini o‘quvchilar o‘rtasida targ‘ib qilish maqsadida Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida "Beruniy bobomizni yod etib" mavzusida ma'naviyat va ma'rifat soati o'tkazildi.

t.iss.one/qodiriy_abdulla
#Ijodiy uchrashuv
#tadbir
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining o‘quvchilari "Turon" AKM da 🎭 "Abdulla Qodiriy hayoti teatr sahnasida" nomli madaniy-ma'rifiy tadbirda ishtirok etishdi. O‘quvchilar O‘zbekiston Davlat drama teatri tomonidan sahnalashtirilgan "Jinlar bazmi" spektaklidan parcha tomosha qilishdi va aktyorlarning ijodlari xususida suhbatlashishdi.

t.iss.one/qodiriy_abdulla