Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining to‘garak rahbari
t.iss.one/qodiriy_abdulla
Maftuna Xolmatova o‘quvchilar bilan birgalikda Abul Qosim madrasasi XIX asr memoriy yodgorligida joylashgan hunarmandlar uyiga tashrif buyurishdi. O‘quvchilar milliy hunarmandchiligimizning nafisligi, usta-hunarmandlarning mahoratlaridan hayratlanishdi. Usta Anvar Azlarov o‘quvchilarga yog‘och o‘ymakorligi bo‘yicha ma'lumotlar berdi. O‘quvchilarda milliy san'atimizga bo‘lgan qiziqish yanada oshdi va ularda yana takror tashrif buyurish istagi paydo bo‘ldi.t.iss.one/qodiriy_abdulla
Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 7-sinf o‘quvchilariga ona tili fanidan "Tasviriy matn. Hadis. Topshiriqlar bilan ishlash" mavzusi doirasida interfaol metodlar asosida qiziqarli dars o‘tildi. "3, 4, 5, 6, 7" metodi orqali o‘tilgan mavzu takrorlanib, "xatolarni toping" usulida o‘quvchilarning imloviy va uslubiy savodxonligi oshirildi. Qiziquvchan va ijodkor o‘quvchilar "Ko‘chada qolgan hayvonlarga g‘amxo‘rlik qilish" mavzusida loyiha ishi tayyorlashdi. Quvonarlisi, bu loyiha ishi doirasida o‘quvchilar o‘z fikrlarini hadislar bilan dalillashdi.
#tadbir
O‘zbek adabiyoti namoyondalari va ularning asarlarini keng targ‘ib qilish maqsadida Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida oliy toifali o‘qituvchi Leyla Tagiyeva boshchiligida "Abdulla Qodiriy asarlarini va ijodini rus tilida o‘rganamiz" mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir milliy an'analarimiz va san'atimizni o‘zida mujassam etgan ko‘rgazmadan boshlandi. 📚Adib asarlari asosida 🎥videorolik va 🖼 rasmlar 🎨 tanlovi, "O‘tkan kunlar" asari asosida o‘quvchilar 🎭 sahna ko‘rinishini ijro etishdi, 📝she'riy va 🎼musiqiy chiqishlar bo‘ldi. Adibning hayoti va ijodi bo‘yicha viktorina tashkil etildi. Mehmon sifatida Abdulla Qodiriyning navaralari Sherkon Qodiriy tashrif buyurdilar. Hay'at a'zolari o‘quvchilarning barcha chiqishlarini baholab, g‘oliblarni taqdirladilar🥇. Bunday tadbirlar o‘quvchilarda adib ijodini chuqurroq o‘rganish bilan birga ularda rus tilida ravon so‘zlashga, kreativlikka sabab bo‘ladi. Qahramonlarning ichki kechinmalarini horij tilida tushunish ko‘nikmasi hosil bo‘ldi.