Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.96K subscribers
9.87K photos
1.29K videos
92 files
3.76K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#vatanparvarlik
#davra_suhbati

Joriy yilning 29-noyabr kuni Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabiga Toshkent shahrida joylashgan 38630 harbiy qism komandirining Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo'yicha o'rinbosari kapitan Dusmatov Xumoyunmirzo Tojimat o'g'li hamda kichik serjant Ganiyeva Sabina Saniyevnalar bir guruh muddatli harbiy xizmatdagi askarlar bilan tashrif buyurdilar.
Jonli muloqot davomida harbiylar o'z hayotlarida sodir bo'lgan hayajonli voqea-hodisalar haqida so'zlab berdilar. Ushbu davra suhbatida o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Bu kabi tadbirlar o'quvchilar ongida va qalbida vatanparvarlik hislarini uyg'otish bilan birga kasbga yo'naltirish va maqsadlarni to'g'ri tanlash borasida yetarlicha bilim va ko'nikmalarni shakllantiradi.

t.iss.one/qodiriy_abdulla
Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining o'quvchilari "Adiblar xiyoboni"ga tashrif buyurishdi. O‘quvchilar Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon va boshqa adiblarning merosi va hayoti haqida fikr almashishar ekan, ularda Vatanga nisbatan g‘urur va iftihor tuyg‘usi yanada jo‘sh urdi.

t.iss.one/qodiriy_abdulla
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining to‘garak rahbari Maftuna Xolmatova o‘quvchilar bilan birgalikda Abul Qosim madrasasi XIX asr memoriy yodgorligida joylashgan hunarmandlar uyiga tashrif buyurishdi. O‘quvchilar milliy hunarmandchiligimizning nafisligi, usta-hunarmandlarning mahoratlaridan hayratlanishdi. Usta Anvar Azlarov o‘quvchilarga yog‘och o‘ymakorligi bo‘yicha ma'lumotlar berdi. O‘quvchilarda milliy san'atimizga bo‘lgan qiziqish yanada oshdi va ularda yana takror tashrif buyurish istagi paydo bo‘ldi.

t.iss.one/qodiriy_abdulla
Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 7-sinf o‘quvchilariga ona tili fanidan "Tasviriy matn. Hadis. Topshiriqlar bilan ishlash" mavzusi doirasida interfaol metodlar asosida qiziqarli dars o‘tildi. "3, 4, 5, 6, 7" metodi orqali o‘tilgan mavzu takrorlanib, "xatolarni toping" usulida o‘quvchilarning imloviy va uslubiy savodxonligi oshirildi. Qiziquvchan va ijodkor o‘quvchilar "Ko‘chada qolgan hayvonlarga g‘amxo‘rlik qilish" mavzusida loyiha ishi tayyorlashdi. Quvonarlisi, bu loyiha ishi doirasida o‘quvchilar o‘z fikrlarini hadislar bilan dalillashdi.
Forwarded from OYINA.UZ
"Биринчи ўзбек разведкачиси" томонидан сотилган жадид, депсиниб туришимизнинг сабаби, "Қодирийни малоллантирган масала"лар ҳақида “Tafakkur” журналининг янги сонида ўқинг

Батафсил
: https://oyina.uz/kiril/posts/12350

Расмий саҳифаларимиз👇

Web-site | Telegram | Facebook | YouTube