Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
2.35K subscribers
10.3K photos
1.31K videos
93 files
3.85K links
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi. “Bizga jadid bobolarimiz kabi g’arb ilm-fani yutuqlari bilan birga milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur” Sh.Mirziyoyev
🗳️ Online qabulxona: @aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
Forwarded from Qodiriy memorial muzeyi
Abdulla Qodiriy memorial muzeyi hamda Turon AKM hamkorligida "Ozarbaydjon madaniyat kunlari" munosabati bilan “Xusan Jovid va Abdurauf Fitrat Milliy erkinlikning toptalishi” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda Ozorbaydjon Respublikasining deputati, siyosiy fanlar doktori, professor Ganiya Pashaeva va xalqaro Antik Dunyo ilmiy akademiyasi a'zosi, professor Boboxon Muhammad Sharif, Yozuvchilar uyushmasi a'zolari, Abdulla Qodiriy ijod maktabi o'quvchilari qatnashdilar. Tadbir so'ngida Ganiya Pashaeva tomonidan Abdulla Qodiriy muzeyi uchun sovg'a taqdim etildi hamda yosh ijodkorlar mualliflik kitoblari bilan taqdirlandilar.
Forwarded from Saida Qoraboyeva
#uchrashuv

18 oktabr Ozarbayjon mustaqillik kuni munosabati bilan yurtimizda “Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari”  tashkil etildi. Mazkur sana doirasida 2022 yil 17 oktabr kuni Abdulla Qodiriy memorial muzeyida Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyati markazi va "Turon" axborot kutubxonasi hamkorligida tadbir tashkil etildii.  "Husain Jovid va Abdurauf Fitrat milliy erkinlikning toptalishi" mavzusida o‘tkazilgan ushbu tadbirda Ozarbayjon milliy majlisining madaniyat qo‘mitasi rahbari, deputat Ganira Pashayeva, Ozarbayjon madaniyat markazi direktori Samir Abbasov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Davron Rajab hamda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari ishtirok etishdi.
O‘z nutqlarida Samir Abbasov Ozarbayjon yozuvchisi Xusein Jovid haqida, Davron Rajab o‘zbek millatparvar adibi Abdurauf Fitrat ijodi xususida, professor Ganira Pashayeva esa jadidlarning vatanparvarliklari haqida so‘z yuritishib, ulardan qolgan adabiy meros esa kelajak yoshlari qalbidan joy olishini ta’kidlab o‘tishdi.   O‘quvchilar ajdodlari merosi bilan yaqindan tanishdilar.
Fursatdan foydalanib, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi jamoasi Ozarbayjon Respublikasining mustaqillik kuni bilan ozar millatini muborakbod etadi.

Abdulla_Qodiriy_maktabi
#ochiq_eshiklar_kuni
Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabiga Qoraqalpog'iston Respublikasidagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabining o'quvchilari tashrif buyurishdi va maktab hayoti bilan yaqindan tanishishdi.
https://t.iss.one/qodiriy_abdulla
Forwarded from Madaniy meros agentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Samarqand shahri kuni nishonlanmoqda

Samarqand haqli ravishda sayyoramizning eng qadimiy shaharlari sirasiga kiradi. 1996 yilning 18-oktabrida Samarqand shahriga Amir Temur ordeni berilgan edi. Shu kuni Registon maydonida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligi ham katta tantana bilan nishonlandi.

Shundan buyon har yili 18-oktabr "Samarqand shahri kuni" sifatida nishonlab kelinadi.

Samarqand bugungi kunda ham Sharq gavhari hisoblanadi. Uning qadimiy va ulug‘vor obidalariyu maydonlarilarida dunyoning turli joylaridan kelgan sayyohlarni har kuni uchratish mumkin.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ona tilim_iftixorim
#21_oktabr
#o'zbek tili bayrami

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 7-B sinf o‘quvchisi Abdurahmonova Xadichabonu
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
# o'zbek_tili_bayrami
#ona tilim_iftixorim
21-oktabr Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi jamoasining tabrigi

🔰1989-yilning 21-oktabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra O‘zbek tiliga - Davlat tili maqomi berildi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo‘lgan ona tilimiz o‘zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo‘ldi.

Abdulla_Qodiriy_maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilib oling
"Didbon" so‘zining maʼnosini bilasizmi?
#НАСИҲАТ
Бобомиз имом Бухорийга оналарининг насиҳати:

Аллоҳ учун ўқинг. Шаҳарда ном чиқараман, тенгдошларимни ортда қолдириб, ҳаммадан олдин бўламан, давралар тўрида ўтираман, одамлар диққатини ўзимга қаратаман, кимларнидир гап билан ўсал қиламан, деган мақсадда ўқиманг.

Буларнинг бари шуҳратпарастлик дейилади.

Шуҳратпарастлик одам ичига беркинган юқумли балодир. Иймони заиф, эътиқоди суст кимсаларга тез юқадиган вабодир. Шуҳратпарастлик ихлосга зиддир.

Фикрингизни дунё ташвишлари билан чалғитманг. Сизнинг ёшингизда илм таҳсилидан ўзгаси дуруст бўлмас.

"11 ёшли ворис" китобидан
#tanlov
#ona tilim_iftixorim

ONA TILIM

Tillar ichra eng go‘zal til, ma'noga boy,
Teng kelolmas go‘zallikda hech bir chiroy.
Seni jondek suygayman men, ona tilim,
G‘urur hissin tuygayman men, ona tilim.

Tugamaydi biz bilmagan siring hamon,
Talpinadi barcha inson sening tomon.
Tiling sotsa, kuygayman men, ona tilim,
Kuyib, bag‘rim o‘ygayman men, ona tilim.

Sen go‘yoki o‘xshashi yo‘q go‘zal navo,
Bag‘ringdagi insonlarga suv va havo.
Seni doim ardoqlayman, ona tilim,
Ishonchingni oqlagayman, ona tilim.

Sening yuksak qadring bilgan o‘zbek ancha,
Ko‘hna o‘lmas tarixingni bilgan qancha.
Sen ertangi kelajaksan, ona tilim,
Marralarga yetajaksan, ona tilim.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchisi
9-"B" sinf o‘quvchisi Ibragimova Shirina

https://t.iss.one/qodiriy_abdulla
XURSHID O'ROQOV:

- 1987-yil, Surxondaryoda tug'ilgan;

- 2003-2004, FLEX Exchange Program g'olibi bo'lib AQSHda tahsil olgan;

- 2011, Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti bitiruvchisi;

- 2008-2009, Yevropa ERASMUS MUNDUS ta'lim grandini yutib Ispaniya Santiago De Compostela Universiteti Biznes Boshqaruvi yo'nalishida tahsil olgan;

- 2005-yildan buyon 8 marta IELTS imtihonini topshirgan! 3 marta overall 8.5, 4 marta 8.0, Speaking 9.0 va Writing 7.5 natijalarni qayd etgan!

- 2007, Ingliz tili va IELTSdan tahsil berishni boshlagan! 200dan ortiq IELTS overall 8.5, 8.0, 7.5 va 7.0 qayd etgan shogirdlar chiqargan!

- 2012, EVEREST o'quv markaziga asos soladi! EVEREST hozirda poytaxtimizda 10 manzilda yuksak natija va samaradorlikda faoliyat yuritmoqda! Unda 15 000dan ortiq ta'lim oluvchilarga 250dan oshiq malakali ustoz ta'lim bermoqda!

- Minglab shogirdlar tarbiyalagan, vatanparvar, mehnatsevar, jonkuyar o'qituvchi va yosh optimist rahbar!

P.S. Tadbirda jonli qatnashing!🏔🚀
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi mutasaddilari tashabbusi bilan 22-Oktabr, Shanba kuni kamina ishtirokida yoshlar bilan uchrashuv tashkil qilinmoqda, azizlar!

Tadbirda ushbu maktabning iqtidorli o'quvchilari bilan dildan suhbat qilamiz! O'ylaymanki, shaxsan o'zim ham faxrlanadigan, xalqparvar adibimiz - Abdulla Qodiriy kabi ajdodimizga o'xshagan o'g'il-qizlar bilan uchrashamiz!

Ushbu maktab PTMA - Prezident, Ijod va Ixtisoslashtirilgan maktablar Agentligi tizimida bo'lib, Tarix, Ingliz tili hamda Ona tili va Adabiyot fanlariga yo'naltirilgan prezident ijod maktabi hisoblanadi!

Tadbirda 100dan oshiq yosh o'g'il-qiz ishtirok etishi kutilmoqda va o'ylaymizki, ular orasida EVERESTER yoshlar ham talaygina!

❗️Ushbu uchrashuvni yoshlarimiz uchun manfaatli qilish maqsadida tadbir tashkilotchilari bilan maslahatlashib ishtirok uchun bitta shart qo'ydik! Ya'ni, unda qatnashish uchun, bitta yozma savol bilan kelishingiz kerak bo'ladi!

👉Maktab rasmiy kanali: @qodiriy_abdulla
Bugun 7-"B" sinf ona tili darsida "Limon mevasi haqida matn o‘qish. Topshiriqlar ustida ishlash" mavzusi o‘tildi. O‘quvchilar matn asosida qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma yozish ko‘nikmalarini egallashdi.
Fan o‘qituvchisi: Normurodova Vazira