Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
9.2K subscribers
13.3K photos
1.47K videos
95 files
4.39K links
Download Telegram
#Matbuot_anjumani

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan "Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga 2022-2023-o'quv yili uchun qabul” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

Matbuot anjumanida Agentlik direktori Hilola Umarova, direktorning birinchi o'rinbosari Dilshod Kenjayev, direktor o'rinbosari Alisher Ubbiyev va yo'nalishlar bo'yicha mutaxassislar ishtirok etishdi.

Tadbirda:
▶️Prezident, ijod va Agentlik tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul jarayonlari,
▶️Prezident maktablari metodikasi asosida maxsus tayyorlangan ta'lim dasturlarining yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga tatbiq etilishi,
▶️Mazkur ixtisoslashtirilgan maktablarga pedagog-kadrlarning tanlov asosida qabul qilinishi kabi mavzularda so'z bordi.

❗️Matbuot anjumani YouTube orqali to'g'ridan-to'g'ri jonli efirda namoyish etildi va jurnalistlar hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali kelib tushgan savollarga javob berildi.

👉Batafsil saytimizda o'qing.
#Statistika_qabul
#Qabul_2022

🔰Prezident maktablariga qabul yuzasidan ariza.piima.uz saytiga arizalar kelib tushmoqda. Ushbu arizalarning 4-iyun soat 11:30 holatiga ko'ra statistikasini taqdim etamiz.

✔️ Mazkur statistika orqali siz maktablar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ma'lumotga ega bo'lasiz.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabiga qabul uchun arizalar soni

04.06.2022-yil, 18:30 holatga koʻra!


Eslatma, arizalar ariza.piima.uz sayti orqali topshirildi.

Cаll-markaz: 1206

https://t.iss.one/qodiriy_abdulla
"Изучаем русский язык" to'garagi a'zolari tomonidan atoqli rus shoiri - A.S.Pushkin tavalludiga bag'ishlab tayyorlangan videorolik
#Diqqat_eslatma

📣📣Hurmatli ota-onalar !

❗️Prezident va ijod maktablariga hujjat topshirishda fotosuratga e’tiborli bo‘lishingizni so’raymiz.

Portal.piima.uz saytiga fotosuratni telefonda olingan shaklini yuklash mumkin emas.

📌Fotosuratchidan rasmning qog’oz variantidan tashqari elektron variantini ham olishni unutmang! Portal.piima.uz saytiga rasmning faqatgina elektron variantini yuklash mumkin. Qog’oz variant esa ma’lumotnoma(anketa)ga yopishtiriladi.

✔️Eslatib o’tamiz, operatorlar tomonidan ota - onalarga tahrirlashga jo'natilgan arizadagi kamchiliklarni to'g'irlab, 48 soat ichida qayta jo'natish talab etiladi.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Jonli_bayonot
#Qabul_2022

⚡️An'anani davom ettirgan holda Prezident, ijod va Agentlik tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlarga jonli efirda javob beramiz!

👉 Soat 13:00 da Agentlikning YouTube kanali orqali bizni kuzating.

📞Сall-markaz raqami: 1206

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Statistika_qabul
#Qabul_2022

🔰Agentlik tizimidagi maktablarga qabul yuzasidan ariza.piima.uz saytiga arizalar kelib tushmoqda. Ushbu arizalarning 6-iyun soat 11:30 holatiga ko'ra statistikasini taqdim etamiz.

✔️ Mazkur statistika orqali siz maktablar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ma'lumotga ega bo'lasiz.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabiga qabul uchun arizalar soni

06.06.2022-yil, 18:30 holatga koʻra!


Eslatma, arizalar ariza.piima.uz sayti orqali topshirildi.

Cаll-markaz: 1206

https://t.iss.one/qodiriy_abdulla
#Ijod_sarchashmasi

ISTIQLOLNI KUYLAYMAN!

Boshim koʻkka yetadi,
Gʻam anduhlar ketadi,
Meni shodon etadi.
Chunki yurtim oʻylayman,
Istiqlolni kuylayman!

Bizda oʻzgarish yuksak,
Baland uchar badfarak,
Bu ozodlikdan darak.
Maqtangancha soʻylayman,
Istiqlolni kuylayman!

Ishin jondan suyganlar,
"Vatan" deya kuyganlar,
Korrupsiyadan tiyganlar
Taqsin aytib toʻymayman,
Istiqlolni kuylayman!

Qadrdondir muallim,
Yurt uchun berar taʼlim,
Qilasiz albat olim
Shirin soʻz-la soʻylayman,
Istiqlolni kuylayman!

Azizova Madina
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o'quvchisi

https://t.iss.one/qodiriy_abdulla
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabiga qabul uchun arizalar soni

07.06.2022-yil, 18:30 holatga koʻra!


Eslatma, arizalar ariza.piima.uz sayti orqali topshirildi.

Cаll-markaz: 1206

https://t.iss.one/qodiriy_abdulla
#Сўраган_эдингиз
#Qabul_2022

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali o'qishga hujjat topshirilganda talabgordan so'raladigan identifikatsiya raqami nima?
Identifikatsiya raqami - Agentlik tizimidagi maktablarga o'qishga hujjat topshirgan shaxslarning telefoniga sms tarzida yuboriladigan raqam bo'lib, ushbu raqam orqali nomzod platformaga kira oladi va hujjatlar to'g'risida ma'lumotga ega bo'ladi.

Ijod maktablari bitiruvchilari uchun qanday imtiyoz beriladi?
Agentlik tizimidagi ijod maktablarining bitiruvchilari ixtisoslik yo'nalishidan kelib chiqib, davlat oliy ta'lim tashkilotlarining tilshunoslik, adabiyot, pedagogika, tarjimonlik, jurnalistika sohalari uchun kadrlar tayyorlaydian bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga umumiy belgilangan qabul parametrlaridan tashqari bazaviy to'lov-kontrakt asosida imtiyozli o'qishga qabul qilinadi.

📞
Call-markaz: 1206

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabiga qabul uchun arizalar soni

08.06.2022-yil, 20:00 holatga koʻra!


Eslatma, arizalar ariza.piima.uz sayti orqali topshirildi.

Cаll-markaz: 1206

https://t.iss.one/qodiriy_abdulla
BOLALARGA BERING DUNYONI!

Koʻzlarida chaqnaydi mehr,
Bu biz uchun bamisli sehr,
Koʻrmay oʻssin hech qachon qahr.
Rostga aylantirar roʻyoni,
Bolalarga bering dunyoni!


Oʻssin bilmay neliginni gʻam,
Yuzlaridan topmaylik nam,
Bilim bilan oʻtsin har bir dam.
Shodlikka toʻldirar samoni,
Bolalarga bering dunyoni!


Ne desa ham yaxshilik maqsad,
Niyatiga yetadi albat,
Imkoniyat yarating faqat.
Soʻzlaridan tering maʼnoni,
Bolalarga bering dunyoni!


✍️Azizova Madina
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 8-sinf oʻquvchisi

https://t.iss.one/qodiriy_abdulla
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📡Shoshiling, qabul tugashiga o‘n ikki kun vaqt qoldi!

☝️G'oliblar qatorida eng zo'ri bo'lish sizning tanlovingiz!

💻Ariza.piima.uz sayti orqali ariza topshirayotganizda yuqoridagi namunadek bo'lishi kerak
( https://t.iss.one/qodiriy_abdulla/4210?single )

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi-
Oltin avlod beshigi!

https://t.iss.one/qodiriy_abdulla
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 11-"A" sinf oʻquvchisi Xakimova Farangizbonuning Italiyadagi taassurotlari....

https://t.iss.one/qodiriy_abdulla
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ijod_maktabi #Bosqichma_bosqich

Ijod maktablariga onlayn ariza topshirish bo‘yicha savollaringiz bormi?

❗️Unda ushbu bosqichma-bosqich yo‘l ko‘rsatuvchi video-yo‘riqnoma siz uchun!

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube