Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.87K subscribers
9.93K photos
1.29K videos
93 files
3.77K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#Kun_nafasi

❇️ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 7-"A" va 7-"B" sinf o‘quvchilari O‘zbekiston Davlat konservatoriyasiga sayohat qilishdi. Konservatoriya o‘qituvchilari va talabalari ijrosida opera va ariyalardan parchalar tinglashdi. Konsert dasturlaridan lavhalar kuzatishdi.

❇️ San'at bor ekan dunyo go'zallashaveradi. Yosh avlodni adabiyotga, san'atga muhabbat bilan tarbiyalash asosiy vazifamizdir.

Telegram| Facebook| Veb-sayt| You Tube
#Tanlov_natijasi

❇️ Prezident ta’lim muassasalari agentligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda agentlik tizimidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari va talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” hamda “Mening Prezidentim - mening faxrim” mavzularida ijodiy ishlar tanlovi nihoyasiga yetdi.

Ma'lumot o'rnida, tanlovning 1-bosqichi joriy yilning 15-aprelidan 5-mayiga qadar bo'lib o'tdi va mazkur bosqichdan muvaffaqiyatli o'tgan 27 ta eng yaxshi ijodiy ish 2-bosqichda Hakamlar hay'atiga taqdim etildi.

❇️ Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi Xudoyberdiyev Jamshid "Eng yaxshi she'r muallifi" yo'nalishi bo'yicha 3-o'rinni egalladi.

Telegram| Facebook| Veb-sayt| You Tube
#Kun_nafasi
#Sõnggi_qõngiroq
#Bitiruvchi_2022

🔔 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida "Abdulla Qodiriy dilbandlariga oq yo'l" nomli soʻnggi qoʻngʻiroq tadbiri boʻlib oʻtdi.

Mazkur tadbirda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori B.Bekov, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Boymurodov Alisher, hamkor tashkilot rahbarlari, o'quvchilarning ota-onalari, ustozlar hamda barcha sinf o'quvchilari ishtirok etdi.

Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tabrigi o'qib eshittirildi. Xususan, tabrikda shunday deyilgan:

“Qadrli maktab bitiruvchilari!

Sizlarni maktab taʼlimini muvaffaqiyatli tugatib, mustaqil hayotga – umringizning yanada goʻzal va masʼuliyatli bosqichiga qadam qoʻyayotganingiz bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Mamlakatimizdagi barcha umumtaʼlim dargohlarida “soʻnggi qoʻngʻiroq”lar yangrab, qadrdon maktabingiz, mehribon ustozlaringiz bilan xayrlashuv tadbirlari oʻtkazilayotgan ushbu quvonchli va gʻoyat hayajonli damlarda hammangizga kelgusi hayotda ulkan yutuq va omadlar tilayman.

Umid va ishonch ramzi boʻlgan yetuklik shahodatnomalari barchangizga muborak boʻlsin!

Hech qachon unutmang, kelajakda sizni yanada ulkan va masʼuliyatli marralar kutmoqda. Oldingizga aniq maqsad qoʻyib, bor kuch-gʻayratingiz, bilim va salohiyatingiz bilan harakat qilsangiz, koʻzlagan choʻqqilarga albatta erishasiz.

Baxt va omad hamisha hamrohingiz boʻlsin, aziz oʻgʻil-qizlarim!
 
Shavkat MIRZIYOYEV,
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti”

❇️ O'quvchilar tomonidan ustozlarni ulug'lovchi qo'shiqlar hamda she'rlar ijro etildi.

🔅 Tadbir soʻngida maktabning faol o'qituvchilari, iqtidorli oʻquvchilar va ularning ota-onalari faxriy yorliqlar va tashakkurnomalar taqdirlandi.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | YouTube
***

"So'nggi qo'ng'iroq" tadbiridan lavhalar
Forwarded from Zamin Foundation
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahri Abdulla Qodiriy maktabidagi Zamin Creative studiyasida ijodiy jarayon.

Studiya o‘quvchilari aktyorlik mahoratini o‘rganayotgan sinfdoshlari uchun o‘z qo‘llari bilan liboslar yaratmoqda.
__

Творческий процесс в студии Zamin Creative в школе имени Абдуллы Кадыри в Ташкенте.

Учащиеся студии своими руками создают костюмы для одноклассников по направлению актерского мастерства.

#zamincreative

Zamin | Facebook | Instagram
#Kun_nafasi
#Sõngi_qõngiroq
#Tõgaraklar_faoliyati

❇️ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida faoliyat yurituvchi "Sahna saboqlari", "Mohir qo'llar", "Tasviriy va raqamli san'at", "Musiqa madaniyati va dutor" to'garaklarining yillik hisoboti tadbiri bo'lib o'tdi.

Yuqorida ushbu tadbirlar lavhalar

Telegram| Facebook| Veb-sayt| You Tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tõgaraklar_faoliyati
#Kun_nafasi

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 7-"A" sinf o'quvchisi Norbekova Gulsanamxon tomonidan tayyorlangan video lavha

Telegram| Facebook| Veb-sayt| You Tube
#Эълон
#Qabul_2022

❗️DIQQAT E'LON!

📣
📣IJOD MAKTABLARI 2022-2023-O'QUV YILI UCHUN QABUL E'LON QILADI!

Ijod maktablariga 2022/2023-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-IYUNdan 20-IYUNga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Ijod maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
• Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
• 3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);
• baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• pasport ma’lumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

Ijod maktablariga nechanchi sinflarga qabul qilinadi?
Agentlik tizimidagi 9 ta ijod maktabi:
🔸Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi,
🔸 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi,
🔸Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi,
🔸Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi,
🔸Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi,
🔸Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi,
🔸Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi,
🔸Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi va
🔸Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabiga 7- sinfga qabul bo'lib o'tadi.

👉
Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring:
Veb-sayt: piima.uz
Telegram: piimauz
Facebook: piima.uz
Instagram: piima.uz
#Sõngi_qõngiroq_ilhomlari

Soʻnggi qoʻngʻiroq

Yana otdi zarrin tong,
Qalbda quvonch shukuhi.
Qoʻngʻiroqlar urar bong,
Chorlar maktab dargohi.

Jonajon maskan sari,
Oshiqadi yuraklar.
Sevimli ustoz bari,
Aytar bisyor tilaklar.

Ilm sari parvozlar,
Qanot qoqar betinim.
Yuraklarda orzular,
Yashnar joʻshib shod dilim.

Gʻanimat baxtli onlar
Qaynoq maktab quchogʻi.
Unutilmas bu damlar,
Sirli ilm oʻchogʻi.

Doʻstlarga toʻlgan maskan,
Nur taratar olamga.
Ziyo urugʻin sochgan,
Yangi Oʻzbekistonga.

Vatan qoʻllar farzandin,
Yetsin deya kamolga.
Alloh oʻzi asrasin,
Koʻz tegmasin dunyoga.

Chorlar olis maskanlar,
Hayot berar koʻp saboq.
Ustoz kulib kuzatdi,
Jarangladi qoʻngʻiroq.


Guliraʼno Anvarova
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchisi


Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sõngi_qõngiroq
#Ustozlar

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchisi Gulshoda Do'lanova tayyorlagan video

Telegram| Facebook| You Tube| Veb sayt
30-may — O’zbekiston xalq shoiri Mirtemir tavallud topgan kun.

🔰 Mirtemir Umarbekovich Tursunov 1910 - yil 30 – may sanasida Qozog‘istonning Chimkent viloyati, hozirgi Turkiston tumanining Iqon qishlog‘ida tug‘ilgan. Shoir Mirtemir taxallusi ostida ijod qilgan. Eski tartibdagi maktabda o‘qigan, 1921-1923 yillar Toshkentdagi Almaiy nomidagi maktab-gimnaziyada tahsil olgan. 30-yillar noma’lum sabablarga ko‘ra, qatag‘on qilingan, Moskvaning Volga kanalida qurilishda ishlagan.

📚 Mirtemir — quyidagi asarlar muallifi:
“Shu’lalar qo‘ynida” (1928), “Qaynashlarim” (1931), “Poytaxt” (1936), “Qasd” (1944), “Yangi she’rlar” (1947), “Saralangan asarlar” (1958), “Yali-yali”, “Meni esla”, “Aytishlaricha, shahrimda bir go‘zal bor”, “Faqat men bilaman”, “Kipriklarim”, “Seni bezovta qilmayman”. “Portret”, “G‘alaba” (1929), “Bong” (1932), “Barot” (1930), “Xidir” (1932), “Dilkusho”, “Suv qizi” (1937), “Oysanamning to‘yida” (1938), “Ko‘zi” (1939)

❇️ Mirtemir 1978 – yil 25-yanvar Toshkent shahrida vafot etgan.