Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.77K subscribers
9.72K photos
1.27K videos
92 files
3.71K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#Kun_nafasi

❇️ Joriy yilning 17-may kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari Adiblar xiyobonida bo'lib qaytdilar.

O'quvchilarga Muhammad Yusuf hayoti va ijodi haqida yanada ko'proq ma'lumot berish, ularning adabiyotga, she'riyatga bo'lgan qiziqishlarini yanada orttirish maqsadida Muhammad Yusuf haykali qoshida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

Unda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi hamda Yunusobod tumanidagi 96- va 6- maktab o'quvchilari O'zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusuf ijodi bo'yicha bellashdilar.

❇️ Jarayon Adiblar xiyobonidagi Halima Xudoyberdiyeva haykali qoshida ham davom etdi. Shoiraning 75 yilligi munosabati bilan hayot yo'li va ijodi yodga olindi.

Telegram| Facebook| Veb-sayt| You Tube
#Kun_nafasi
#Uch_avlod_uchrashuvi

❇️ Joriy yilning 17-may kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida Mudofaa vazirligi Toshkent harbiy okrugi 38 630 harbiy qism xizmatchilari ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" davra suhbati bo'lib o'tdi. Unda Mudofaa vazirligi Toshkent harbiy okrugi harbiy qism komandirining o'rinbosari Mayor Sharopov Erkin Esonovich muddatli harbiy xizmat, harbiy xizmatchilarning kun tartibi haqida ma'lumotlar berildi.

Tadbirda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari Murodova Rayhona, Toshqorayev Aziz kabi yosh qalamkashlar o'z she'rlaridan o'qib berishdi. Harbiylar orasida ham ijodga qiziqadigan iqtidorli yoshlar bo'lib, ular ham turli mavzulardagi she'rlaridan o'qib berdilar.

Tadbir so'ngida faol qatnashgan o'quvchilarga kitoblar sovg'a qilindi. Yoshlar tarbiyasida vatanparvarlik, do'stlik kabi tuyg'ularni rivojlantirishda shu kabi tadbirlarning o'rni beqiyos.

Telegram| Facebook| Veb-sayt| You Tube
#Kun_nafasi
#Tibbiy_kõrik

❇️ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida mavsumiy kasalliklarning oldini olish, o'quvchilarning sog'ligini doimiy nazorat qilish maqsadida tibbiy ko'rik o'tkazildi
.

Telegram| Facebook| Veb-sayt| You Tube
#Kun_nafasi
#Xalqaro_muzeylar_kuni

❇️ 18-may-Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari O‘zbek romanchiligining asoschisi, vatanparvar adib Abdulla Qodiriy xotirasiga ehtirom ko‘rsatish, milliy adabiyot rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasini ulug‘lash maqsadida Abdulla Qodiriy muzeyiga tashrif buyurishdi.

Muzeydagi sayohat davomida taniqli rassom Baxtiyor To'rayev tomonidan qumda chizilgan "O'tgan kunlar yodi" animatsiyasi o'quvchilarda katta qiziqish va hayrat tuyg'usini uyg'otdi.

Telegram| Facebook| Veb-sayt| You Tube
#Kun_nafasi

❇️ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari 18-may - Xalqaro muzeylar kuniga bag'ishlangan ko'rgazmada qatnashdilar.

Suratda Oʻzbekiston badiiy akademiyasining markaziy ko'zgazmalar zalida uyushtirilgan sayohatdan lavhalar aks etgan.

Telegram| Facebook| Veb-sayt| You Tube