Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.77K subscribers
9.72K photos
1.27K videos
92 files
3.71K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#Kun_nafasi
#Ziyorat

❇️ Joriy yilning 13-may kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining Tarbiya fani o'qituvchisi Malika Berdiyeva va 10-"A" sinf o'quvchilari "Hazrati Imom Jome masjidi" hamda "Baroqxon" madrasasini ziyorat qildilar.

❇️ Tarixiy qadamjolarni ziyorat qilish tariximiz, e'tiqodimiz va ruhimiz uchun ozuqa bo'lib xizmat qiladi.

Telegram|Facebook|Veb-sayt| You Tube
#Bizning_ijod

QIZG‘ALDOQ

Beg‘ubor musaffo osmon ostida
Quyoshga bosh urib titrar qizg‘aldoq.
Bulutlarga yondosh tog‘lar qo‘ynida
Majruh yuragimni o‘rtar qizg‘aldoq.

Yomg‘irlar silasa nozik yaprog‘ing
O‘rtamas bag‘ringni behuda firoq.
Bunchalar mustahkam sendagi umid,
Naqadar buyukdir sabring qizg‘aldoq.

Ochilib bahorda baxtni to‘shaysan,
Dudog‘ing o‘ynaydi mayin shamollar,
Bardoshing metindur osmondur qadding,
Sening kuylaringga mastdur xayollar.

Hilpirab to‘lg‘anib unaverar u,
Unga yer parvona yuragi oppoq.
Faqat olislarda o‘ynaydi ohu,
Ohularga sirdosh, yondosh qizg‘aldoq.

Beg‘ubor musaffo osmon ostida,
Quyoshga bosh urib titrar qizg‘aldoq.
Bulutlarga yondosh tog‘lar qo‘ynida,
Majruh yuragimni o‘rtar qizg‘aldoq...

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 9- "A" sinf o'quvchisi Saidboyeva Malika


Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
#Kun_nafasi
#Ochiq_eshiklar_kuni

❇️ Prezident ta'lim muassasalari agentligi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida 13-, 14-may kunlari ochiq eshiklar kuni bo'lib o'tdi. Toshkent shahridagi maktablardan tashrif buyurgan mehmonlar Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi bilan yaqindan tanishdilar.

Bugun Chilonzor tumanida faoliyat yurituvchi pedagoglar, Olmazor tumani 249-maktab o'qituvchilari va o'quvchilari hamda boshqa mehmonlar Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabidagi to'garaklar faoliyati bilan bevosita tanishdilar.


Telegram| Facebook| Veb-sayt| You Tube
#Kun_nafasi

❇️ Joriy yilning 14-may kuni Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari o'quv sayohatlari doirasida Fizika fani o'qituvchisi Mirzabek Alloqulov boshchiligida "Qiziqarli fanlar studiyasi"ga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida interaktiv ko'rgazmalar, ilmiy dasturlar va master-klasslarda ishtirok etishdi.

Telegram| Facebook| Veb-sayt| You Tube
#Kun_nafasi
#Ijodkorlar_harakati

❇️ Prezident ta'lim muassasalari agentligi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining ijodkor o'quvchilari ma'naviyat targ'ibotchisi Ubaydullayeva Nurjahon boshchiligida "Xiyobon oqshomlari" loyihasida ishtirok etdilar.

O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari - yozuvchi va tarjimon Muhabbat Yo'ldosheva hamda bolalar yozuvchisi Gulnoz Tojiboyeva kecha mehmonlari sifatida yosh ijodkorlarga o'z maslahatlarini va kitoblarini tuhfa etishdi.

Oqshomda ijod maktabining ijodkor o'quvchilari Murodova Rayhona, Abdulakimova Gulsanam, Saidboyeva Malika, Keldiyorova Xumora o'z ijod namunalaridan o'qidilar.

Bu kabi tadbirlar har bir yosh qalb ijodi uchun alohida ahamiyatlidir


Telegram| Facebook| Veb-sayt| You Tube
15-may — O’zbek shoiri Botu Mahmud Xodiyev tavallud topgan kun.

🔹 Botu (Mahmud Maqsudovich Xodiyev) 1904 - yil Toshkentda tug‘ilgan. 1918 - yil Toshkent sovet namunaviy maktabni yakunlagan, 1921 - yil Botu Pokrovskiy nomidagi Moskva institutining ishchilar fakultetiga o‘qishga kiradi va tez orada, Moskva Davlat universitetining iqtisod fakultetiga o‘tib, oliy ma’lumotli bo‘ladi (1921-1927).

🔹 Samarqandga qaytgach, u adabiyot va ijtimoiy faoliyat bilan mashg‘ul bo‘ladi. U yoshlar partiya va davlat tashkilotlarida ishtirok etadi, “Alanga” jurnaliga muharrirlik qiladi.

🔹 Botu — quyidagi asarlar muallifi:
“Bilim o‘chog‘i”, “Inqilob”, “Alanga”, “Maorif va o‘qituvchi” kabi she’rlari, hikoyalari, publistsistik maqolalari va ocherklari, “Hayit harom bo‘ldi” hamda “Tursun” asarlari , “Umid uchqunlari”, “To‘lqinlarim” she’rlari va boshqa asarlari o’quvchilar e’tiboriga havola etilgan.
Shoir Botu 1938 – yil 8-may sanasida vafot etgan.


Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi