Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
2.34K subscribers
10.2K photos
1.31K videos
93 files
3.83K links
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi. “Bizga jadid bobolarimiz kabi g’arb ilm-fani yutuqlari bilan birga milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur” Sh.Mirziyoyev
🗳️ Online qabulxona: @aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#Kun_nafasi
#Xushxabar

❇️ "Hammamiz uchun ayni paytda juda muhim ahamiyatga ega bo'lgan masala, ya'ni kitobxonlikni keng yoyish va yoshlarimizning kitobga bo'lgan muhabbatini, ularning ma'naviy immunitetini yanada oshirishga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga olib chiqish vazifasi turibdi"

Sh.Mirziyoyev


Prezident ta'lim muassasalari agentligi hamda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida joriy yilning 10-may kuni muassasa tizimidagi maktablarning kutubxonasiga kitoblar taqdim etish madaniy-ma'rifiy tadbiri va O'zbekiston Xalq yozuvchisi Isajon Sulton bilan ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi.

Tadbirda Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktorining birinchi o'rinbosari Dilshod Kenjayev O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o'rinbosari Botir Ergashevdan 6500 ta kitobning ramziy belgisi hamda kitob namunalarini qabul qilib oldi.

♻️ Tadbirda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari ishtirokida "She'riyat guldastasi" namoyish etildi.

Telegram| Facebook|Veb-sayt| You Tube
Китоблар топшириш маросимидан суратлар.

Web-site | Telegram | Facebook | YouTube
10-may — O’zbekiston xalq shoiri G’afur G’ulom tavallud topgan kun.

🔹 G’afur G’ulom - buyuk oʻzbek yozuvchisi va shoiri. 1903 - yilning 10-may sanasida Toshkent shahrining Qoʻrgʻontegi mahallasida tugʻilgan. Toʻqqiz yoshida otasidan, oʻn besh yoshida onasidan yetim qolgan Gʻafur Gʻulom avval eski maktabda, soʻngra rus-tuzem maktabida taʼlim olgan.

🔹 Asarlari:
“Feliks farzandlari”, “Dinamo”, “Xitoy suratlari”, “Biz sizlar bilan tirikmiz”, “Jonli qo‘shiqlar”, “Sizga”, “Sovg‘a”, “Tong qo‘shig‘i”, “Qo‘qon” dostoni, “Sen yetim emassan” (1942), “Qayg‘u” (1942), “Biri biriga shogird, biri biriga ustod” (1950), “Sizlarga - yoshlar” (1947), “Bahor taronalari” (1948), “Netay” (1930), “Yodgor”(1936), “Shum bola”(1936-1962) qissalari va “Shariat nayranglari” (1930),“Mening o‘g‘rigina bolam” (1965)

❇️ 2022-yilning 10-may kuni Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari ishtirokida "Adiblar xiyoboni" dagi G'afur G'ulom haykali qoshida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

Telegram| Facebook| Veb-sayt| You Tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ОАВ биз ҳақимизда

ИККИ ХАЙРЛИ ТАДБИР БИР ЛАВҲАДА

Кеча соат 10:00да Ёзувчилар уюшмасида Президент таълим муассасалари агентлиги тизимидаги мактабларга уюшма томонидан чоп этилган турли номдаги 6500 дона бадиий китоб топшириш маросими бўлиб ўтди. 11:00да Ғафур Ғулом уй-музейига Пиёдалар клуби фаоллари, оммавий ахборот воситалари ходимлари учун адабий пресс-саёҳат ташкил этилди. Икки адабий тадбирни “Renessans” телеканали мухбири Хуршиджон Эшқобилов 3 дақиқалик битта лавҳага сиғдирибди.

Фозил Фарҳод
#Kun_nafasi

Chori Avaz tavalludiga 65 yil toʻldi

ERTA

Meni qushlar uygʻotar erta,
Erta kutib olaman tongni.
Bahor erta aytadi ertak,
Men tinglayman hovuchlab jonni.

Oʻn oltiga toʻlgan boladay
Unutaman erta oʻtmishni.
Erta meni kuylay boshlar nay,
Kuzataman ertaga qishni.

Qushlar erta yelkamga qoʻnar,
Chah-chahlashar yoqimli, mayin.
Kadarlarning qaddin yoy qilib,
Tong ertaga boshqacha otar.

Men yonurman tongning muzdayin
Havosidan bot-bot yoqilib.

Chori AVAZ

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
#Zakovat

❇️ Prezident ta'lim muassasalari agentligi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi jamoalari o‘rtasida joriy yilning 12-may kuni “Zakovat” intellektual o‘yini birinchi mavsumining uchinchi bosqichi o‘tkazildi.

👭Ushbu intellektual o‘yinda 8 ta guruh vakillari qatnashdi.

Jamoalar qizgʻin kurash olib borishdi va 1-oʻrinni “Great Cliffs” jamoasi hali hanuz hech kimga bo'shatib bergani yo'q! 🥳🥳🥳🥳

2-oʻrinni “Iceberg” jamoasi hamda "Gulxan" jamoasi egalladi.

3-oʻrinni esa "Kelajak yulduzlari" jamoasi qo'lga kiritdi!

🟢 “Smart”, "Muvahhida", "Superior", jamoalariga faol qatnashganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz.

🥇🤝G'oliblarni tabriklaymiz!💐

📌O‘yinning yangi sonini intizorlik bilan kutib qolamiz!!!

Telegram| Facebook| Veb-sayt| You Tube