Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
2.34K subscribers
10.2K photos
1.31K videos
93 files
3.82K links
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi. “Bizga jadid bobolarimiz kabi g’arb ilm-fani yutuqlari bilan birga milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur” Sh.Mirziyoyev
🗳️ Online qabulxona: @aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#Kun_nafasi

O'zbek adabiyotini "Ulug' saltanat" epopeyasi, "Boqiy dunyo" she'riy romani, "Sarbadorlar" dilogiyasi bilan boyitgan, serqirra ijodkor, Alisher Navoiy nomidagi oltin medal sohibi, O'zbekiston xalq Muhammad Ali Ahmedov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan " Moziydan nur olgan adib" deb nomlangan adabiy- ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda bir qancha adabiyotshunos olimlar, pedagoglar, shuningdek adabiyot ixlosmandlari ishtirok etishdi. Filologiya fanlari nomzodi Humoyun Akbarov, yozuvchining shogirdlaridan Risolat Haydarovalar ishtirok etdi
.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zulfiya_107_yilligi
#Kõklam_ilhomlari
#Bahorning_birinchi_kuni
#Biz_haqimizda

Prezident ta'lim muassasalari agentligi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida bahorning ilk kunida Zulfiyaxonim tavalludining 107 yilligi yuqori saviyada tashkil etildi.

Zulfiyaxonim "Baxtim shul o'zbekning Zulfiyasiman!" deganida naqadar to'g'ri xulosa qilganini bugungi kun misolida ko'rishimiz mumkin.


Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
#Kun_nafasi
#monitoring

Prezident ta'lim muassasalari agentligi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida 7-8-9-10-sinf o'quvchilari o'rtasida fizika fanidan monitoring o'tkazilmoqda.

Ijod maktabi o'quvchilari nafaqat gumanitar fanlardan, balki aniq va tabiiy fanlardan ham yaxshi natija ko'rsatishiga ishonamiz.


Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi axborot xizmati
#Kun_nafasi
#Tõgaraklar

Prezident ta'lim muassasalari agentligi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida tashkil etilgan "Tasviriy va raqamli san'at" to'garagidan lavhalar

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
#Kõklam_ilhomlari

Seni sogʻindim bahor

Koʻzim ochirmasa dunyo tashvishi,
Qalbimni ogʻritsa gʻiybatchi kishi.
Endi qiziqtirmas uning har ishi,
Men seni juda ham sogʻindim, bahor.

Yuzlarimni silab essa bir shamol,
Meni oʻrab olar shirin oʻy-xayol.
Boshimda hilpirar bir shoyi roʻmol,
Men seni juda ham sogʻindim, bahor.

Kelishing eshitgach yorishdi bu dil,
Zavq-u shavqqa toʻlib yayraydi koʻngil.
Ey dardu alamlar, shu onda soʻngil,
Men seni juda ham sogʻindim, bahor.

Daraxtlar burkanar gul-u chechakka,
Bahorim, oʻxshaysan sen kelinchakka.
Goh mehrim ulugʻdir shu boychechakka,
Men seni juda ham sogʻindim, bahor.

Koʻnglim ochib kuylay qaldirgʻoch misol,
Ey bahor, yaqindir bizning shu visol.
Aytgil, qalbimdasan begʻubor inson,
Men seni juda ham sogʻindim, bahor.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf oʻquvchisi Abdugʻaniyeva Komila
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
#Kun_nafasi
#8_mart_Xalqaro_ayollar_bayrami

Ayol

Bahor doim Sizlarga sirdosh,
Tongdan qutlar Sizlarni quyosh.
Mehringizdan quvnaydi gullar,
Ishqingizda sayrar bulbullar.

Tabiat lol, farishtaginam,
Zarracha yoʻq yurakda gʻubor.
Doim guldek sarishtaginam,
Hayo-ibo, muhabbat bisyor.

Koʻrkam dunyo xilqati- Ayol,
Iforli dil topmasin zavol.
Sadoqatda bebaho timsol,
Moʻtabarsiz, azizsiz- Ayol.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchisi Guliraʼno Anvarova


Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_nafasi
#8_mart_Xalqaro_xotin_qizlar_bayrami

Prezident ta'lim muassasalari agentligi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 7-"A" sinf o'quvchilari Xurramova Mohinur va Farhodova Rayxona tayyorladi


Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
#Mahorat_darsi
#Online_uchrashuv

❇️Prezident ta'lim muassasalari agentligi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida 2022-yil 10-mart kuni soat 15:00 da O'zbekiston Jurnalistlari Uyushmasi a'zosi, O'zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi a'zosi Rahimboy Jumaniyozov ishtirokidagi "Kasbiy faoliyatda ta'lim va tarbiya. Muloqot va muomala jarayonida nutq madaniyati va notiqlik san'atining o'rni" mavzusida bo'lib o'tadigan mahorat darsiga barcha ijod maktablarining 10-11-sinf o'quvchilarini taklif etamiz


Ijod maktablari uchun Zoom platformasi linki uzatiladi

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
Audio
#Audio_mutolaa

Alisher Navoiy

📕 "Lison ut-tayr" (Sen meni anglar boʻlsang...)

🎙Madina AZIZOVA
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf oʻquvchisi

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👩‍💻👩‍💼Raqamli avlod qizlari 2022

✔️IT sohasiga qiziquvchi qizlarning loyihalarini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan "Raqamli avlod qizlari-2022" IT oromgohi o'z nihoyasiga yetdi.

Oromgohda ishtirok etish uchun 1500 dan ziyod arizalar kelib tushdi, saralash jarayonlari yakuniga ko'ra 60 nafar qiz offlayn darslarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ldi.

5 kun davomida ishtirokchilar 5 ta yo'nalish bo'yicha tajribali mentorlarning darslarida ishtirok etishdi. Umid qilamizki, bu yerda o'rgangan bilimlari ularning kelajakdagi faoliyatida ham foydali bo'ladi.

⚡️Shu o'rinda mazkur IT oromgohini tashkil etishda yaqindan ko'mak bergan barcha tashkilotchilarga, xususan Prezident ta'lim muassasalari agentligi, Oliy Majlis huzuridagi Jamoat Fondiga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

#Digital_generation_ladies
____
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Online_uchrashuv
#Mahorat_darsi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Jurnalistlari uyushmasi a'zosi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Rahimboy Jumaniyozov ishtirokidagi "Kasbiy faoliyatda ta'lim va tarbiya. Muloqot va muomala jarayonida nutq madaniyati va notiqlik san'atining o‘rni" mavzusida ZOOM platformasi orqali mahorat darsi bo'lib o'tdi. Unda barcha ijod maktablarining rahbariyati, pedagog-xodimlari hamda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari ishtirok etdi.


Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi