Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
2.34K subscribers
10.2K photos
1.31K videos
93 files
3.83K links
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi. “Bizga jadid bobolarimiz kabi g’arb ilm-fani yutuqlari bilan birga milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur” Sh.Mirziyoyev
🗳️ Online qabulxona: @aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#faxrimiz

Prezident ta'lim muassasalari agentligi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'qituvchisi Jumaniyozov Raximboy Matkarimovichning "Yuksak savodxonlik-ma'naviy darajamiz, vatanparvarligimiz ifodasi" mavzusidagi maqolasi "Xalq so'zi" gazetasining 2022-yil 19-fevral sonida dunyo yuzini ko'rdi.

❇️Eslatib o'tamiz, 21-fevral-Xalqaro ona tili kuni hisoblanadi


Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
#kun_nafasi
#monitoring

Prezident ta'lim muassasalari agentligi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari ona tili, adabiyot, tarix va ingliz tili fanidan ichki monitoring testini topshirmoqdalar
.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
#bizning_ijod

***

Men kechdim, sen ketding qoraydi kunlar,
Bag'rimdan uzildi yaproq, azizam.
O'pkamga to'ladi qaro tutunlar,
Yoshlanib qorayar qarog', azizam.

Sokin tun, nursiz oy, sovuq harorat,
Sarson o'ylarimga hamrox, azizam.
Qadringni kech bildim, juda kech bildim,
Ko'zlarim ochiq, qalb gumroh, azizam.

Yo'l yurib boraman yo'llarim unmas,
Torayib bormoqda so'qmoq, azizam.
Endi befoydadir ko'z yosh to'kkanim,
Befoyda o'zimni so'kmoq, azizam.

Asli bu dunyoga kelganim savol,
Hayot yo'llarim ham jumboq,
azizam.
Baxtimni topdim, lek topmadim iqbol,
Afsusim kimgadir saboq, azizam.

Men seni sevaman avvalgidan ham,
Otashinroq hamda ko'proq, azizam.
Lek ruxim osmonga qo'l cho'zib borar,
Tanamni tortqilar tuproq, azizam.

Yer osmon talashar ruh va tanamni,
Sevgim sen-la qolar biroq, azizam.
Men seni sog'inib ko'zlarim yumdim,
Sog'inmasdan o'lmoq gunoh, azizam.

Men ketdim, sen kelding qabrim boshiga,
Qabrimdan taraldi bir oh, azizam.
Onamga to'zim-u senga tilayman
Yaratgan egamdan panoh, azizam.

✍️Jamshid Xudoyberdiyev
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 10- sinf o'quvchisi
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Gõzal_õyla_gõzal_yasha

Prezident ta'lim muassasalari agentligi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida o'tkazilgan "Go'zal o'yla, go'zal yasha" mavzusidagi tadbirdan lavhalar


Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
#Test_namunalari_4_qism
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga o‘qishga kirish istagidagi o‘quvchilar diqqatiga!

⚡️Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga qabul imtihonlarining 7-sinf BIOLOGIYA fanidan test namunalari.

👉 https://t.iss.one/piimauz/5026

📆Eslatib o’tamiz, haftaning har dushanba va shanba kunlari Agentlik tizimidagi Prezident va ixtisoslashlashtirilgan maktablarga qabul imtihonlari test namunalarini e'lon qilib boriladi.

✔️Bilimingizni biz bilan sinab ko’rin
21 февраль - Халқаро она тили куни

🔹Ҳозирги кунда сайёрамизда 6 мингдан зиёд тил мавжуд бўлиб, уларнинг 90 фоизи йўқолиб кетиш арафасида.

🔹Сайёрамизда энг кўп аҳоли сўзлашадиган тил сифатида хитой, инглиз ва испан тиллари тан олинган. Шунингдек, биринчи ўнликка ҳинди, бенгал, араб, португал, немис, рус ва япон тиллари киритилган.

🔹Африка тилларида сўзлашувчи аҳолининг 80 фоизи ўз ёзувига эга эмас.

🔹Дунёдаги мавжуд тилларнинг тенг ярми 8 мамлакат – Мексика, Индонезия, Камерун, Бразилия, Ҳиндистон, Хитой, АҚШ ва Россия ҳиссасига тўғри келади.

🔹Мутахассисларнинг сўзларига қараганда, бугунги кунда ҳар икки ҳафтада битта тил йўқолиб бормоқда. Яна 25 йилдан сўнг ҳозир муомалада бўлган тилларнинг ҳар ўнтадан биттаси сақланиб қолар экан.

🔹Олимлар айтишича, тил яшаб қолиши учун унда ҳеч йўғи 1 миллион киши сўзлашиши керак. Бироқ бундай тиллар дунёда атиги 250 та.

🔹Энг кўп тилли мамлакат сифатида Ҳиндистон тан олинади. У ердаги аҳоли 845 тил ва лаҳжада сўзлашади.

🔹Олимларнинг фикрича, инсоният тарихи давомида 9 мингдан ортиқ тил йўқ бўлиб кетган.

🔹Узоқ ўтмишда Америка минтақасида минглаб тиллар мавжуд эди. Айни дамда эса Шимолий Америка ҳиндуларининг 150 тилигина сақланиб қолган холос.

🔹Лейпциг университети ходими Бальтазар Бикеля маълум қилишича, Кавказда атиги 3-4 киши сўзлашувчи тиллар ҳам бор.

«Таълим/Образование» саҳифалари👇
Telegram | Веб сайт | Youtube
❇️Bugun 21-fevral - Xalqaro ona tili kuni!
YUNESKO tashkiloti tomonidan 21-fevral – "Xalqaro ona tili kuni” deb e’lon qilingan. Mazkur sana 2001-yildan buyon xalqaro miqyosda keng nishonlanib kelinmoqda.
Xalqaro ona tili kunining mazmun-mohiyatida har bir xalqning o‘z milliy tafakkuri, ma'naviyati, ruhiyatining o‘zagini tashkil etadigan tilga alohida muhabbatning belgisi o‘z aksini topadi. Mazkur kun ona tili bayrami sifatida nishonlanar ekan, bu bayram munosabati bilan har bir insonning o‘z Vatani va o‘z tiliga bo‘lgan muhabbati, unga bo‘lgan ehtiromi, qadrlash tuyg‘ulari yangilanadi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida ushbu kun munosabati bilan "Frontal diktant" loyihasi amalga oshirildi. Unda fan o‘qituvchilari, ma‘muriyat xodimlari va 7-8-9-10-sinf o‘quvchilari faol qatnashishdi. https://t.iss.one/Qodiriy_Abdulla
#A_level

📣📣A-level imtihonlari uchun tayyorlanayotgan talabgorlar diqqatiga!

Imtihonlarga oldingi yillardagi savollar asosida tayyorgarlik ko‘rishingiz mumkin.

❗️Quyidagi namunaviy havolalardan foydalanib, bilimlaringizni sinab ko‘ring:

✔️https://papacambridge.com/home/index.html

✔️https://papers.gceguide.com/A%20Levels/

✔️https://pastpapers.co/cie/?dir=A-Level

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#kun_nafasi

22-fevral — shoir Azim Suyun tavallud topgan kun.

🔹 Azim Suyun 1948 - yil 22-fevralda Samarqand viloyati Nurota tizma togʻlari etagida joylashgan Quduqcha qishlogʻida tugʻildi. Shoir maktabni bitirgach, Toshkent davlat universitetining Jurnalistika fakultetini tamomlagan va O’zbekiston Davlat Matbuot qo’mitasida, O’zbekiston Yozuvchilar Uyushmasida va boshqa ko’plab sohalarda faoliyat yuritgan.

🔹 Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Azim Suyun “Oʻzbekiston belgisi” nishoni sohibi. U Butunjahon shoirlari Kongressi aʼzosi. Turkiya, Koreya, Rossiya, Hindiston va boshqa davlatlarda boʻlib oʻtgan xalqaro adabiy anjumanlar qatnashchisi bo’lgan sevimli shoirimiz 2020 – yil 9-mart sanasida vafot etdi
.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
22 февраль — Азим Суюн туғилган кун

ВATAH
Ўзимни танидим, кўкларда учдим,
Момиқ булутларнинг ҳавосин ичдим —
Кўзларим тўймади, кўзлардан кечдим.
Ватан! Онт ичмайман, қасам ичмайман,
Лекин икки дунё сендан кечмайман!

Олис денгизларда суздим балиқдай,
Офатижон соҳил, юрдим холиқдай,
Денгизим йўқ гарчи, бездим, толиқдим,
Ватан! Онт ичмайман, қасам ичмайман,
Лекин икки дунё сендан кечмайман!

Мен кезмаган жаннат боғлар қолдими?
Оёғим етмаган тоғлар қолдими?
Улар жодусига жон бойландими?
Ватан! Онт ичмайман, қасам ичмайман,
Лекин икки дунё сендан кечмайман!

Айтиб бўлмас экан дунёлар сирин,
Қалбда бир япон қиз исми яширин.
Тожмаҳалда кўзёш тўкканларим чин.
Ватан! От ичмайман, қасам ичмайман,
Лекин икки дунё сендан кечмайман!

Оҳ-оҳ, айланайин бўйингдан ўзим,
Юзим ўзингдирсан, ўзингсан кўзим.
Сенга қўшиқларим кўп эрур менинг.
Ўлсам, қучоғингда ўлурман сенинг!
Ватан! Онт ичмайман, қасам ичмайман,
Лекин икки дунё сендан кечмайман!

Азим Суюн
#mashq

Baxt oʻzi nima?

Baxtiyorman deb aytishga,
Kerakmas koʻp kuch.
Qanot chiqarginda,
Burgutlardek uch.

Shunchaki, zavqlangin,
Go'zal olamdan.
Faqat, quvonch qolar
Baxtli odamdan.


Abdulla Qodiriy ijod maktabining 9-"A" sinf oʻquvchisi Abduhakimova Visola
#bizning_ijod
#tavallud_kun

***

Azizam, bahorga aylangin!
Toʻldirgin dunyoni chechakka,
Ovunay...
Ovungin ishq bilan,
Dardlar in qurmasin yurakka.

Azizam, dengizga aylangin!
Bir sohil boʻlayin sen uchun,
Togʻlar, eh, balandda qoʻyaver,
Oldinda yoʻlimiz bor uzun.

Azizam, visolga aylangin!
Ertaklar aylansin ertakka,
Alvido demasin umidlar,
Keraksan bir mitti yurakka.

Azizam, borimga aylangin...

Jamshid Xudoyberdiyev
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchisi