Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
9.28K subscribers
14.2K photos
1.54K videos
95 files
4.62K links
Download Telegram
#gõzal_õyla_gõzal_yasha

Goho rosting, goh hazil - huzuling bor,
Dunyo shunday, goh dard, goh huzuring bor,
Ey dilginam, ming to'qson qusuring bor,
Dardlar ming xil, ammo malham o'zgarmas.

O'zing o'zgarmasang, olam o'zgarmas...

16.02.2022 kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida "Go'zal o'yla, go'zal yasha!" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda Prezident ta'lim muassasalari agentligi ijod maktablari bilan ishlash bo'limi boshlig'i o'rinbosari Abbosova Gulchehra Qosimovna, Filologiya fanlari nomzodi, dotsent Shoaliyeva Nargiza Qahramonovna, Filologiya fanlari nomzodi, dotsent Nizomova Feruza Alimullayevna, mahalla va oila ilmiy tadqiqot instituti kichik ilmiy xodimi Alimov Sardorbek Komiljon o'g'li, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Madina To'xtayeva, sevimli aktyorimiz Shukrullo Sufiyev hamda o'qituvchilar va o'quvchilar ishtirok etdi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
👩‍💻Raqamli Avlod Qizlari 2022 - Ro'yxatdan o'tish boshlandi!

IT sohasiga qiziquvchi qizlar uchun ajoyib yangilik! Raqamli Avlod Qizlari loyihasining bu yilgi mavsumiga start beramiz! Loyiha davomida Dasturlash (mobil) 👩‍💻, Raqamli Dizayn (fashion) 🎨, SMM&PR, Branding 💻 va Biznes Analitika 📊 bo'yicha tajribali mentorlarimiz tomonidan professional darslar va xalqaro kompaniyalar ekspertlarining mahorat darslari tadbir ishtirokchilarini kutmoqda!

Qiziqyapsizmi? Unda, ro'yxatdan o'ting va dasturchi qizlarning eng yirik hamjamiyatiga qo'shiling! 🤩🙋‍♀

📍Tadbir manzili:
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKT maktab

Ro'yxatdan o'tish muddati:
24-fevral, 2022-yil

📝Ro'yxatdan o'tish va batafsil ma'lumot👇
ladies.digitalgeneration.uz

PS: 🎁Tadbir yakunida har bir yo'nalishning eng faol va g'olib ishtirokchilarini qimmatbaxo sovg'alar kutmoqda (noutbuk, televizor, v.h.k)
_______

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Bir_asrning_ikki_dahosi
#Mir_Alisher_Navoiy
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur

16.02.2022 kuni 10:30 da "TURON" axborot-kutubxona markazi va Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi hamkorligida Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan "Bir asrning ikki dahosi" mavzusida adabiy-badiiy tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirda navoiyshunos, boburshunos olim Akrom Malik, Yozuvchilar Uyushmasi a'zosi Davron Rajab, "TURON" axborot-kutubxona markazi direktori Dildora Abduazizova hamda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari ishtirok etdi
.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
4👍1
Бугун Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмасида Президентнинг “Оташин шоир, таржимон ва драматург Усмон Носир таваллудининг 110 йиллигини кенг нишонлаш тўғрисида”ги қарори ижросини таъминлаш бўйича йиғилиш ўтказилди. Унда тегишли ташкилотлар масъул ходимлари томонидан чора-тадбирлар дастури ишлаб чиқилди.

Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Ахборот хизмати

Web-site | Telegram | Facebook | YouTube
👍4