Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
2.36K subscribers
10.4K photos
1.32K videos
93 files
3.87K links
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi. “Bizga jadid bobolarimiz kabi g’arb ilm-fani yutuqlari bilan birga milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur” Sh.Mirziyoyev
🗳️ Online qabulxona: @aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#Vatan_himoyachilari_kuni

🤩Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi.

Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlangan tadbir: Jasorat, bilim va vatanparvarlik bayrami!

Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida “14-yanvar Vatan himoyachilari kuni
ga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi. Tadbir o'quvchilarning ishtirokidagi qiziqarli va jo'shqin konkurslar asosida tashkil etildi.

O'quvchilar guruhlarga bo'linib, turli xil qiziqarli shartlar asosida bellashdilar: savollarga javob berish, gaz niqoblarini tezlikda kiyish, tosh ko'tarish va boshqalar. Har bir shart o'quvchilarning tezkorligini, aql-idroki va jismoniy tayyorgarliklarini sinab ko'rdi.


Tashkilotchilar tomonidan sahna ko'rinishlari namoyish etildi, milliy ruhga to'la qo'shiqlar kuylandi. Tadbirda o'quvchilarning vatanparvarlik tuyg'ulari, jasorati va bilimlari namoyon bo'ldi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Telegram
Facebook Instagram 🌐
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Bolaligimdan yaxshi eslayman, 14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” oilamiz uchun muhim sana. Dadam harbiy, uzoq yillar Vatan himoyasi yoʻlida xizmat qilgan, burchiga sodiq inson. Harbiylar oilasi buni yaxshi tushunadi. Bu kasb bayram, toʻy, yigʻinlarda ham oilasi davrasida boʻla olmaydigan, muqaddas burchini bajaradigan, Vatan tinchligi yoʻlida xizmat qiladigan sharafli kasb.

Dadam biz farzandlarini yoshlikdan toʻgʻri soʻz boʻlish, Vatanni sevish, tartibli yashashga oʻrgatgan. Hozir ishdan chiqib dadamni tabriklashga shoshar ekanman shu fikrlar hayolimdan oʻtdi, negadir yozgim keldi.

Men bugun otam timsolida millionlab oʻzbek otalari, turmush oʻrtoqlari, farzandlari, Vatan va oilaning chinakam qoʻrgʻonlarini yana bir bor bayram bilan tabriklayman. Jonajon Vatanimiz barchamizniki, uni asrash, tinchligini himoya qilishga barchamiz masʼulmiz!

#Vatan_himoyasi #oila #burch

@hilola_umarova
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli Prezidentimiz olib borayotgan ochiq tashqi siyosat tufayli mamlakatimiz yoshlariga dunyoning nufuzli universitetlari eshik ochyapti. Ertadan boshlab “Yangi O‘zbekiston” universitetining bir guruh talabalari Birlashgan Arab Amirliklarining Xalifa universitetida bir semestr mobaynida o‘qishni davom ettirishadi.

Talabalar Kimyo va materialshunoslik muhandisligi, Mexanika muhandisligi va Dasturiy ta’minot muhandisligi yo‘nalishlarini tanlashgan. Yurtimizda bugun zamonaviy muhandislarga ehtiyoj katta.

Bundan 2 yil avval BAAga xizmat safarimiz davomida Xalifa universiteti bilan talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib olgan edik.

Kelajakda hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlab, ikkala universitet o‘rtasida bundan-da yirik loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

@hilola_umarova
Audio
MEN QAYTAMAN

Mansur Jumayev she'ri
Shahzoda Orifjonova o‘qidi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM