Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
9.28K subscribers
14.2K photos
1.54K videos
95 files
4.62K links
Download Telegram
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

🤩Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi.

Qodiriy ijod qilishda davom etmoqda


Qodiriylar sulolasining davomchisi Samariddin Qodiriy Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining o’quvchisi hisoblanadi.


🏆Samariddin Qodiriy - "INSON HUQUQLARI BOLALAR NIGOHIDA" respublika tanlovida faxrli o'rinni egalladi!

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi va Bola Huquqlari To'g'risidagi Konvensiyaning 35 yilligiga bag'ishlangan "INSON HUQUQLARI BOLALAR NIGOHIDA" respublika tanlovida Samariddin Qodiriy "Ota-onangga rahmat" nomli hikoyasi bilan qatnashib,  faxrli 2-o'rinni egalladi!

🎁Samariddin Qodiriy tanlov tashkilotchilari tomonidan diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi. Bu uning mehnati va ijodiy yutuqlarini e'tirof etishning ajoyib belgisidir.

📚Qodiriy izdoshi Samaridinning ijodiy qobiliyati hakamlar hay'atini hayratga soldi. Uning hikoyasi ota-onalarga bo'lgan muhabbat, hurmat va minnatdorlikni ifodalaydi.

O’quvchimizni bu g'alaba bilan chin qalbdan tabriklaymiz!
Kelajakda ijodiy parvozlar tilaymiz!


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
Telegram
Facebook Instagram 🌐
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍154❤‍🔥3🤩3💯1🏆1
#qizlar_olimpiadasi

QIZLAR OLIMPIADASINING HUDUDIY BOSQICHI

Joriy yilning 14-dekabr kuni Respublikamizning barcha hududida Agentlik tizimidagi maktablarning oʻquvchi qizlari o'rtasida matematika fani olimpiadasining hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi.


Jami 1 770 nafar qizlar ishtirok etgan mazkur olimpiada Agentlikning har bir hududga masʼul etib belgilangan vakillari tomonidan joyiga chiqqan holda kuzatib borildi.

Qolaversa, olimpiada jarayonlarini toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatib borish uchun ota-onalarga alohida sharoitlar yaratib berildi. Ular real vaqt rejimida test jarayonlarini kuzatib borishdi.

Olimpiada jarayonlaridan suratlar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🤩4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Ахborot 24 | “Zakovat” intellektual o’yini

#14dec #uzbekiston24

📍 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍85🔥3🏆2
🤩Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi.

🇺🇿Oʻquvchi-yoshlarni vatanparvarlik, shu jumladan harbiy-vatanparvarlik, yuksak ma'naviy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularning ongiga tinchlik va totuvlikni koʻz qorachigʻidek asrab-avaylash zarurligini chuqur singdirish maqsadida mamlakatimizda harbiy hamda sport musobaqalari tashkil etilib kelinmoqda.

 
↖️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining “Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” boʻyicha direktor oʻrinbosari Behzod Xalilov hamda shu maktabning psixologi Leyla Tagiyevalarning tashabbusi bilan 10-11-sinf oʻquvchilar ishtirokida  “Turon yoʻlbarslari” nomli harbiy musobaqaga tayyorgarlikning navbatdagi bosqichi Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, “Oʻq otish  tayyorgarligi“ kafedrasi mudiri podpolkovnik Raxmonov Farrux Erkinovich hamrohligida Universitet Multimediya tirlari majmuasida oʻtkazildi.

✔️Ushbu tayyorgarlik “Kalashnikov” qurolini sochish va yigʻish mashqlariga bagʻishlandi. Dastavval “Oʻq otish tayyorgarligi“ kafedrasi mudiri bugungi kunda quroldan foydalanishning ahamiyati, “Kalashnikov” qurolining yaratilish tarixi  haqida aytib berdi.

Shundan soʻng kapitan Mirzaaliev Nursulton oʻquvchilarga tir maydonida  quroldan otish, qurolni sochish va yigʻishni koʻrsatib, oʻquvchilar bilan mashqlar olib bordi. Ushbu  musobaqaga tayyorgarlik koʻrish bosqichida oʻquvchilar oʻq otish, qurolni sochish va yigʻish bo’yicha sinov topshrishdi. Sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan oʻquvchi-qizlar hay'at tarkibi tomonidan keyingi bosqichga tavsiya etildi.

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
Telegram
Facebook Instagram 🌐
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥12👍5🤩4👏32❤‍🔥2💯1🏆1🤝1