Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.77K subscribers
9.72K photos
1.28K videos
92 files
3.71K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#bizning_shunday_oquvchimiz_bor

🏫Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi.

📚Turkiyaning Baygenç Yayıncılık nashriyoti tomonidan e'lon qilingan "Sesın" nomli antologiyasidan ijod maktabimizning o'quvchisi Eshonqulova Marjonaning ham ijodiy ishlari o'rin oldi.

🎇O'quvchimizni ushbu yutuq bilan chin dildan tabriklab, keyingi ishlarida omad tilab qolamiz.

🌐Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:
Telegram
Facebook
Instagram
Forwarded from Jadid.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Bugun Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining o‘rinbosari Dmitriy Chernishenko bilan uchrashuv o‘tkazdik.

O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashib, ijtimoiy sohaga hamda davlatlarimiz rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlarni samarali amalga oshirishga alohida e’tibor qaratdik.

Ta’lim sohasidagi unumli sheriklik natijalari, xususan, yaqin kelajakda Rossiyaning yana bir oliy ta’lim muassasasi – Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiali ochilishi mamnuniyat bilan qayd etildi.

_

Сегодня состоялась встреча с заместителем Председателя Правительства Российской Федерации Дмитрием Чернышенко.

Мы обменялись мнениями по актуальным аспектам развития узбекско-российского сотрудничества, уделив особое внимание социальной сфере и эффективной реализации договорённостей, достигнутых по итогам встреч глав наших государств.

С удовлетворением отметили результаты плодотворного взаимодействия в области образования, в частности открытие в ближайшем будущем филиала очередного российского вуза — Московского государственного технического университета имени Баумана.
#hududlardan_xabarlar

 ⏺️Jizzax shahridagi Prezident maktabida madaniyat festivali
o‘tkazildi.

⏺️Andijon shahridagi Prezident maktabida “Internatilonal day” ko‘rgazmasi
tashkil etildi.

⏺️Buxoro shahridagi Prezident maktabida "Quvnoq startlar" sport musobaqasi
o‘tkazildi.

⏺️Nurafshon shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari
Jahongirbek Abdualimov, Sevara Baxtiyorova hamda Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Xurshid Tuyg‘unov xalqaro IELTS imtihonidan 8 ballni qo‘lga kiritdi.

⏺️Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Farg‘ona viloyat o‘lkashunoslik muzeyi faoliyati bilan
yaqindan tanishdi.

⏺️Guliston shahridagi Prezident maktabida “Fun-Fair-Festival"
bo‘lib o‘tdi.

⏺️Xiva shahridagi Prezident maktabida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda tabiiy ofatlarda harakatlanish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar
tashkil etildi.

⏺️Samarqand shahridagi Prezident maktabida "Korrupsiya-adolat kushandasi" mavzusida insholar tanlovi
bo‘lib o‘tdi.

⏺️Qarshi shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Nilufar  Sevarova xalqaro SAT imtihonidan yuqori natijani qo‘lga kiritdi.

⏺️Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari “Zayed barqarorlik mukofoti”ning final bosqichiga
yo‘llanma oldi.

⏺️Namangan shahridagi Prezident maktabida Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda kamondan o‘q otish bo‘yicha musobaqa
tashkil etildi.

⏺️Nukus shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi Aydostin Kitaybekov "Uzbekistan Climate Box Youth Contest 2024" tanlovida  
g‘olib bo‘ldi.

⏺️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida “O‘tkan kunlar” va “ Mehrobdan chayon” romanlarining arab tiliga qilingan tarjimalari taqdimoti
bo‘lib o‘tdi.

⏺️Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi tomonidan “Ardaqlayman ana tilimdi” nomli tanlov
e’lon qilindi.

⏺️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Inson huquqlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyati mintaqaviy vakillari ishtirokida davra suhbati
o‘tkazildi.

⏺️Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasi
tashkil etildi.

⏺️Is’hoqxon Ibrat va Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktablari, Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi.

⏺️Ogahiy nomidagi ijod maktabi tomonidan Urganch davlat universiteti bilan hamkorlikda "Kitobxon o‘quvchi" ko‘rik-tanlovi
tashkil etildi.

⏺️Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi oʻquvchisining ijod namunalari xalqaro antologiyada
chop etildi.

⏺️Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Farmatsevtika texnik universiteti vakillari bilan uchrashuv
bo‘lib o‘tdi.

⏺️Sherobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida  targ‘ibot tadbiri
tashkil etildi.

⏺️Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ekspertlar ishtirokida moliyaviy savodxonlik mavzusiga bag‘ishlangan amaliy trening
o‘tkazildi.

⏺️Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilari “IT PARK” Jizzax filiali faoliyati
bilan tanishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#bizning_shunday_oquvchimiz_bor

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etish boʼyicha takliflarni qoʼllab -quvvatlash toʼgʼrisida”gi qarorga asosan tuman "Oila va xotin-qizlar" boʼlimi, "Ma'naviyat va ma'rifat" markazi tuman bo'limi, tuman Maktabgacha va maktab ta'lim bo'limi tomonidan “Zulfiyaxonim qizlari” koʼrik-tanlovning tuman bosqichi oʼtkazildi. Unda jami 20 nafar nomzodlar 7 yoʼnalish boʼyicha ishtirok etdilar.

Tadbir yakunida ishtirok etgan nomzod qizlar "Ma'naviyat va ma'rifat" markazi Uchtepa tuman bo'limining esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandi. Adabiyot yoʻnalishi boʻyicha Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchisi Orifjonova Shahzoda Dilshod qizi shahar bosqichiga yoʻllanmani qo'lga kiritdi

🌐Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:
Telegram
Facebook
Instagram
#Live

🔴Ayni vaqtda poytaxtimizdagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 2023-2024-oʻquv yili davomida xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar va ularning ustozlarini taqdirlash marosimi boshlandi.

Tadbirda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova, olimpiada gʻoliblari, ularning ota-onalari va oʻqituvchilari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Toshkentdan gapiramiz...
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#10fakt

Jahon tarixidagi eng qudratli va yirik imperiyalardan biriga asos solgan, o‘zi ishtirok etgan janglardan birontasida mag‘lub bo‘lmagan, 27 davlat hududini zabt etgan buyuk bobokalonimiz Amir Temur haqida 10 ta fakt bilan tanishing!

Aziz yoshlar, sun’iy intellekt yordamida yaratilayotgan mazkur loyiha orqali siz yana kimlar haqida ma’lumot olishni xohlar edingiz?


Abu Nasr Farobiy, Xoja Bahouddin Naqshband, Mahmud Zamaxshariy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug’bek , Najmiddin Kubro , Muhammad al-Xorazmiy , Husayn Boyqaro, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Al-Farg‘oniy

👉Kanalimizga ulaning va doʻstlaringizga ulashing:
👉https://t.iss.one/RMMMTSHB
#psixologik_trening

🏫Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi.

📌Dunyodagi insonlar temperamentiga ko‘ra 4 xil turga bo‘linadi. Siz ulardan qay biriga mansubligingizni bilasizmi?
📌 Fe’l-atvoringizning eng nozik qirralarini-chi?

🖊Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi psixologi L. Tagiyeva tomonidan “Shaxsning individual psixologik xususiyatlari” mavzusida psixologik trening o`tkazildi.

🖊Trening-mashg’ulotining birinchi qismi TEMPERAMENTNI ANIQLASHga bag’ishlandi va o`qituvchilar maxsus test asosida individual xususiyatlarini aniqlab oldilar. Mashg`ulotning ikkinchi- “RЕLAKSATSIYA” deb nomlangan qismida esa mayin va yoqimli musiqa sadolari ostida relaksatsion matn o‘qib eshittirildi.
Qiziqarli o`tgan trening mashg‘uloti oxirida kayfiyatni yanada ko’tarish maqsadida o’qituvchilar birgalikda qo’shiq kuyladilar.

📸Trening mashg`ulotidan lavhalar.

🌐Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:
Telegram Facebook Instagram
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jadidlar_izidan
#Respublika_tanlovi

✔️ “Jadidlar izidan” respublika tanlovining hududiy bosqichlari o‘tadigan sanalar maʼlum bo‘ldi!

🟢 Ilk marotaba o‘tkazilayotgan tanlovda 364 906 nafar o‘quvchilar ishtirok etish istagini bildirdi. Sektor, tuman-shahar bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 416 nafar ishtirokchi hududiy bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

12-noyabr Namangan viloyatidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida;
14-noyabr Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 26-umumta’lim maktabi hamda Farg‘ona viloyatidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktablarida;
16-noyabr Andijon viloyatidagi Muhammad Yusuf hamda Qashqadaryo viloyatidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktablarida;
18-noyabr Jizzax viloyatidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi hamda Samarqand shahridagi Mahmudxo‘ja Behbudiy uy muzeyida;
19-noyabr Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 22-umumta’lim maktabi hamda Sirdaryo viloyatidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida;
20-noyabr Buxoro viloyatidagi Fayzulla Xo‘jayev uy muzeyida;
21-noyabr kuni Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida;
22-noyabr Toshkent viloyati “Turon” axborot-kutubxona markazida hamda Xorazm viloyatidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabida;
23-noyabr Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida hududiy bosqichlar bo‘lib o‘tadi.

❗️Eslatib o‘tamiz, respublika bosqichi yakunlariga ko‘ra har bir sinf toifasi bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan 7 nafardan jami 14 nafar ishtirokchilar xorijiy davlatga ta’lim sayohatiga yuboriladi.

Batafsil ma’lumotlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida berib boriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from GENERALISSIMUS
Энди чақириққача бошланғич тайёргарлик ўқитувчиси штати Мудофаа вазирлигига ўтади. Энди бу вазифага Қуролли Кучлар захирасидаги ҳарбийлар ишга қабул қилинади.

Мазкур фан бўйича янги ўқув дастури ва дарсликлар яратилади. Ҳар бир туман ва шаҳарда биттадан мактаб негизида “Жасорат мактаби” фаолияти йўлга қўйилади.

@generalissimo_marshal
#oktabr_oyi_dayjest

📌 Ijod maktabida Abdulla Qodiriy otilgan kun munosabati bilan xotira kechasi o'tkazildi.

📌O'quvchilarning bo'sh paytini mazmunli o'tkazish hamda sport musobaqalarini yanada ommalashtirish maqsadida tashkil qilingan "Quvnoq estafeta" sport musobaqalarining navbatdagi turniri bo'lib o'tdi.

📌 Shaxmat ixlosmandlarini o'z atrofida yig'a olgan "Shaxmat akademiyasi" ning musobaqalari o'tkazildi.

📌O'quvchilarni yo'l harakati qoidalari bilan yanada chuqurroq tanishtirish maqsadida yo'l patrul xizmati vakillari bilan " Yo'l qoidasi - umr foydasi" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

📌O'zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A'zam ishtirokida yozuvchining "Gonoluluga elchi" nomli yangi kitobi taqdimodi bo'lib o'tdi.

📌"Eco-School Uzbekistan" loyihasi bo'yicha qator tadbirlar amalga oshirildi.

📌She'rga oshno qalblarni birlashtira olgan "Mushoira" bellashuvining ilk musobaqasi bo'lib o'tdi.

📌Chet ellik tadbirkor, Dubaydagi “Camfil” kompaniyasi bosh mutaxassisi Nodir Rasulov bilan davra suhbati o'tkazildi.

📌"Yoshlar-halollik tarafdori" 10 kunlik tadbirlar doirasida qator ishlar amalga oshirildi.

📌O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan "Ona tilim qalbim quyoshi" nomli ma'naviy- ma'rifiy bayram dasturi bo'lib o'tdi.

📌O'quvchilarning ilmiy salohiyatini yanada oshirish, ularni zamonaviy bilimlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida professor o'qituvchi Uzoq Jo'raqulov bilan "Mahorat darslari" tashkil etildi.

📌 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi, Yozuvchilar uyushmasi hamda qator tashkilotlar hamkorligida “O‘zbek-Arab adabiy aloqalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o'tkazildi.

🌐Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:
Telegram
Facebook
Instagram
#hududlardan_xabarlar

⏺️
Qarshi, Guliston shahridagi Prezident maktablari, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi pedagog-xodimlari 11- noyabr – Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan tashkil etilgan sport, intellektual musobaqalarda ishtirok etdi.

⏺️Xiva shahridagi Prezident maktabida ilmiy yoʻnalishdagi ”Vertex CC” oʻquvchilar jamoasiga
asos solindi.

⏺️Fargʻona shahridagi Prezident maktabining xorijiy va mahalliy oʻqituvchilari oʻz malaka va tajribalarini Rishton tumanidagi oʻqituvchilar bilan
oʻrtoqlashdi.

⏺️
Toshkent, Termiz, Andijon shahridagi Prezident maktablari, Ogahiy, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktablarida psixologik-treninglar oʻtkazildi.

⏺️Buxoro shahridagi Prezident maktabida “Tabiat – umumiy uyimiz” shiori ostida eko-harakat
amalga oshirildi.

⏺️Nurafshon shahridagi Prezident maktabida "Yuqori sifatli oʻqitish va oʻrganish" mavzusida seminar-trening
boʻlib oʻtdi.

⏺️Guliston shahridagi Prezident maktabining 10- sinf oʻquvchisi Jamoliddin Toirov xalqaro IELTS imtihonidan 8 ballga
ega boʻldi.

⏺️
Navoiy, Namangan shahridagi Prezident maktablarida pedagoglarning kasbiy rivojlanishiga qaratilgan treninglar oʻtkazildi.

⏺️Is'hoqxon Ibrat nomli ijod maktabida joriy oʻquv yilning 1-chorak natijalari ota-onalar ishtirokida
tahlil qilindi.

⏺️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga bir guruh taniqli shoir va adiblar, maʼrifat targʻibotchilari
tashrif buyurdi.

⏺️Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi
Samarqand filiali , Guliston shahar 1-son Ixtisoslashtirilgan maktab-internati tomonidan hududlardagi fizika, kimyo hamda biologiya fanlari oʻqituvchilari uchun seminar-treninglar tashkil etildi.

⏺️Urganch shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Metodik marafon”
tashkil etildi.

⏺️Xoʻjayli tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari OʻzFA akademigi Saidahror Gʻulomov bilan
uchrashdi.

⏺️Bugun Mingbuloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Zilzila natijasida yongʻin va portlash yuzaga kelgan obyekt rahbariyati va qutqaruv tuzilmalarining harakati" mavzusida maxsus-taktik oʻquv mashqi
oʻtkazildi.

⏺️Buxoro tuman ixtisoslashtirilgan maktabining bir guruh oʻquvchilari “Japan Education Fair Bukhara-2024” ta’lim koʻrgazmasida
ishtirok etdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#DIQQAT_TAYINLOV


Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktorining 2024-yilning 13-noyabrdagi № 185-N buyrug'iga asosan Imamxodjayeva Aziza Anvarovna agentlik tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori lavozimiga tayinlandi.
Aziza Anvarovna Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori lavozimiga tayinlangunga qadar Shayxontohur tumani 186-sonli umumiy oʼrta taʼlim maktabning direktori lavozimida faoliyat yuritgan.