Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.77K subscribers
9.83K photos
1.28K videos
92 files
3.75K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#mahorat_darsi

🏫Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi.

PQ-147-sonli qarorga asosan 25-oktabr kuni Abdulla Qodiriy ijod maktabida adabiyotshunos olim, tarjimon, filologiya fanlari doktori, professor Uzoq Jo'raqulov ishtirokida "She'riyatda shaklning o'ziga xosligi" mavzusi bo'yicha "Mahorat darsi" o'tkazilishi haqida x
abar bergan edik.
Bugun maktabda ushbu mahorat darsi ko`tarinki kayfiyatda o`tkazildi. Uchrashuvda o`quvchilar o`zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.

🌐Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:
Telegram
Facebook
Instagram
#besh_tashabbus

🏫Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

Ijod maktabida tashkil etilgan "Shaxmat akademiyasi" an'anaviy tarzda doimiy musobaqalar o'tkazib kelmoqda.
Shunday musobaqalarning navbatdagi o'yini Jismoniy tarbiya o'qituvchisi Nargiza Yo'ldoshevna rahbarligida o'tkazildi va o'quvchilar kuchlarini sinab ko'rdilar. Qizg`in va murosasiz kechgan bahslarda quyidagi o'quvchilar peshqadamlikni qo`ldan bermadilar:

⚡️Orifjonov Javohir
⚡️Abdumalikova Mumtozbegim
⚡️Burhonov Shohinur
⚡️Aralova Zarina
⚡️Hasanov Nurmuhammad
⚡️Botirova Zebo
⚡️Qodiriy Samariddin
⚡️Abdusattorov Baxtiyor
⚡️Azizova Madina
⚡️Muzaffarov Akbarjon
⚡️Yoqubboyeva Feruzabonu

Bunday musobaqalar o'quvchilarga shaxmat sirlarini o'rgatish bilan bir qatorda ularning bo'sh vaqtini unumli o'tkazishda ham o'z hissasini qo'shmoqda va sog`lom raqobatni shakllantirmoqda.

🌐İjod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:
Telegram
Facebook
Instagram
#kitob_taqdimoti

2024-yil 23-aprel kuni O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasida Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanining ilk arab tilidagi tarjimasiga oid taqdimot bo‘lib o‘tgan edi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi 
xabar qilgan edi.
Qayd etilishicha, asar taniqli tarjimonlar Ayn-Shams va Luksor universiteti professori Muhammad al-Jibali tomonidan “O‘tkan kunlar: Turkistondagi achchiq sevgi qissasi” nomi bilan arab tiliga o‘girildi. Tarjimada asarning eski o‘zbek yozuvidagi ilk nusxasidan hamda rus va ingliz tillaridagi tarjimalaridan foydalanilgan. Kitob taqdimoti Abdulla Qodiriy tavalludining 130 yilligini nishonlash doirasida o‘tkazildi.
Uni arab tilida o‘qishni istaganlar Toshkentdagi Abdulla Qodiriy uy-muzeyiga yoki Misrdagi elchixonaga murojaat qilishi mumkinligi ham maqolada aytib o'tilgan edi.

Chop etilgan kitob muqovasida Abdulla Qodiriy avlodlari tavsiyasiga ko‘ra, romanning 1925-yildagi ilk nashrining suratidan foydalanilgan. Kitob qattiq muqovada va sarg‘ish rangli silliq qog‘ozda chop etilgan. Mintaqadagi eng yirik “Dor ul-Maorif” nashriyotida 1000 nusxada chop etilgan , kitobni Misrdagi barcha yirik kutubxonalar va universitetlar, ta’lim va madaniyat muassasalari, davlat idoralari, Qohiradagi diplomatik korpus o‘rtasida tarqatish rejalashtirilgan. Boshqa arab davlatlarida ham mazkur roman tarjimasini qayta chop etish nazarda tutilmoqda.

Misrdagi elchixona ma’lumotiga ko‘ra, “O‘tkan kunlar” romanining arab tiliga tarjima qilishda Saudiya Arabistonida istiqomat qilayotgan o‘zbekistonlik Said Mahmud Kosoniy, doktor Murtazo Saydumarov, shayx Husaynxon Yahyo Abdumajidov, Misr-O‘zbekiston do‘stlik jamiyati raisi, professor Magdi Za’bal, tarjimon Feruza Galiyeva hamda o‘zbek tili bo‘yicha mutaxassislar Rahma Ibrahim, Habiba Mehmet Ali va boshqalar yordam bergan.

Kitob O‘zbekistondagi yirik kutubxonalar va universitetlarga ham taqdim etiladi, shuningdek, bepul onlayn platformalarga joylashtiriladi, deyiladi xabarda.

🌐İjod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:
Telegram
Facebook
Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#live
Ayni vaqtda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida O’zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi , Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi, Diplomat Universiteti va Saudiya Arabistoni Axborot va arab- rus tadqiqotlari markazi bilan hamkorlikda o’tkazilayotgan “O’zbek- Arab adabiy aloqalari” xalqaro ilmiy- amaliy anjumani bo’lib o’tmoqda.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#live

📹Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanini arab tiliga tarjima qilgan Said Mahmud Said Mubashshir ma’ruzasi
#ilmiy_anjuman

🏫Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

📌”Moziyga qarab ish ko’rmoq xayrlidir”
(Abdulla Qodiriy)
Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida ilmiy- amaliy anjuman bo’lib o’tdi. Anjumanda buyuk jadid namoyandasi, o’zbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar” va “ Mehrobdan chayon” romanlarining arab tiliga qilingan tarjimalari taqdimoti o’tkazildi.
Anjumanga tashrif buyurgan mehmonlar o’z ma’ruzalarida bu ikki buyuk asarni navbatdagi xorijiy tilga qilingan tarjimasi bilan butun adabiyot ahlini qutlashdi va bu tarjima orqali endi arab o’quvchilari ham o’z ona tillarida o’zbek xalqining turmush tarzi, urf-odatlari, milliyligi bilan tanishishlari mumkinligini e’tirof etishdi.
🌐İjod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:
Telegram
Facebook
Instagram
📹Jarayondan fotolavhalar

🌐İjod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:
Telegram
Facebook
Instagram
#shartnoma

📌Shuningdek, ushbu ilmiy- amaliy anjumanda Saudiya elektron Universiteti va Diplomat Universiteti o’rtasida xizmatlar shartnomasi ham imzolandi.
📌Bu hamkorlikdan ko’zlangan maqsad ikki davlat do’stligini mustahkamlash, ilmiy, ijodiy aloqalarni yo’lga qo’yish, ikki millat adabiy durdonalarini o’quvchilarga yetkazishdan iborat ekanligi mas’ul shaxslar tomonidan alohida qayd etildi.


🌐İjod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:
Telegram
Facebook