Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.78K subscribers
9.83K photos
1.29K videos
92 files
3.75K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#psixologik trening

🏫Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi.
⚡️⚡️⚡️Maktabimiz psixologi L. Tagiyeva tomonidan " Halollik va axloqning kasb tanlashdagi ahamiyati" mavzusida 9-sinf o'quvchilar orasida psixologik trening tashkil qilindi. Suhbat davomida o'quvchilarga halollikning kasb tanlashdagi ahamiyati, kasb turlari, axloqiy normalar, davlat mulkidan halollik bilan foydalanish haqida ma'lumotlar taqdimot orqali tushuntirib berildi. Davra qatnashchilari bilan trening-savolnoma va trening-testlar o'tkazildi.
Bunday psixologik treninglar o'quvchilarning kasb tanlashlariga to'g'ri yo'l-yo'riq ko'rsatish bilan bir qatorda ularning iqtidorlarini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
🩺Shuningdek, maktab hamshirasi M.Qahhorova o'quvchilarga "Gripp va yuqumli kasalliklarga qarshi kurash" mavzusida ularning sog'liklariga doir ko'rsatmalar berdi.

🌐Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:
Telegram
Facebook
Instagram
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
Photo
📌Tadbir yakunida Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi jamoasi hamda maktabning ijodkor o'quvchilari faol qatnashganligi uchun "Turon" axborot-kutubxona markazi ma'muriyati tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovģalari bilan taqdirlanishdi.

🌐Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:
Telegram
Facebook
Instagram
Forwarded from Hilola Umarova
Davlatimiz rahbari 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan oʻqituvchi va murabbiylar bilan muloqot qilgan edi.

Muloqotda Prezidentimiz “Yil oʻqituvchisi” tanlovi oʻtkazilib, 208 ta tuman va shahardan gʻolib boʻlgan oʻqituvchilarga sovgʻa sifatida uy-joy berilishini eʼlon qilgan va bu xabarni soha xodimlari katta xursandchilik bilan kutib olgan edi. Oldimizda ushbu tanlovni shaffof, adolatli oʻtkazish vazifasi turibdi. Shu sabab bizga jamoatchilik, ayniqsa hurmatli pedagoglarimiz fikr, takliflarini eshitish muhim.

Tanlov qanday boʻlishi kerak, adolatli boʻlishi uchun qanday jihatlarga eʼtibor berish kerak, ishtirokchilar qaysi mezonlar asosida baholanishi lozim? Takliflaringizni @uzedu_vazirbot manziliga yuboring.

Biz uchun har bir fikr, taklif qadrli.

@hilola_umarova
#xalqaro_hamkorlik
#incheon_ta'lim_festivali
#sayohat

🏫Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining 21.05.2024-yil kungi №56-AF sonli buyrug‘iga asosan o‘quvchilar o‘rtasida “Incheon ta’lim festivali” joriy yilning 6-8-iyun kunlari bo‘lib o‘tgan edi va ushbu tanlovda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar Koreya Respublikasiga sayohat va bilim almashish bo‘yicha safar yo‘llanmasi bilan taqdirlangandilar.

Tanlov g'oliblari orasida Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchisi Hoshimjonova Gulruxsor ham o'rin olgan bo'lib, joriy yilning 21-oktabr kuni Koreya Respublikasiga uchib ketdi. Ayni paytda o'quvchimiz boshqa g'olib o'quvchilar jamoasi bilan
Koreyaning diqqatga sazovor joylariga sayohat qilmoqda hamda bilim almashish maqsadida turli o'quv treninglariga qatnashmoqda.

🌐Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:
Telegram
Facebook
Instagram
#mahorat_darsi

🏫Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi.
PQ-147-sonli qarorga asosan 25-oktabr kuni Abdulla Qodiriy ijod maktabida adabiyotshunos olim, tarjimon, filologiya fanlari doktori, professor Uzoq Jo'raqulov ishtirokida "She'riyatda shaklning o'ziga xosligi" mavzusi bo'yicha "Mahorat darsi" o'tkaziladi.
Maktabimizning barcha she'r ixlosmandlari va yosh ijodkorlarini ushbu uchrashuvda kutib qolamiz

🌐Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:
Telegram
Facebook
Instagram