Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
9.24K subscribers
14.3K photos
1.55K videos
95 files
4.66K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov
#ixtirochilikka_qadam
#10_oktabr_20_oktabr

📣📣📣📣📣

⚙️ "IXTIROCHILIKKA QADAM" RESPUBLIKA TANLOVI

🗣"Ixtirochilikka qadam" respublika tanlovi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar, davlat va nodavlat umumta’lim maktablarining 5-, 6-, 7-, 8-, 9-, 10-,11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.

Tanlov 4 bosqichda tashkil etiladi:
Maktab bosqichi – oʻquv yilining 1-choragida;
Tuman (shahar) bosqichi – oʻquv yilining 2-choragida;
Viloyat bosqichi – oʻquv yilining 3-choragida;
Respublika bosqichi – oʻquv yilining 4-choragida boʻlib oʻtadi.

❗️Tanlov davomida o‘quvchilar ta’lim, axborot texnologiyalari, yashil energiya, ekologiya, iqlim o‘zgarishi va qishloq xo‘jaligi kabi yo‘nalishlarda yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratishlari talab etiladi.


🟢Tanlovda individual yoki jamoa sifatida ishtirok etish mumkin. Bunda jamoa a’zolarining soni 3 nafardan oshmasligi kerak.

📆 Tanlovda qatnashish uchun joriy yilning 10-oktabridan 20-oktabriga qadar ixtirochi.piima.uz onlayn platformasida roʻyxatdan oʻtish lozim.

📞 Telefon: +998 (71) 207-20-17 ichki raqamlar 171, 172, 173, 174.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, “Yangi Oʻzbekiston” universiteti va boshqa hamkorlar bilan birgalikda Markaziy Osiyo universitetlar forumi oʻtkaziladi.

Joriy yilning 16-oktabr kuni oʻtkaziladigan ushbu yirik xalqaro tadbirda xorijdan 200 ga yaqin ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.

MIT va Kembrij kabi nufuzli oliygohlar vakillari qatnashadigan mazkur forumdan koʻzlangan maqsad Markaziy Osiyoda, xususan yurtimizda oliy taʼlim tizimiga dunyo tajribasini olib kirish hamda zamonaviy taʼlim islohotlarini muhokama qilishdan iborat.

Forum doirasida 12-oktabr kuni italiyalik olim, hisoblash fizikasining dunyoga mashhur arbobi va qora tuynuklarning birinchi tasvirlarini yaratuvchilaridan biri boʻlgan Luciano Rezzollaning ochiq maʼruzasini tashkil etadi.

Shuningdek, 15-oktabr kuni dunyoning yetakchi oliygohlaridan biri Massachusetts texnologiya instituti akademik rivojlanish boʻyicha kansleri professor Erik Grimson bilan ochiq muloqot tashkil etiladi.

Maʼruza mavzusi juda dolzarb: “Kelajakka tayyorgarlik: barcha jabhada sunʼiy intellekt”.

Muloqotda yurtimizning barcha taʼlim muassasalari vakillari ishtirok etishlari va qimmatli tajribaga ega boʻlishlari mumkin.

Forum oldi tadbirlaridan yana biri zamonamizning eng nufuzli iqtisodchilaridan biri, monopoliyalarni tartibga solgani uchun Nobel mukofoti sovrindori Jan Tirol bilan tashkil etiladigan maʼruza.

Fransiyalik olim Jan Tirol tomonidan 14-oktabr kuni ochiq maʼruza tashkil etiladi.

Ochiq maʼruzada olim shaxsiy manfaatlar va ijtimoiy farovonlik oʻrtasidagi muvozanatni tushuntirib, xalq farovonligiga erishish boʻyicha oʻz izlanishlari haqida maʼlumot beradi.

Jan Tirol 2014-yil monopoliyalarni boshqarish va bozorni tartibga solish sohalaridagi dolzarb muammolarga eng yaxshi yechimlarni ilgari surgani uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.

Ilm-taʼlimga befarq boʻlmagan yurtdoshlar, soha vakillari forum jarayonlarini, albatta, kuzatib boring.

@hilola_umarova
11
🏫Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi.

Til - o'zagimizning, o'zligimizning, o'ziga bekligimizning bosh belgisidir.
(To'ra Sulaymon)


🇺🇿🇺🇿🇺🇿Har bir millat o'z tilida so'zlamas, o'z tilida fikr yurita olmas ekan, uning millati ham o'zligi ham bo'lmaydi. 21- oktabr o'zbek xalqiga o'zligi qaytarilgan ulug' sana-O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan tarixiy kun.
Shu kun munosabati bilan Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'qituvchilari o'rtasida
" Til- ma'naviyat ko'zgusi" mavzusida diktantlar tanlovi o'tkazilmoqda. Tanlovda maktab rahbariyati va o`qituvchilar ishtirok etishdi .


📷Ushbu jarayondan fotolavhalar.

🌐Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:
Telegram
Facebook
Instagram
👍14🏆6👏21
#yangi_baholash_tizimi

⚡️MEZONLARGA ASOSLANGAN YANGICHA BAHOLASH TIZIMI

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimdagi maktablarga yangi baholash boʻyicha biriktirilgan umumtaʼlim maktablarining rahbarlari va masʼul ustozlari uchun "Mezonlarga asoslangan yangicha baholash tizimi" mavzusida seminar-treninglar tashkil etilmoqda.

📍Hududlarda boʻlib oʻtayotgan seminar-trening jarayonlaridan suratlar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8👏2
#xalqaro_hamkorlik
#CIS

⚡️ XALQARO MAKTABLAR KENGASHIGA AʼZOLIK UCHUN MUHIM QADAM

🤩 Agentligimiz tizimidagi Xiva shahridagi Prezident maktabi Xalqaro maktablar kengashi (CIS) ga aʼzolik uchun 1-, 2-bosqich tayyorgarliklardan muvaffaqiyatli o‘tgan bo‘lib, jarayonning soʻnggi bosqichi (3-bosqich) boshlandi.

Shu kunlarda CIS vakillari mazkur taʼlim muassasamizda bir haftalik tashrif bilan boʻlib, bu yerda oʻquvchilarga yaratilgan teng sharoitlar, taʼlim jarayonining sifatli tashkil etilgani, taʼlim muassasasi faoliyatining ochiq va shaffofligi, oʻquvchilar xavfsizligi, maktab binosining xavfsizlik talablariga javob berishi kabi jihatlarni oʻrganmoqda.

Maʼlumot oʻrnida, Xalqaro maktablar kengashi a’zosi bo‘lish ta’lim muassasasining xalqaro darajada tan olinganini bildiradi. Ushbu maktablarda o‘qiydigan o‘quvchilarning chet eldagi nufuzli universitetlarda to‘liq grant yutish imkoniyati oshadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10👏2