Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
9.21K subscribers
13.3K photos
1.47K videos
95 files
4.4K links
Download Telegram
#quvnoq_estafeta

๐ŸซIxtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi.

โ›นโ€โ™€Bugun maktabimizda "Quvnoq estafeta" o'yinlarining navbatdagi musobaqasi bo'lib o'tdi.

๐Ÿฅ‡Musobaqada qizlardan tarkib topgan 8-"A" sinfning "Liderlar" hamda 8-"B" sinfning "Uchqun" jamoalari o'zaro bellashdi. Qizg'in va murosasiz o'tgan bahslar natijasida "Uchqun" jamoasi 10:11 hisobda g'oliblikni qo'lga kiritdi.

โœ…Bunday sport musobaqalari yoshlarning bo'sh paytini mazmunli o'tkazish bilan bir qatorda ularda jamoa bilan ishlash ko'nikmasini shakllantirish hamda sog'lom turmush tarziga rioya qilishda ham o'z hissasini qo'shadi.

๐ŸŒIjod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:
Telegram
Facebook
Instagram
๐Ÿ“œ1938-yil 4-oktabr.
Vatanimiz tarixida o'zining qonli izini qoldirdi. Yurtimiz Mustaqilligini qaytarish yo'lida harakat qilgan jadidlarimiz: Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon kabi adabiyot ustunlari quruq tuhmatlar asosida "xalq dushmani" deya atalib, jismonan yo'q qilindi, yorqin faoliyati so'ndirildi.

๐ŸŒIjod makatbining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:
Telegram
Facebook
Instagram
#xushxabar
#bizning_shunday_o`quvchimiz_bor

๐ŸซIxtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi.

๐Ÿ’ฅMaktabimizning 11-sinf o'quvchisi Mamanabiyeva Gulsanam xalqaro darajadagi IELTSdan Overall 7 ball qo'lga kiritdi.

O'quvchimizni bunday yuqori natijasi bilan tabriklaymiz. Ota-onasiga va ustozlariga rahmat!
Keyingi maqsadlaringda ham omad yor bo'lishini tilab qolamiz, Gulsanam!

๐ŸŒIjod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:
Telegram
Facebook
Instagram
#ma'naviyat_soati

๐ŸซIxtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi.

"O'zbek tili kambag`al emas, balki o'zbek tilini kambag`al deguvchilarning o'zi kambag`al. Ular o'z nodonliklarini o'zbek tiliga to'nkamasinlar".
(Abdulla Qodiriy)


๐Ÿ”ฐAbdulla Qodiriy xotirasiga hurmat bajo keltirilib, haykali poyiga gul qo`yildi va shundan so`ng uning xotirasiga bag'ishlangan tadbir dasturi o'tkazildi.

๐Ÿ”ฐTadbirdan Abdulla Qodiriyning ijodiy faoliyati va asarlarining bugungi kundagi ahamiyatiga oid chiqishlar, sahna ko'rinishlari joy oldi.

๐ŸŒIjod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:
Telegram
Facebook
Instagram
"Drama" to'garagi a'zolari tomonidan tayyorlangan sahna ko'rinishi.
Sahna ko'rinishida o'quvchilar qatag'on siyosati tufayli nohaq otilgan Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat hamda Cho'lpon kabi ijodkorlarning so'roq qilinish jarayonini olib chiqishgan.
Shuningdek, ushbu chiqish davomida o'sha paytdagi "millatchi" "xalq dushmani" degan ayblovlar naqadar asossiz va quruq tuhmatdan iborat ekanligi, lekin shuning orqasidan qurbon qilingan o'zbek adabiyotining 3 ta zabardast ustunlarining ruhiy holatlari va davr muhiti ham ko'rsatib berildi.

Ayniqsa, sahna ko'rinishining kulminatsiyasi sifatida yakundagi Cho'lponning she'ri barchani to'lqinlantirib yubordi.

Xalq dengizdir,
Xalq to'lqindir,
Xalq kuchdir....


๐ŸŒIjod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:
Telegram
Facebook
Instagram
๐ŸซIxtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi.

๐ŸŽจMaktabimizda tashkil qilingan "Tasviriy san'at va dizaynlik" to'garagida o'quvchilar raqamli texnologiyalar orqali rassomlik saboqlarini o'rganyaptilar.

๐Ÿ“ทJarayondan fotolavhalar

๐ŸŒIjod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:
Telegram
Facebook
Instagram