Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#Қадри_баланд_ўзи_улуғ_устозим
#Bayramning_birinchi_kuni
✅ Xabar qilinganidek, bugundan boshlab “1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan poytaxtimizdagi qator davlat va jamoat tashkilotlari, madaniyat va ta’lim maskanlarida bayram tadbirlari tashkil etilmoqda.
➖ Unda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan maktabgacha, maktab ta’limi muassasalari xodimlari, “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni hamda boshqa yuksak davlat mukofotlariga ega pedagoglar, uzoq yillar tizimda faoliyat yuritgan ustozlar, ta’lim fidoyilari va mas’ullari ishtirok etdi.
🔹 Ishtirokchilar kun avvalida Oliy Majlis Senati hamda senatorlar ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Qizg‘in muloqotlar shaklida bo‘lib o‘tgan tadbirda ishtirok etgan Oliy Majlis Senati qo‘mita raislari — Odiljon Iminov, Malika Qodirxonova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyevlar so‘nggi yillarda ta’lim tizimida olib borilayotgan tub islohotlar natijasida maktabgacha va maktab ta’limi sohasida muhim o‘zgarishlar kuzatilayotganligini alohida qayd etib o‘tdi.
🔹 Muloqot davomida pedagoglar tizimdagi ushbu ijobiy yangilanish va o‘zgarishlar ustoz-murabbiylarimizning o‘z kasbiga munosabati, mas’uliyatini yanada oshirishda katta turtki berib, soha rivojiga katta hissa qo‘shayotganligini ta’kidladi.
➖ Tadbir so‘nggida ishtirokchilar maktabgacha va maktab ta’limi tizimi qonunchik hujjatlaridagi o‘zgarishlar va o‘zlarining bu boradagi qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi.
👉 Bayram tadbirlari kun davomida bo‘lib o‘tadi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov_uchun
#oquvchilarimiz_ijodidan
🏫Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi.
📹11-sinf o'quvchilari tomonidan 1-oktabr "Ustoz va murabbiylar" kuni uchun tayyorlangan videorolik
🌐Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:
Telegram
Facebook
Instagram

🏫Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
8-"B" sinf o'quvchisi
Shokirova Shabnam
📹1-oktabr "Ustoz va murabbiylar" kuniga bag'ishlangan videorolik

#zakovat
🏫Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi.
🔰Maktabimizda an'anaviy o'tkazilib kelinayotgan "Zakovat" intellektual o'yini bo'lib o'tdi.
✅O'yinda maktab o'quvchilaridan saralangan 12 ta jamoa qatnashdi hamda o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishdi.
🏆Qizg'in va murosasiz kechgan bahslar natijasida g'oliblikni "Aristokratlar" jamoasi qo'lga kiritdi.
Bunday o'yinlar o'quvchilarning bo'sh paytini mazmunli o'tkazish bilan bir qatorda ularda jamoa bilan ishlash shuningdek, mantiqiy fikrlash ko'nikmalarini ham rivojlantiradi.

Ustoz sovg'asi
Daraxtlar go'yo mo'yqalam bilan bo'yalib oltin tusga kirgandek. Tol novdasidagi yaproqlar kuz shamoliga bardosh berolmay, uzilib, yerga tushardi. Xazonlar maktab ostonasiga ham yetib keldi.
Tasviriy san'at xonasi. Devorlar turli ijod mahsullari, haykallar bilan bezalgan. Partalar ustida turli rang-barang ruchkalardan to bo'yoqlargacha terilgan. O'quvchilar esa Mehriniso opa bergan topshiriqni berilib bajarishar edi.
Shu payt o'qituvchining nazari sinfdoshlaridan moviy qalam so'rayotgan Ilhomjonga ilindi. Biroq uning so'rog'iga barcha rad javobini berardi.
Oradan bir hafta o'tib Mehriniso opa bolalar vazifani qanday qilib bajarishganini tekshirayotganda, uning e'tiborini aynan Ilhomjonning rasmi o'ziga jalb qildi. U moviy qalam o'rniga sariq va yashil ranglarni qo'llabti.
— Buncha go'zal vazifa bu? Qalamlaring sehrli bo'lsa kerak. Qani, bir qaraychi, — deya muallima Ilhomjonning qalamdoniga qo'l cho'zib ochdi va uning ichida eski, kalta va beo'xshov qalamlarni aniqladi. Ular ijod qilishga mutlaq noqulay edi.
— Menda moviy qalam yo'q edi, shu sabab boshqa ranglarni qo'llagandim... — o'quv qurollari eskiligidan xijolatlanib past ovozda gapirdi o'quvchi.
— Lekin sen do'stlaringdan so'rab turishing mumkin edi-ku, — go'yo sinfdagi qolgan bolalarni uyaltirish uchun o'qituvchi bu gapni eshittirib, baland aytdi. Ilhomjon va qolganlar jim bo'lib qolishdi.
— Bunga qaramasdan, sen vaziyatdan yechim topibsan, — deb ustoz bolakayning sochlaridan silab, unga jilmayib qaradi, — balli senga.
Keyin esa stolining ustidan yangi qalamlarni olib butun sinfga qarata:
— Ijodkorlik bilan yondashgani uchun Ilhomjonga alohida sovg'am bor, — dedi. Shu soniyalarda Ilhomjonning qalbida xuddiki o'zgacha tuyg'u, o'zgacha quvonch xissiyotlari paydo bo'ldi.
— Qolganlar esa, — butun sinfga yuzlanib gap boshladi muallima, — kelasi safar bir-biringizdan hech narsa qizg'anmang. Do'stingiz bir-ikki daqiqa buyumingizni ishlatib yana qaytaradi. Sizdan hech vaqo kamaymasa ham, odamiylik ko'payadi. Yodingizda tuting, boshqalarga yaxshilik ulashish — bizning asosiy vazifamizdir.
Bu voqeadan so'ng bolalar har safar birovlarga yordam qo'lini cho'zganda, go'yo uchinchi sinfiga qaytib, tasviriy san'at darsida o'qituvchining gaplarini qayta eshitayotgandek bo'lishardi.
Abdurahmonova Xadichabonu 9-"B" sinf o'quvchisi

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy
@aqodiriyijodmaktabi_bot

Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Zamon Avloniysi”
Hurmatli o‘qituvchi va ustozlarimizni nega aynan mana shu spektaklga taklif etdik?!
Spektakl Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi, “Buyuk xizmatlari uchun” va “Mehnat shuhrati” ordenlari sohibi, matematika faniga ixtisoslashgan Qorakoʻl internat-maktabini ochishda jonbozlik koʻrsatgan To’xtamurod Jumayev haqida. U orqali biz sizga yana bir haqiqatni eslatmoqchimiz, davlatimiz rahbari aytganlaridek, barcha islohotlar, o‘zgarishlar kaliti ta’lim va tarbiyadir. Biz bunda sizlarga – fidoyi ustozlarga tayanamiz. Teatrda jam bo‘lgan o‘qituvchi va ustozlar orasida ham To’xtamurod Jumayevdek buyuk islohotchi, ta’lim jonkuyarlari chiqishiga umid qilaman.
Spektaklda To‘xtamurod Jumayevning maktab ochishdagi qiyinchiliklari va millat bolalari kelajagi uchun fidokorona mehnati hikoya qilinadi. Biz butun tomosha davomida voqealar ichida yashadik, ta’sirlandik va o‘ylaymanki, ustoz va o‘qituvchilarimiz tanlagan kasblari qanchalar mashaqqatli va qimmatli ekanligini angladilar.
Teatr ijodkorlariga ajoyib ijro va hamkorlik uchun minnatdorlik bildiraman. Ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan barcha ustoz va o‘qituvchilarimizga “Zamon Avloniysi” spektaklini tomosha qilishni tavsiya qilaman.
@hilola_umarova