Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
9.21K subscribers
13.4K photos
1.48K videos
95 files
4.42K links
Download Telegram
#imtihon

⚡️Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida 11- sinflar uchun Matematika fanidan Yakuniy davlat attestatsiyasi imtihoni bo’lib o’tdi.


Jarayon boshlanishidan oldin mas’ullar o’quvchilarga imtihon tartib-qoidalarini, baholash nizomini batafsil tushuntirib berishdi.


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qadrli bolajonlar, aziz o‘quvchilar!

Barchangizni bugun keng miqyosda nishonlanayotgan “1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bilan qizg‘in tabriklayman. Shubhasiz, ushbu bayram butun dunyo bolalari uchun eng beg‘ubor va quvonchli bayram hisoblanadi…

Shu aziz bolajonlar borki, kattalarning ko‘ngli quvonchga, faxrga to‘lib yashaydi. Farzandlar borki, ota-onalar kelgusi hayotiy maqsadlarini shu qorako‘zlar bilan bog‘laydi. Ularni umrining gultoji, ma’nosi sanaydi.

Bu samimiy e’tiroflar bejizga emas. Bolalar kulgusi xonadonlarga fayz olib kelishi bilan birga uni baxt va shodliklarga to‘ldiradi. Kattalarning kundalik tashvishlari bolajonlarning shirin tabassumi va qiyqiriqlari ortida yengillashadi.

Men istardimki, dunyodagi barcha bolalar o‘z oilasi va ota-onalari bilan shodumon hayot kechirsin. Har bir bolaning bolalik yillari o‘zi uchun eng baxtli va beg‘ubor davrlarga aylansin.

Bayramingiz yana bir muborak bo‘lsin, qadrli bolajonlar!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Buxoro shahridagi Prezident maktabida eko-festival oʻtkazildi.

Termiz shahridagi Prezident maktabida “Zukko kitobxon” tanlovining final bosqichi
boʻlib oʻtdi.

Toshkent shahridagi Prezident maktabida oʻquvchilar kimyo sohasi olimlari bilan
muloqot qildi.

Guliston shahridagi Prezident maktabida "Zukkolar” festivali
oʻtkazildi.

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida "Bir haftada bir kitob" loyihasining navbatdagi bellashuvi
tashkil etildi.

Jizzax shahridagi Prezident maktabida 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bagʻishlangan “Rally championship” musobaqasi
uyushtirildi.

Namangan shahridagi Prezident maktabida OʻzFA akademiklari bilan uchrashuv
oʻtkazildi.

Nurafshon shahridagi Prezident maktabida “Sog‘lom turmush tarzi – oilamiz tayanchi” mavzusida sport musobaqalari
tashkil etildi.

Nukus shahridagi Prezident maktabida aniq fanlar haftaligi
oʻtkazildi.

Samarqand shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari "Samarqandlik Behbudiy" spektakli namoyishida
qatnashdi.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida fan o‘qituvchilarining 2023-2024-o‘quv yilida belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlari yuzasidan hisobot taqdimoti
o‘tkazildi.

Hamid Olimjon va Zulfiya, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktablari, Jizzax shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Vobkent tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari fanlar, chet tillarini bilish darajasi boʻyicha milliy va xalqaro sertifikatlarni qoʻlga kiritdi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Bokuda boʻlib oʻtgan Turkiy integratsiya olimpiadasida
gʻolib boʻldi.

Qoʻqon shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchisi AQShning nufuzli universitetiga talabalikka
qabul qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2024
#OAV_biz_haqimizda

AOKA | Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga hujjatlar qabuli bilan bog'liq jarayonlar

#uzbekiston

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024

Mening tanlovim – Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi!”.

⚡️Farzandingizning yorqin kelajagi uchun barcha shart-sharoitlari taxt, ijodiy muhit va professional mutaxassislar yig’ilgan Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 2024-2025-o’quv yili uchun qabul e’lon qiladi!

📌Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi yangi o’quv yili uchun 7, 8 va 9-sinflarga qabul e’lon qiladi.

📥Hujjatlar joriy yilning 1-20-iyun kunlarida
ariza.piima.uz sayti sahifasi orqali onlayn qabul qilinadi.

❗️Kirish imtihonlari 3 bosqichda quyidagi fanlardan o'tkaziladi:

I - ijodiy matn yaratish;
II - ijodiy suhbat;
III - 50 ta test.
▶️ ona tili va adabiyot fanidan 20 ta test;
▶️ ingliz tili fanidan 15 ta test;
▶️ intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo'yicha 15 ta test.

📌Eslatma: talabgor o'quvchilar tomonidan taqdim etilgan ijodiy ishlar (portfolio) ham baholanadi.

☎️Call-markaz - 1206

🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xushxabar

⚡️Bugun Abdulla Qodiriy ijod maktabi uchun yotoqxona qurish ishlari boshlandi!

Quruvchilar va maktab rahbariyati qurbonlik qilib, mahalla keksalaridan duo olishdi. Ushbu marosimda tuman prokurori va mahalla raisi faollari ham ishtirok etishdi.

🏫Dastlabki rejalarga ko’ra yotoqxona 180 o’rinli bo’lib, yil so’ngiga qadar foydalanish uchun topshiriladi.




🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon

⚡️Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida 11- sinflar uchun Adabiyot fanidan Yakuniy davlat attestatsiyasi imtihoni bo’lib o’tdi.


Jarayon boshlanishidan oldin mas’ullar o’quvchilarga imtihon tartib-qoidalarini, baholash nizomini batafsil tushuntirib berishdi.


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon

⚡️Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida 9-sinflar uchun Tarix fanidan Yakuniy davlat attestatsiyasi imtihoni bo’lib o’tdi.


Jarayon boshlanishidan oldin mas’ullar o’quvchilarga imtihon tartib-qoidalarini, baholash nizomini batafsil tushuntirib berishdi.

📌Imtihon 2 bosqichda:
og’zaki va yozma shaklda olindi.



🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM