Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.85K subscribers
10.1K photos
1.3K videos
93 files
3.8K links
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi. “Bizga jadid bobolarimiz kabi g’arb ilm-fani yutuqlari bilan birga milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur” Sh.Mirziyoyev
🗳️ Online qabulxona: @aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

⚡️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 11-“B” sinf o’quvchisi Meymonova Ruxshona dunyoning nufuzli universitetlariga turli grantlarni qo’lga kiritdi.


📌Hozirgacha qabul xati kelgan 18 ta universitet:
Wingate University $108.000

MSOE $112.000

University of Missouri $60.000

University of Evansville $120.000

The University of Arizona $52.000

Iowa State University

Whitworth University $108.000

Webster University

Colorado State University $40.000

ASU Arizona State University

Bridgewater College $164.000

Marymount Manhattan College $80.000

Lewis University $72.000

Kent State University $40.000

George Mason University

British Management University 50% scholarship

University of Cincinnati $60.000

Xavier University

❗️Barcha qabul xatlarining umumiy miqdori esa $1.016.000 ni tashkil etyapti.


👏Iqtidorli o’quvchimizni ushbu yutuqlar bilan tabriklab, yanada omadlar tilab qolamiz! Ilmingiz ziyoda bo’laversin, aziz o’quvchimiz!


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QADRLI O’QUVCHILAR! AZIZ BITIRUVCHILAR!

Hayotning muhim bir bosqichini o’tab, yangi manzil-makonlarni ko’zlab turgan qaldirg’ochlarimiz bugun uchirma bo’lish arafasida.

Abdulla Qodiriy nomi bilan atalmish dargohda ochilgan haqiqatlar, kashf etilgan tuyg’ular, ongingiz va qalbingizga singdirilgan qadriyatlar, hayotiy, shuningdek, ilmiy saboqlar parvozlaringizda qo’shqanot bo’ladi, degan umiddamiz.

Maktab qaysidir ma’noda katta hayotga kuzatuvchi bekat. Navbatdagi manzilga o’zingizga ishonch, yuragingizda iymon, ruhiyatingizda shijoat bilan kirib borishingizni tilayman.

Qo’rqmang!
Sustlashmang!
Ikkilanmang va zinhor chekinmang!
Sizni qo’llaguvchi Prezidentga, duoga qo’l ochib turgan ota-onangizga, yo’lchi yulduz ustozlaringizga, kelajagi qo’lingizda bo’lgan Vataningizga suyaning.

Hilola Nazirova,
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Qadrli o‘quvchi-yoshlar,
Aziz maktab bitiruvchilari!

 
Bugun katta hayot ostonasida yuraklaringiz to‘la hayajon, 11 yillik qadrdon maskan – maktab bilan, samimiy sinfdoshlarning har kungi diydori bilan xayrlashish iztirobi va ayni paytda ulkan orzular, aniq maqsadlar quchog‘iga talpinish zavqi ko‘nglingizni nurlantirib turibdi.
Ushbu kun birgina sizlar uchun emas, balki, ota-onalaringiz, ustoz-murabbiylaringiz uchun ham umrbod unutilmas bo‘lib qoladi. Yuragida buyuk orzulari va rejalari mujassam, bolalik xayollarini endi chinakam maqsadlarga aylantirishga chog‘lanayotgan siz o‘g‘il-qizlar nafaqat o‘z oilalaringizning, balki jonajon vatanimizning chinakam faxru iftixoridirsiz.
Har biringizda katta iste’dod, qat’iy ishonch mujassam. Tomirlaringizda dunyo taraqqiyotiga bemisl hissa qo‘shgan buyuk ajdodlar qoni jo‘sh urmoqda. Endi navbat sizniki, ularga munosib bo‘lib, jahonni lol qoldiradigan avlod sifatida kamol topshinigizni tilayman.
Eng muhimi, ezgu orzular qilishdan va ularga yetishdagi mehnat va harakatdan hech qachon to‘xtamang. Yangi O‘zbekistonning ertangi rivoji va taraqqiyoti sizlarning qo‘lingizda. Shuni unutmang.
Bugun maktabdagi saboqlar yakuniga yetganini anglatish uchun chalinayotgan so‘nggi qo‘ng‘iroq sizning yorug‘ istiqbolingiz, baxtli hayotingiz boshlanganidan dalolat beruvchi ilk quvonch sadosi bo‘lib yangrasin!
Siz, aziz bitiruvchi yoshlarga hamisha mustahkam sihat-salomatlik, davomli muvaffaqiyatlar tilab qolaman.
 
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

 
Live stream finished (11 minutes)
🎊“Oq yo’l, bitiruvchilar”🎊

⚡️Bugun barcha maktablar kabi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi ham so’nggi qo’ng’iroq bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

“Oq yo’l, bitiruvchilar”🕊 deb nomlangan tadbir tonggi soat 8:00 da boshlanib, butun atrofni bayram va so’nggi qo’ng’iroq sadolari bilan qamrab oldi.

Bitiruvchi o’quvchilarning raqslari va sahna ko’rinishlarini, eng ajoyibi ularning ota-onalari va o’qituvchilari uchun tayyorlagan dil so’zlarini tinglaganlar ham o’zlarining so’nggi qo’ng’iroqlarini bir qadar eslagan bo’lishsa kerak.

Faxrli o’quvchilar va o’qituvchilar esa tashakkurmomalar hamda faxriy yorliq bilan taqdirlab, qilgan mehnatlari uchun ota-onalar tomonidan rahmatlar aytildi.

🌐Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#safar

⚡️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining o’qituvchi hamda o’quvchilari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida bo’lib o’tadigan Turkiy integratsiya olimpiadasida ishtirok etish uchun jo’nab ketishdi.

📍2024-yilning 26-27-28-may kunlari Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida Turkiy integratsiya olimpiadasi boʻlib oʻtadi.

📌Turkiy davlatlar va milliy tashkilotlarning maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan olimpiada ko‘lami – Ozarbayjon, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tatariston, Qrim, Karachay, Gagauziya, Chuvashiston, O‘zbekiston, Bolgariya, Boshqirdiston, Oltoy, Tuva, Saxa Yakutiya, Xakasiya, G‘arbiy Frakiya, Uyg‘ur, Janubiy Ozarbayjon, Kirkuk turklari ishtirokida bo’lib o’tishi belgilangan.

Turkiy integratsiya olimpiadasi (TIO) turkiy xalqlarni “Tilda, fikrda, ishda birlik” shioridan xabardor qilish, ta’lim orqali yoshlarni qardosh xalqlar vakillari bilan birlashtirishga qaratilgan.


🌐Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#targibot_ishlari

📌Joriy yilning 24-may kuni Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filiali o'qituvchisi Xo'jaqulova Munira Islom qizi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabiga tashrif buyurdi. Maktab o'quvchilariga Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filiali haqida ma'lumotlar berib o’tdi.

Tashrif davomida, filialda tashkil etilgan "Osiyo jadidlarining ma'naviy-ma'rifiy faoliyati" mavzusidagi konferensiyada Sherkon Qodiriyning xizmatlari uchun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o’quvchisi Samariddin Qodiriyga “Tashakkurnoma” hamda esdalik sovg'alari topshirildi.


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM