Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.77K subscribers
9.72K photos
1.28K videos
92 files
3.71K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#ajdodlar_mardona_ruhi_senga_yor
#tanlov
#2-ishtirokchi
#nasr


SADOQAT

Qizg'aldoqlar kelbat tog'lar bag'rida sho'ng'ir, kapalaklar chechaklarni quchib olgan mahal – bahor. Jilgʻalar goʻyoki yosh qizlar kabi qiqir-qiqir xandon kulib, majnuntolning kokilini tarardi. Majnuntolning tagida Sadoqat Lutfiy ijodidan bahramand boʻlib oʻtirar edi. Toʻsatdan qizning boshiga bir narsa qoʻngandek boʻldi. Bu gulchambar edi. Yuqorida qaragach, oʻz qoʻshnisi Nabijonni koʻrdi. Gulchambarni ham u qilgan.
— Kelsam, mutolaaga berilib ketgan ekansan. Kimni oʻqiyapsan?
— Lutfiy ijodini juda xush koʻraman. Bir tinglab koʻring.
Ey, visoling davlati ahli futuh,
Zulfu yuzung yodidur oromi ruh.
Gar ilik tutsang, ravon tutqil, begim,
Sabri Ayyub o’lsa, yo’qtur umri Nuh. — Shu bilan ular Mavlononing nafis misralari taʼsiriga tushdilar.
— Sadoqat, kel ikkimiz qachondir, birga maktab ochib bolalarga ilm oʻrgatamiz? — Nabijonning bu soʻzlari Sadoqatni biroz oʻyga soldi.
— Mayli, bu fikr menga yoqdi. — Javob qaytardi Saodat.
ㅤㅤ***
1941-yil, 21-iyun. Toʻsatdan "Munojot" chalinayotgan radiodan ashula toʻsatdan toʻxtab, sirena ovozi eshitildi va rus tilida:
— Vnimanie, vnimanie. Nachalas voyna...— Boshqa soʻzlarni hech kim eshitmadi. Dunyo ostun-ustun boʻldi va qishloqdagi barcha erkaklar, yosh, navqiron yigitlarning bari urushga jalb qilindi, ular orasida Nabijon ham.
Butun qishloq kechasi bilan mijja qoqmagan. Erkaklar poyezdga otlanmoqda, ayollar uvvos tortgan.
— Yigʻlama, Sadoqat. Albatta, men qaytaman va muallimlik orzularimizga erishamiz. — Shu soʻzlar bilan Nabijon otlandi.
Bu mudhish kunlarning boshlanishi edi. Qishloqda ayollargina qolgan, ketmon chopish ham, bola qarash-u boshqa ishlar ham ularning boʻynida edi.
Nabijondan Sadoqatga ora-orada maktublar kelib turardi. U yerda oʻzi yozgan sheʼrlar, gʻazallar boʻlardi:
Ismingni takrorlab yotdim tonggacha,
Sogʻinch sahrosida men telba Majnun.
Sen menga vafodor boʻlgin, Layli-cha,
Men senga umrbod boʻlayin maftun.
Baʼzida frontda tanishib qolgan Stepan amaki haqida ham gapirardi. U Nabijonga koʻp narsalarda yordam berarkan.

Nabijon
Frontda ancha-muncha narsaga tushunadigan boʻldim. Sadoqatdan maktublar tinmay keladi, iloji boricha tezroq javob qaytarishga harakat qilaman. Stepan amaki menga yoshlik chogʻlari haqida gapirib beradi. Urushdan oldingi hayotimdagi oddiy narsalar, issiq ovqat yemoq, ukalarimni qochmoq yoki onam tayyorlagan sharbatlarni ichmoq goʻyo ushalmas orzu kabi tuyulib qoldi. Bu yerda hozir har vaqt sergak turish kerak, qachon oʻq oʻtilishini bilmay qolasan kishi, tunlari zah yerda yotasan. Umuman bugun ovqatlansanmi, yoʻqmi aniq emas. Har kuni yerda yotgan murdalarni koʻrasan, sen oʻldirmasang – seni oʻldirib ketishadi.
Bir kuni kutilmaganda otishma sodir boʻldi, Stepan amaki qattiq jarohatlanib halok boʻldi. Oʻq mening qoʻlimga tegdi. Qoʻlim qizishni boshladi, soʻngra xushimdan ketdim. Oʻzimga kelib chap qoʻlimdan ayrilganimni aytishdi.
Nihoyat bu mudhish kunlar nihoyasiga yetdi. Qishlogʻim, tugʻilib oʻsgan joyimga qaytdim.
Yoʻlda mahalla raisini uchratdim, uni aytishicha, Sadoqat oʻz vaʼdasida turgan ekan. Menga vafodor qolib, oʻz uyida bolarga savod chiqarishga yordam berayotganmish. Rais bizga maktab ochib berishini vaʼda berdi.
Sadoqat chap qoʻlim yoʻqligini koʻrib
— Hechqisi yoʻq, bir qoʻl bilan ham muallim boʻlish mumkin. — deya mayin jilmayib, meni bagʻriga bosdi.


✍️Abdurahmonova Xadichabonu 8-“B” sinf o’quvchisi.


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ajdodlar_mardona_ruhi_senga_yor
#tanlov
#3-ishtirokchi

XOTIRA AZIZDIR, MUQADDAS HAR DAM

Xotira azizdir, muqaddas har dam
Ajdodlar ruhlari singadi unda
Qancha xotirlasak, shuncha bo'lar kam
Ularning yodlari mangudir bunda.

Yashamoqdamiz, tinchlik bilan biz
Askarlar kurashgan bu kunlar uchun
Yoddan chiqarmanglar do'stlar buni siz
Xotira aslida yorug' bir uchqun

Asrasak bobolar, momolar yodin
Xalq uchun kurashgan qahramonlarni
Xotirlab adiblar go'zal ijodin
Yurt uchun jon bergan pahlavonlarni

Urushning o'chmasdir qonli izlari
Mardlarcha xalqimiz jangda kurashdi
Qirildi o'zbeklar urush kezlari
Omon qolish uchun rosa tirmashdi.

Vatanim, tinch va mustaqil hozir
Sababchidir bunda botir yigitlar
Qancha esga olsak shunchalik ozdir
Ulardan qolgandir bizga o'gitlar.

Xotira azizdir, muqaddas har dam
Ajdodlar ruhlari yotadi unda
Kamdir ularni qancha xotirlasak ham
Ularning yodlari mangudir bizda!


✍️Ergashev Doniyorbek 8-“B” sinf o’quvchisi


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ajdodlar_mardona_ruhi_senga_yor
#tanlov
#4-ishtirokchi


NOMA’LUM ASKAR KIMSAN SO’ZI

Oʻylaysizki, marhumlar eshitmaydi
Biz marhumlar sizni tinglaymiz hamon,
Oldingizga borolmasdirmiz faqat
Tushlaringiz bizga yagona imkon.

Ana oyim menga maʼyus boqmoqda
Quyoshga termulib kutmoqda meni,
O'rtamizda yonib turibdi gulxan
Ammo afsus, bu onamning haykali...

Lek bugun onamning o'zini ko'rdim
Ko'rdim onajonimning diydorini,
Onam ko'z yoshlari yuzimga tomdi
Yig'lamang onajon, qiynamang meni!

Siz tiriklar eshitmaysizlar meni
Ammo biz sizlarni ko'rib turibmiz,
Sizda-ku bor ming xil shirin tashvishlar
Biz xotiralarni eslab yuribmiz.

Bilaman, hammasin bilib turibman
Siz tiriklar o'limdan qoʻrqasiz hamon,
Qo'rqqan edim men ham hayotligimda
Yo'q, o'lim emasdir unchalik yomon.

Darhaqiqat, oʻlim dahshatli emas
O'lish qiyin emas oʻlim bu oson,
Gap qanday oʻlishda emasmi inson
Ammo muhim emas oʻlgani qachon!

Hayot nima oʻzi, bilmaydi har kim
Xudo xadya etgan inʼomdir hayot,
Hamma ham o'ladi ertami-kechmi
Inson yashash uchun tug'ilgan
hayhot!

Darhaqiqat, odamlar har xil bo'larkan
Kimdir hayotini ko'radi baham,
Kimdir istar olmoq boshqalarnikin
Hayot mazmunini tushunmas hech kim.

Siz yig'lamang ona, ular yig'lasin
Nomardlar qoʻliga solingiz kishan
Urushni biz o'ylab topmadik axir,
Soʻnggi soʻzim shudir, oʻgʻlingiz Kimsan!..

✍️Nurmuhammadova Dilrabo 9-“A” sinf o’quvchisi


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Insho.pdf
34.6 KB
#ajdodlar_mardona_ruhi_senga_yor
#tanlov
#5-ishtirokchi

✍️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 7-“B” sinf o’quvchisi Qudratillayeva Zilolaning “Xotira va qadrlash kuni”ga atab yozgan inshosi


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_eshiklar_kuni

⚡️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi haqida nimalarni bilasiz? Sizga ta’lim jarayoni, maktab shart-sharoiti qiziqmi?

Ushbu maxsus videorolikda hamma savolingizga javob olasiz, degan umiddamiz.

📌Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida navbatdagi “Ochiq eshiklar kuni” 11-may 11:00 da boshlanadi! Maktabimizga barcha qiziquvchilarni taklif etamiz!


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing_Qabul_2024
#Live_

⚡️ 2024/2025-o‘quv yili uchun Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli

AOKAda Ixtisoslashtirilgan ta’lim mussasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov ishtirokida shu mavzuda brifing boshlandi.

Quyidagi havola orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilishingiz mumkin:

📹 Jonli efir

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sayohat

⚡️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining bir qancha o’qituvchi hamda o’quvchilari Samarqand va Buxoro viloyatini sayohat qilib qaytishdi.

Bitiruvchi sinf o’quvchilari bilan birgalikda tashkil etilgan ekskursiyaning asosiy maqsadi “Xotira va qadrlash kuni”da yurtimizdagi qadimiy joylarni ziyorat qilish, tarix haqidagi bilimlarini amaliyotda ko’rish edi.


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Ijod_maktabi

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi "Ochiq eshiklar" kuniga taklif etadi.

Ochiq eshiklar kunida:
Maktabdagi o‘qitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot;
O‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar;
Ko‘rgazmalar (o‘quvchilarning dars jarayoni va noakademik to‘garaklardagi amaliy ishlaridan namunalar);
Maktab hududi bo‘ylab ekskursiya va maktab hayoti bilan tanishuv sizni kutmoqda.

📆 11-may
soat 11:00 dan 14:00 gacha
🗺 Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Zarqaynar ko‘chasi 6/2

Murojaat uchun:

+99895 479-20-80

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2024

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga qabul jarayonlari iyun oyidan boshlanadi, imtihonlar esa iyul oyida o‘tkaziladi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov ma’lum qildi.

Prezident maktablariga o‘quvchilar belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida ikkita sinfga bir xil 12 nafardan jami 24 nafar o‘quvchi hamda ijod va ixtisoslashtirilgan maktablariga Agentlik tomonidan belgilangan kvota doirasida o‘quvchilar qabul qilinadi.

❗️Agentlik tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari tomonidan quyidagi hujjatlar onlayn shaklda Agentlikning rasmiy veb-sayti ariza.piima.uz orqali qabul qilinadi:

➡️o‘quvchilarning tegishli o‘quv yili natijasiga ko‘ra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi;

➡️imtihon ruxsatnomasini shakllantirish jarayonida foydalanish uchun o‘quvchilarning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;

➡️o‘quvchilarning tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun mobil telefon raqamlari.

✍️ Hujjat topshirish jarayonida o‘quvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) kirish imtihonlari shartlari va talablari bilan tanishganligi to‘g‘risidagi onlayn ofertani tasdiqlaydi.

📝 O‘quvchilar Prezident maktabi hamda ixtisoslashtirilgan maktablariga hujjat topshirish jarayonida ularga ixtiyoriy ravishda o‘z hududidagi ixtisoslashtirilgan maktablaridan birini qo‘shimcha tanlash imkoniyati beriladi.

📌 Bunda, Prezident maktabi kirish imtihonining 2-bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘qishga kira olmagan o‘quvchilar hududdagi o‘zi tanlagan ixtisoslashtirilgan maktabiga belgilangan kvota doirasida, to‘plagan ballari ketma-ketligi bo‘yicha imtihonsiz qabul qilinadi. Bunda kvota doirasidan oshib ketsa imtiyoz qo‘llanilmaydi.

✍️ Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Yoshlar ovozi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#dars_jarayoni

⚡️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida “Ma’naviyat soati”!

7-“A” sinf rahbari va biologiya fani o’qituvchisi Nilufar Jovliyeva boshchiligida dars intellektual o’yin tarzida o’tkazildi.

📌Sinf faollari Mo’minjonova Saida va Alimova Muslimalar tomonidan olib borildi. O’quvchilar 5 ta shart asosida sinovdan o’tkazildi:

1-shart – “Zakovat”
2-shart – Atamalar
3-shart – Krassvord
4-shart – Asardan parcha
5-shart – Bahr-u bayt

🏆Gʻolib boʻlgan oʻquvchilar sinf rahbar tomonidan taqdirlandi!


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Halima_Xudoyberdiyeva_77_yoshda

🇺🇿 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏛 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Aziz yurtdoshlar!

⚡️Oʻzbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 77 yilligi munosabati bilan Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tomonidan shoira ijodi bo‘yicha videoroliklar tanlovini eʼlon qiladi.

💠Tanlov shartiga koʻra shoira ijodiga mansub sheʼrlardan ifodali oʻqishi va uni oʻzining ijtimoiy sahifasiga joylashi orqali bizning telegram manzilimizga joʻnatishi kerak.

💠Hakamlar tomonidan munosib deb topilgan eng sara videoroliklar shoira tavalludining 77 yilligi munosabati bilan oʻtkaziladigan tadbir arafasida taqdirlanadi.

Videoroliklarni quyidagi manzilga yuboring👇👇👇
@j_mannonov

🔔Bizi kuzatishda davom eting👇

Telegram I 📱Facebook I 📱Veb-sayt I 📱Instagram I 📱YouTube
#Ochiq_eshiklar_kuni

⚡️Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida navbatdagi “Ochiq eshiklar” kuni bo’lib o’tdi.

Ushbu kun munosabati bilan ta’lim maskaniga xalqimiz ardg’idagi sevimli san’atkorlar, ziyoli kishilar, ota-onalar tashrif buyurishdi.

📌Shuningdek, Abdulla Qodiriyning nabiralari – Xondamir Qodiriy va Sherkon Qodiriylar maktabimiz mehmoni bo’lishdi.


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM