Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.77K subscribers
9.72K photos
1.28K videos
92 files
3.71K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#Abdulla_Qodiriy_130_yoshda

ABDULLA QODIRIY TAVALLUDINING 130 YILLIGI NISHONLANDI!

📸Suratlar muallifi: Hamdam Shorahmedov


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ajdodlar_mardona_ruhi_senga_yor


9-MAY “XOTIRA VA QADRLASH KUNI”!

⚡️Ana shu kun munosabati bilan Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida bayram tadbiri tashkil etildi.

Maktabning 8-sinf o’quvchilari bilan o’tkazilgan bayramda Ikkinchi Jahon urushi mavzusida she’rlar, sanha asarlari, qo’shiqlar ijro etildi.


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ajdodlar_mardona_ruhi_senga_yor


9-MAY “XOTIRA VA QADRLASH KUNI”!

⚡️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida kun shukuhi!


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xotira_va_qadrlash_kuni

Qadrli yurtdoshlar!

Tariximizni o’qiganimizda, urush tasvirlarining o’ziyoq insonda xavotir uyg’otar ekan, bugungi tinch va osoyishta yurtimizda yashayotganimizga shukr qilamiz.

Millat oydinlari bo’lmish jadidlarimiz qatag’on qilingani, Ikkinchi Jahon urushi tinch xalqlarni o’z domiga tortganiga hali bir asr ham to’lmadi. Lekin o’zbek xalqining bu yo’qotishlari musaffo osmonimiz, farzandlarimizning tinch-totuv yashashi, ta’lim olishi uchun ekanligi siz-u bizga ma’lum.

Aziz hamkasblar!

Farzandlarimizga tariximizning shonli onlarini, yo’qotishlarini, haqsizliklarini o’rgatib, ularda albatta vatanparvarlik, xalqparvarlik, tolerantlik va tinchlik qadriga yetish tuyg’ularini uyg’otasiz.

Bugun 9-may “Xotira va qadrlash kuni”. Ikkinchi Jahon urushida ishtirok etgan aksar davlatlarda “G’alaba kuni” sifatida nishonlanadi. Har ikki taraf jigarbandlarini, otalarini, onalarini, akalarini, qizlarini yo’qotgan urushda, afsuski, g’oliblik yo’q.
Urush faqatgina frontda bo’lmagan, front orti insonlari ham katta jasorat ko’rsatishgan!


O’zbek xalqi 250 mingdan ortiq turli millat vakillarining bolalarini bag’riga olib, 500 mingdan ortiq insonni boy bergan “Ulug’ Vatan urushi”ni xotirlash, front ishtirokchilarini qadrlash, e’zozlash lozim.


Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori
Hilola Nazirova


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Abdulla_Qodiriy_130_yoshda

⚡️7-may kuni Abdulla Qodiriy uy-muzeyida bo’lib o’tgan “O’tmishga aylanmagan “O’tkan kunlar” ma’naviy-ma’rifiy tadbirini quyidagi videolavhada ko’rishingiz mumkin.


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram

https://youtu.be/U5oWIjEwkDQ?si=pqI7kzU5XH6-UyiP
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ajdodlar_mardona_ruhi_senga_yor
#tanlov

⚡️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi “Ikkinchi Jahon urushi xotiralarda” nomli ijodiy ishlar tanlovini e’lon qilgan edi. Ana shu tanlovga kelib tushgan asarlarni birgalikda mutolaa qilamiz!
#1-ishtirokchi

QORA XOTIRA


Kunlardan bir kuni bobomnikida,
Ne deya soʻradim urush degan nom.
Buvim javob berdi turib soʻridan —
“Bolam, yostiqlarni quritgan zamon”

Oʻgʻlim, tezroq qayt deb yigʻlar onalar.
Qoʻlida tishlangan non qolgan ayol.
"Otam qachon qaytar?”, degan savolga,
Javob berolmasdi hattoki shamol.

Kimdir qaytdi singan oyoq-qoʻl bilan,
Kimlardandir esa keldi qora xat.
Qoʻli bo’lmasa ham, joni qoldi but,
Faqat taskin berdi matonat, toqat.

Nechun ona cho’kdi jahon poyiga?
Nega bu olamda yig’i ko’paydi?
Balki barchasiga aybdor kishi
Lekin badalini dunyo to’laydi!

Azizlar, aslida dunyo ham ona
Millionlab farzandin tuproqqa ko’mdi.
Nihoyat tinchlikning yalovin tutib
Urushning olovi abadiy so’ndi.

✍️Sultonamirova Hanifaxon 8-“V” sinf o’quvchisi



🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ajdodlar_mardona_ruhi_senga_yor
#tanlov
#2-ishtirokchi

ASKARNING SO’NGGI SO’ZI

Salom deyman sizga onam, Vatanim,
Kurashmoqdaman jangda sizlar-chun.
Yigʻlamang onajon, siz jon-u tanim,
Qoraxat borganda, siz demang "Nechun?"

Ona yurtimga men balki qaytmasman,
Tishloq non balki shu holicha qotar.
Yorim visoliga endi yetmasman,
Bergan va'dalarim qalbimda qolar.

Koʻkdan kuzataman yurtim tinchligin,
Toʻkilgan qonimga roziman, ona.
Bilasiz, jang qilmoq yigit burchligin,
Shunday qilar edim tugʻilsam yana.

Singlimga aytinglar, hech gʻam chekmasin,
Bu dahshat kunlari tinadi bir kun.
Mudhish onlar unga aslo tegmasin,
Qalbida qolmasin zarracha tugun.

Yuragimni tinmay gʻijimlar sogʻinch,
Menga siyratingiz bagʻishlar darmon.
Yaqinlarim doim yashasin deb tinch,
Jang uchun umrimni men qildim qurbon


Abdurahmonova Xadichabonu 8-“B” sinf o’quvchisi


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ajdodlar_mardona_ruhi_senga_yor
#tanlov
#2-ishtirokchi
#nasr


SADOQAT

Qizg'aldoqlar kelbat tog'lar bag'rida sho'ng'ir, kapalaklar chechaklarni quchib olgan mahal – bahor. Jilgʻalar goʻyoki yosh qizlar kabi qiqir-qiqir xandon kulib, majnuntolning kokilini tarardi. Majnuntolning tagida Sadoqat Lutfiy ijodidan bahramand boʻlib oʻtirar edi. Toʻsatdan qizning boshiga bir narsa qoʻngandek boʻldi. Bu gulchambar edi. Yuqorida qaragach, oʻz qoʻshnisi Nabijonni koʻrdi. Gulchambarni ham u qilgan.
— Kelsam, mutolaaga berilib ketgan ekansan. Kimni oʻqiyapsan?
— Lutfiy ijodini juda xush koʻraman. Bir tinglab koʻring.
Ey, visoling davlati ahli futuh,
Zulfu yuzung yodidur oromi ruh.
Gar ilik tutsang, ravon tutqil, begim,
Sabri Ayyub o’lsa, yo’qtur umri Nuh. — Shu bilan ular Mavlononing nafis misralari taʼsiriga tushdilar.
— Sadoqat, kel ikkimiz qachondir, birga maktab ochib bolalarga ilm oʻrgatamiz? — Nabijonning bu soʻzlari Sadoqatni biroz oʻyga soldi.
— Mayli, bu fikr menga yoqdi. — Javob qaytardi Saodat.
ㅤㅤ***
1941-yil, 21-iyun. Toʻsatdan "Munojot" chalinayotgan radiodan ashula toʻsatdan toʻxtab, sirena ovozi eshitildi va rus tilida:
— Vnimanie, vnimanie. Nachalas voyna...— Boshqa soʻzlarni hech kim eshitmadi. Dunyo ostun-ustun boʻldi va qishloqdagi barcha erkaklar, yosh, navqiron yigitlarning bari urushga jalb qilindi, ular orasida Nabijon ham.
Butun qishloq kechasi bilan mijja qoqmagan. Erkaklar poyezdga otlanmoqda, ayollar uvvos tortgan.
— Yigʻlama, Sadoqat. Albatta, men qaytaman va muallimlik orzularimizga erishamiz. — Shu soʻzlar bilan Nabijon otlandi.
Bu mudhish kunlarning boshlanishi edi. Qishloqda ayollargina qolgan, ketmon chopish ham, bola qarash-u boshqa ishlar ham ularning boʻynida edi.
Nabijondan Sadoqatga ora-orada maktublar kelib turardi. U yerda oʻzi yozgan sheʼrlar, gʻazallar boʻlardi:
Ismingni takrorlab yotdim tonggacha,
Sogʻinch sahrosida men telba Majnun.
Sen menga vafodor boʻlgin, Layli-cha,
Men senga umrbod boʻlayin maftun.
Baʼzida frontda tanishib qolgan Stepan amaki haqida ham gapirardi. U Nabijonga koʻp narsalarda yordam berarkan.

Nabijon
Frontda ancha-muncha narsaga tushunadigan boʻldim. Sadoqatdan maktublar tinmay keladi, iloji boricha tezroq javob qaytarishga harakat qilaman. Stepan amaki menga yoshlik chogʻlari haqida gapirib beradi. Urushdan oldingi hayotimdagi oddiy narsalar, issiq ovqat yemoq, ukalarimni qochmoq yoki onam tayyorlagan sharbatlarni ichmoq goʻyo ushalmas orzu kabi tuyulib qoldi. Bu yerda hozir har vaqt sergak turish kerak, qachon oʻq oʻtilishini bilmay qolasan kishi, tunlari zah yerda yotasan. Umuman bugun ovqatlansanmi, yoʻqmi aniq emas. Har kuni yerda yotgan murdalarni koʻrasan, sen oʻldirmasang – seni oʻldirib ketishadi.
Bir kuni kutilmaganda otishma sodir boʻldi, Stepan amaki qattiq jarohatlanib halok boʻldi. Oʻq mening qoʻlimga tegdi. Qoʻlim qizishni boshladi, soʻngra xushimdan ketdim. Oʻzimga kelib chap qoʻlimdan ayrilganimni aytishdi.
Nihoyat bu mudhish kunlar nihoyasiga yetdi. Qishlogʻim, tugʻilib oʻsgan joyimga qaytdim.
Yoʻlda mahalla raisini uchratdim, uni aytishicha, Sadoqat oʻz vaʼdasida turgan ekan. Menga vafodor qolib, oʻz uyida bolarga savod chiqarishga yordam berayotganmish. Rais bizga maktab ochib berishini vaʼda berdi.
Sadoqat chap qoʻlim yoʻqligini koʻrib
— Hechqisi yoʻq, bir qoʻl bilan ham muallim boʻlish mumkin. — deya mayin jilmayib, meni bagʻriga bosdi.


✍️Abdurahmonova Xadichabonu 8-“B” sinf o’quvchisi.


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ajdodlar_mardona_ruhi_senga_yor
#tanlov
#3-ishtirokchi

XOTIRA AZIZDIR, MUQADDAS HAR DAM

Xotira azizdir, muqaddas har dam
Ajdodlar ruhlari singadi unda
Qancha xotirlasak, shuncha bo'lar kam
Ularning yodlari mangudir bunda.

Yashamoqdamiz, tinchlik bilan biz
Askarlar kurashgan bu kunlar uchun
Yoddan chiqarmanglar do'stlar buni siz
Xotira aslida yorug' bir uchqun

Asrasak bobolar, momolar yodin
Xalq uchun kurashgan qahramonlarni
Xotirlab adiblar go'zal ijodin
Yurt uchun jon bergan pahlavonlarni

Urushning o'chmasdir qonli izlari
Mardlarcha xalqimiz jangda kurashdi
Qirildi o'zbeklar urush kezlari
Omon qolish uchun rosa tirmashdi.

Vatanim, tinch va mustaqil hozir
Sababchidir bunda botir yigitlar
Qancha esga olsak shunchalik ozdir
Ulardan qolgandir bizga o'gitlar.

Xotira azizdir, muqaddas har dam
Ajdodlar ruhlari yotadi unda
Kamdir ularni qancha xotirlasak ham
Ularning yodlari mangudir bizda!


✍️Ergashev Doniyorbek 8-“B” sinf o’quvchisi


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ajdodlar_mardona_ruhi_senga_yor
#tanlov
#4-ishtirokchi


NOMA’LUM ASKAR KIMSAN SO’ZI

Oʻylaysizki, marhumlar eshitmaydi
Biz marhumlar sizni tinglaymiz hamon,
Oldingizga borolmasdirmiz faqat
Tushlaringiz bizga yagona imkon.

Ana oyim menga maʼyus boqmoqda
Quyoshga termulib kutmoqda meni,
O'rtamizda yonib turibdi gulxan
Ammo afsus, bu onamning haykali...

Lek bugun onamning o'zini ko'rdim
Ko'rdim onajonimning diydorini,
Onam ko'z yoshlari yuzimga tomdi
Yig'lamang onajon, qiynamang meni!

Siz tiriklar eshitmaysizlar meni
Ammo biz sizlarni ko'rib turibmiz,
Sizda-ku bor ming xil shirin tashvishlar
Biz xotiralarni eslab yuribmiz.

Bilaman, hammasin bilib turibman
Siz tiriklar o'limdan qoʻrqasiz hamon,
Qo'rqqan edim men ham hayotligimda
Yo'q, o'lim emasdir unchalik yomon.

Darhaqiqat, oʻlim dahshatli emas
O'lish qiyin emas oʻlim bu oson,
Gap qanday oʻlishda emasmi inson
Ammo muhim emas oʻlgani qachon!

Hayot nima oʻzi, bilmaydi har kim
Xudo xadya etgan inʼomdir hayot,
Hamma ham o'ladi ertami-kechmi
Inson yashash uchun tug'ilgan
hayhot!

Darhaqiqat, odamlar har xil bo'larkan
Kimdir hayotini ko'radi baham,
Kimdir istar olmoq boshqalarnikin
Hayot mazmunini tushunmas hech kim.

Siz yig'lamang ona, ular yig'lasin
Nomardlar qoʻliga solingiz kishan
Urushni biz o'ylab topmadik axir,
Soʻnggi soʻzim shudir, oʻgʻlingiz Kimsan!..

✍️Nurmuhammadova Dilrabo 9-“A” sinf o’quvchisi


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM