Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
9.28K subscribers
14.2K photos
1.54K videos
95 files
4.62K links
Download Telegram
#dars_jarayoni

⚡️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida kimyo darslari ham o’zgacha yondashuv va kreativlik asosida o’tadi.

Navbatdagi ana shunday darslarda o’qituvchi Tabassum Berdiyevaning o’quvchilarni kimyo olamiga qiziqtirishi amaliy mashg’ulotlar bilan o’tishini ko’rishingiz mumkin.

📌 Birinchi suratda 9-sinf o'quvchilari darsida "Ishqoriy metallar" mavzusiga oid o'tkazilgan amaliy mashg’ulotdan lavha.

📌Ikkinchi suratda 8-sinf o'quvchilari darsida o'tkazilgan sun'iy sharchalar hosil qilishning qiziqarli amaliy mashg’uloti.

📌 Uchinchi suratda esa 7-sinf o'quvchilarining STEAM yondashuv asosida o'tkazgan loyiha ishi.


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12❤‍🔥1
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Nukus shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi Aynaxan Xojamuratova "NextGen TechCamp of Central Asia" ishtirokchisi boʻldi.

Qarshi shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyati boʻlimi faoliyati bilan
tanishdi.

Guliston shahridagi Prezident maktabi, Qoʻqon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchilari xalqaro taʼlim grantlarini qoʻlga kiritdi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabida hududdagi
matematika, kompyuter ta’limi va informatika asoslari fanlari oʻqituvchilari uchun seminar-treninglar tashkil etildi.

Jizzax shahridagi Prezident maktabi oʻqituvchilari Kasaba uyushmasi kubogida 1-oʻrinni
qoʻlga kiritdi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida konsert dasturi
namoyish etildi.

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi jamoasi basketbol boʻyicha “Doʻstlik
spartakiadasi”da gʻolib boʻldi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi, Chiroqchi, Toshloq, Furqat, Qumqoʻrgʻon, Oqqo‘rg‘on tumanlari va Marg'ilon, Namangan shaharlari ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari oʻquvchilari fanlar boʻyicha milliy sertifikatlarga ega boʻldi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari Xalqaro kosmonavtika kuni munosabati bilan poytaxtimizda tashkil etilgan forumda
ishtirok etdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Oʻzbekiston IT hamjamiyati rahbari Shavkat Karimov bilan uchrashuv
tashkil etildi.

Oqdaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti ilmiy xodimlari bilan
uchrashuv oʻtkazildi.

Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi Ufa davlat neft-texnika universiteti bilan hamkorlikni
yoʻlga qoʻydi.

Oʻzbekiston tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilari "Life science festival"da
ishtirok etdi.

Shahrisabz tuman ixtisoslashtirilgan maktabida hududdagi CHQBT oʻqituvchilari uchun seminar oʻtkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍6
#kitobxonlik_haftaligi


📖Kitobsevar millat” shiori ostidagi IV Respublika “Kitobxonlik haftaligiboshlandi!
Joriy yilning 22-26-aprel kunlari Axborot va ommaviy kommunikasiyalari agentligi tashabbusi bilan an’anaviy IV Respublika “Kitobxonlik haftaligi” bo‘lib o‘tadi.

📚Haftalik davomida respublika doirasida turli ma’naviy-ma’rifiy, madaniy dasturlar tashkil etiladi. Ishtirokchilarni qimmatli bilimlar va ajoyib uchrashuvlar kutmoqda.


Bugun 22-aprel kuni Toshkent viloyati “TURON” axborot-kutubxona markazida ana shu haftalikning tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Tantanali marosim O‘zbekiston Respublikasi Davlat Harbiy qism orkestri ijrosi bilan boshlandi.

📌Tadbirni “Turon” axborot-kutubxona markazi direktori D. Abduazizova, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi boshlig'i Z. Eralieva kirish so‘zi bilan ochib berdilar.

⚡️Tadbirda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining iqtidorli o’quvchilari ham faol ishtirok etishib, she’rlar o’qishdi.


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13😢1🤩1💯1
Forwarded from “Yosh kitobxon” INFO
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Endi “Yosh kitobxon” tanlovi g‘oliblari elektromobil minadi

📚 2017-yildan buyon an’anaviy tarzda o’tkazib kelinayotgan “Yosh kitobxon” tanlovi yildan yilga kitobxonlarimiz uchun keng imkoniyatlar taqdim etmoqda. Bu yilgi mavsumda final g‘oliblariga Prezident sovg‘asi elektromobil nasib qiladi.

📺 “O‘zbekiston24” telekanali ijodkorlari tomonidan tayyorlangan ko‘rsatuv shu haqida

#uzbekiston24

@yoshkitobxonuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥5
#Zamin_Creаtive
#2_kun

📖Xabaringiz bor, 14–18-aprel kunlari Farg’ona viloyati Marg’ilon shahrida Respublikamizning turli hududlaridan yig’ilgan iqtidorli o’quvchilar uchun “Inson va tabiat” mavzusida seminar tashkil etildi.

⚡️"Zamin Creative" loyihasi doirasida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga Media, Aktyorlik, Dizayn to'garagi rahbarlari, surdotarjimon o'qituvchilar yordamida tashkil etilgan darslar juda qiziqarli o’tdi.

📌Unda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi to’garak rahbarlari – Rasul Tog’ayqulov, Maftuna Xolmatova, Hamdam Shorahmedov va iqtidorli o’quvchilar ana shu tadbir uchun ijodiy safarda bo’lib qaytishdi.

Ikkinchi kunda dasturda ko‘rsatilgan rejaga asosan “Yodgorlik” ipak fabrikasiga sayohat uyushtirildi. Ishtirokchilar ipakchilik tarixi bo‘yicha kerakli xulosaga ega bo‘ldilar.


📸Safarning ikkinchi kunidan lavhalarni tomosha qiling!
Muallif: Hamdam Shorahmedov


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51
#Fargʻona_oqshomlari

📣Xabaringiz bor, Ijod maktablari o‘quvchilari o‘rtasida IJODIY OLIMPIADA ilk bor 23-, 25-aprel kunlariFarg‘onada start berilmoqda. Shu ilhombaxsh kular bahonasida she’rlashsak, kuylashsak "Farg‘ona oqshomlari" loyihasini o‘tkazsak nima deysizlar!!!

🤩Bu oqshomda o‘qilgan she’rlar-u yangragan qo‘shiqlar quloqlamiz ostida mangu qolsalar, ajabmas.

Biz sizlarni shunchaki bir adabiy kechaga emas, aql-u yurak, soz-u siyoh bellashuviga taklif etamiz.

🇺🇿Yana bir go‘zal tongni Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida kutib olamiz.

Kelishdikmi?!
Kechamizda yozuvchi, dramaturg Qo'chqor Norqobil hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Xosiyat Rustamovalar aziz mehmonimiz bo'ladilar.

✏️Unda ertaga,
23-aprel, soat 19:00da ko‘rishamiz.

🗺Ha aytgancha she’r-u, qo‘shiq bayrami bo‘lgan "Farg‘ona oqshomlari" loyihasi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida o‘tkaziladi.

🗣Hozirning o‘zida do‘stlarga ulashib qo‘ying.
Hech kim shunday madaniy hordiqdan quruq qolmasin!


🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉Tarmoqlarimiz👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍72