Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.87K subscribers
9.93K photos
1.29K videos
93 files
3.78K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#togaraklar_faoliyatidan

🔥Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida fan to’garaklari ham muntazam va qiziqarli tarzda davom etmoqda.

⚡️Ana shunday to’garaklardan biri fizika fanidan ustoz Saodat Allayorova rahbarligidagi mashg’ulotlardir.

7-sinf o’quvchilari bilan bo’lib o’tgan to’garakda elektr tizimi, tokning ishlash prinsipi va lampa haqidagi nazariy bilimlar amaliyotda sinab ko’rildi.


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#dars_jarayoni

⚡️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida o’quvchilarni adabiyotga, tarixga yanada oshno qilish uchun alohida Matnshunoslik fani ham kiritilgan.

Ushbu darsni manbashunos olima Hilola Nazirova olib boradi. Bu galgi darsda 7-sinf o’quvchilari eski o’zbek yozuvidagi “Mim” harfini o’rganishdi.

📌”Mim” harfi muttasil harf turiga kirib, uning yozuvda 4 xil ko’rinishi mavjud.


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Abdulla_Qodiriy_130_yoshda

⚡️Respublikamizda nufuzli bo’lgan “Tong yulduzi” gazetasida Abdulla Qodiriy uy-muzeyida adib tavalludining 130 yilligi munosabati bilan bo’lib o’tgan “Adabiy Laylatul qadr” kechasi haqida maqola nashr etildi.

Gazetaning 2024-yil 16-sonida Yunusobod tumani 274-umumta’lim maktabi o’qituvchisi Mahmuda Valiyeva adabiy kecha haqidagi maqolasida iliq fikrlar bildirib o’tgan.


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Zamin_creative

⚡️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining bir guruh ustoz va o’quvchilari Farg’onadan ijodiy safarda bo’lib qaytishdi!

”Zamin creative” inklyuziv ta’lim tashkilotining Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabidagi tantanali ochilishi munosabati bilan “Inson va tabiat” nomli bir necha kunlik tadbir bo’lib o’tdi. Unda dizayn, aktyorlik mahorati, media kabi yo’nalishlarda o’quvchilar o’z iqtidorini namoyish etishdi!


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qaror_ijrosi_amalda
#hamkorlik

⚡️Ijod maktabida OTM kafedrasi boʻlimi ochildi


Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi va Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti masʼullari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi "Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida’’gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan muloqotda har ikki ta’lim muassasasining hamkorlikdagi istiqbolli rejalari muhokama qilindi, rejalar tuzib olindi.

Uchrashuv so‘ngida Abdulla Qodiriy ijod maktabi va universitet oʻrtasida memorandum imzolandi.

Shu munosabat bilan, ijod maktabida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining “Mumtoz filologiya va adabiy manbashunoslik” kafedrasi bo’limi tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Zamin Foundation
Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda Qarshi, Toshkent, Andijon, Nukus va Marg‘ilondagi "Zamin Creative" studiyalarining yangi ishtirokchilari va bitiruvchilari qatnashdi.

Festival yoshlarga birgalikda ijodiy loyihalarni amalga oshirish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi. Media yo‘nalishida ishtirokchilar dunyoga mashhur rishtonlik kulol Alisher Nazirov va Yodgorlik ipak matolari fabrikasi bilan hamkorlikda "Nigoh" ko‘rgazmasini tayyorladi. Yosh aktyorlar o‘zlarining sahna ko‘rinishlarida daraxtlar kesilishi va dengizlar qurishi kabi muhim ekologik mavzularni ko‘tardilar. Yosh dizaynerlar "birgalikda, bir butun bo‘lish" g‘oyasini asos qilib, milliy quroq usuli, ya’ni mayda parchalardan bir butun buyum yaratish an’anasi orqali insonning tabiatga mehribon munosabatini ochib berdilar.

Ziroat Mirziyoyeva bolalarni festival muvaffaqiyatli yakunlangani bilan tabrikladi, ijodiga muvaffaqiyatlar, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish sari yo‘lda to‘liq erkinlik, shodlik va ilhom tiladi.
#BizTurlimizBizTengmiz

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube