Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.63K subscribers
39.5K photos
3.08K videos
59 files
12.9K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

Toshkent davlat agrar universitetida Qibray tumanidagi 68 ta mahallalarda faoliyat olib borayotgan mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari va mahallaga biriktirilgan soliq xodimlari uchun tashkil etilgan o‘quv seminar tafsilotlari “Nurafshon TV” telekanali lavhasida.

✍️Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#seminar

Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi

Bugun, Qibray tumanida Toshkent viloyati hokimining 2024 yil 28 martdagi 2-5-15-84-sonli xatiga asosan, korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalar to‘g‘risida hokimlik apparat xodimlari uchun huquqiy
seminar bo‘lib o‘tdi.

👉Batafsil

✍️Qibray tumani hokimligi Аxborot xizmati

/telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#seminar

Mahalla raislari uchun o'quv-seminari o'tkazildi


Tumandagi mahalla raislari uchun o'tkazilgan o'quv-seminarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo'g'in sifatida ishlashini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to'g'risida”gi 209-sonli Farmoni hamda "O'zbekiston Mahallalari uyushmasi faoliyatini yo'lga qo'yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 402-sonli qarori ijrosi va uning mazmun-mohiyati tushuntirildi.

O‘quv-seminarida O'zbekiston Respublikasi Mahalla uyushmasi raisi maslahatchisi G.Yulchibayeva va Mahalla uyushmasi Qibray tuman bo'limi boshlig'i D.Mamajonovlar ishtirok etdi.


Qibray tumani hokimligi Аxborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube
#seminar

Qibray tumanida yoshlarga yer maydonlari ajratilmoqda

Davlatimiz rahbarining joriy yil 5-apreldagi qaroriga asosan Qibray tumanida “mahalla yettiligi” taklifi bilan har bir mahalla bo‘yicha ajratiladigan yer konturlari belgilanib, mahallalarda dehqonchilik qilishga istagida bo‘lgan yoshlar ro‘yxati shakllantirildi.

Ayni kunlarda ushbu yoshlarga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali serunum, suvi serob dalalardan yer maydonlari ajratib berilmoqda. 


Jumladan, bugun Toshkent davlat agrar universitetida ushbu yigit-qizlar uchun soha mutaxassislari ishtirokida mahsulot yetishtirish va uni parvarishlashdagi muhim jihatlar, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida olib borish yuzasidan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Manba: @Sh_Khudaynazarov

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

Tumanda yoshlarga yer maydonlari ajratilmoqda

Qibray tumanida mahalla yettiligi taklifi bilan har bir mahalla bo‘yicha ajratiladigan yer konturlari belgilanib, mahallalarda dehqonchilik qilish istagida bo'lgan yoshlar ro'yxati shakllantirildi.

✍️Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#seminar

Direktor o'rinbosarlari uchun o'quv
seminar tashkil etildi

Qibray tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Qibray tuman bo'linmasi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda umumta'lim maktablarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari hamda psixologlar uchun "Umumta'lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar" mavzusida o'quv-seminari tashkil etildi.

O'quv-seminarda mas'ullar va mutaxassislari tomonidan "Ma'naviy tarbiyaning metodologik asoslari", "Milliy g'oya va yangi ma'naviy makonning barkamol avlod tarbiyasidagi o'rni", "Ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni joriy etishning kreativ texnologiyalari", "O'zbek jadid ziyolilari" mavzularida o'quv-darslari o'tkazildi.


✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

"Umumta'lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar" mavzusidagi o'quv-seminari haqida batafsil "Nurafshon TV" telekanali lavhasida.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#seminar

Ayni damda, Toshkent davlat agrar universitetida «Jamoatchilik va ekologik nazoratini amalga oshirishda, mahalla fuqarolar yigʼinlari raislarining roli va vazifalari masalalariga bag’ishlangan seminar o’z ishini boshladi.

Seminarda Toshkent davlat agrar universitetining mutasaddilari, Qibray tumani hokimi o’rinbosari, mahalla xodimlari, OАV va NNT vakillari ishtirok etmoqda

Manba:ToshDAU Axborot xizmati

/telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#seminar

Mahalladagi yoshlar yetakchilari qisqa muddatli malaka oshirish
o‘quv-seminarida ishtirok etmoqdalar

Qibray tumani hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi va Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi hamkorligida o'tkazilayotgan seminar davomida yoshlar yetakchilariga mutaxassislar tomonidan nazariy hamda amaliy mashg'ulotlar o'tilishi belgilangan.

👉Batafsil

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#seminar

Ma’rifatli oila — jamiyat tayanchi mavzusida o'quv seminar o'tkazildi

Qibray tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi va Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo‘linmasi hamkorligida o'tkazilgan tadbirda, oila institutini mustahkamlash, uning jamiyat hayoti va taraqqiyotida tutgan o'rni hamda ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashda, milliy an’ana va qadriyatlarlarni asrab avaylashda nikohning muqaddasligini yosh avlod ongiga chuqur singdirishga qaratilgan o'quv
seminar o'tkazildi.

Toshkent viloyati hokim o‘rinbosari Z.Mirgaziyeva, viloyat prokuraturasi bo’lim boshlig’i, viloyat IIBB boshlig‘i o‘rinbosari, "Oqila ayollar harakati" viloyat rahbari va boshqa mas'ullar boshchiligida o'tkazilgan o‘quv-seminarda, oilalar mustahkamligini ta’minlash va yoshlarga ibrat bo'lib kelayotgan nuroniy onaxonlar hamda faol yoshlar ishtirok etdi.


✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#seminar

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent viloyati filiali tomonidan "Mahalla yettiligi" va tuman tashkilotlari rahbarlari uchun o‘quv-amaliy seminar o'tkazildi

Maqsad — davlat xizmatchilarini ishdan tashqari va ish vaqtida odob-axloq qoidalarga rioya etishi, shuningdek, aholi kayfiyatiga salbiy ta'sir etuvchi omillarni bartaraf etish, muammolarini manzilli va tizimli o‘rganish, bandligini ta'minlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etishga qaratiladi.

👉Batafsil

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

Energiya resurslaridan oqilona foydalanishda tejamkor
texnologiyalardan foydalanish bo'yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda

Qibray tuman hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-222-sonli qarorga asosan belgilangan iqtisod rejasi ijrosini ta'minlash yuzasidan
seminar tashkil etildi.

Jumladan, tuman hokimi o'rinbosari va tuman prokuraturasi mas'ullari boshchiligida o'tkazilgan seminarda, mahalla yettiligi, korxon va tashkilot rahbarlariga energiyani tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish va ularning kamxarajatligi to'g'risida soha mutaxassislari tomonidan atroflicha tushuncahlar berilib, aholi orasida ham buning afzalliklari haqida targ'ibot ishlarini o'tkazish lozimligi ta'kidlandi.


Seminar yakunida, elektr va tabiiy gazni tejovchi zamonaviy jihozlar ko'rgazmasi o'tkazilib, ishtirokchilarga ko'plab zarur ma'lumotlar berildi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

Oiladagi sog‘lom muhit – jamiyat taraqqiyotining garovidir!

Qibray tumani hokimligi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi, tuman Ichki ishlar bo‘limi mutasaddilari, "Oqila ayollar" harakati a’zolari hamda hoji onalar ishtirokida "Oiladagi sog‘lom muhit – jamiyat taraqqiyotining garovi" mavzusida seminar oʻtkazildi.

Seminarda ishtirok etgan Toshkent viloyati Ichki ishlar Bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik Sh.Sodiqova, viloyat "Oqila ayollar" harakati jamoatchilik  tuzilmasi rahbari M.Mamadaliyeva, Qibray tumani hokimi o‘rinbosari R.Naipova hamda tuman "Oqila ayollar" harakati rahbari, tarbiya eng avvalo oiladan boshlanishi, oiladagi sogʻlom muhit jamiyat taraqqiyoti hamda rivoji uchun muhim ahamiyat kasb etishi xususida so'z yuritdilar
.

Seminar davomida mahalla faollari va "Oqila ayollar" harakatining joylardagi vakillari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, Qibray tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi va Milliy gvardiya boshqarmasi bilan birgalikda o'tkazilgan seminarda, yangi o'quv yilida amalga oshiriladigan hamkorlikdagi ishlar, muntazam dars qoldiruvchi o'quvchilarni dars jarayonlariga qaytarish va boshqa ta'lim-tarbiyaga oid masalalar muhokama qilindi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_makon
#seminar

"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida daraxt va gul ko'chatlarini ekish bo'yicha amaliy seminar o'tkazildi

Qibray tumani hokimligi va tuman prokuraturasi tashabbusi bilan tuman Fermerlar kengashi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi hamkorligida o'tkazilgan seminarda, ta'lim maskanlari hududini ko'kalamzorlashtirish, ko'p yillik gul ko'chatlari va daraxt navlarini ekishda e'tibor qaratilishi lozim bo'lgan ishlar to'g'risida mutaxassislar tomonidan amaliy ko'nikma va tushunchalar berildi.

Ta'lim maskanlarining rahbarlari hamda xo'jalik ishlari bo'yicha orinbosarlari uchun o'tkazilgan
seminar davomida gul va daraxt ko'chatlarini ekish tartibi va parvarishlash bilan birga, bo'sh yer maydonlarida atir gul va terak qalamchlarini yetishtirish bo'yicha ham mutaxassislar tomonidan zarur tavsiyalar berildi.

Amaliy seminarda Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov ishtirok etdi.

✍️Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#seminar

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Qibray tuman bo'linmasi tomonidan tumandagi Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti ma'naviy-ma'rifiy ishlarga mas'ul xodimlar uchun maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, bolalarni axloqiy va milliy ruhda tarbiyalash masalalariga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminar davomida Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ma'naviyat xonalari, ma'naviyat burchaklari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar bo'yicha mas'ul xodimlarga sohani rivojlantirish bo'yicha bilim, ko'nikmalar  berildi. Shuningdek, "Ma'naviyat sektori" faoliyatini yo'lga qo'yish bo'yicha zarur tavsiyalar berildi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#Seminar

“Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasida amaliy seminar tashkil etildi
_________

An practical
seminar was organized within the framework of the "Yashil makon (Green Space)" national project
________

Организован практический семинар в рамках общенационального проекта
“Yashil makon” («Зелёный массив»)

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

Dala madaniyatiga rioya etish va bo'sh yer maydonlaridan unumli foydalanish bo'yicha amaliy seminar o'tkazildi

Xususan, Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov boshchiligida o'tkazilgan amaliy
seminar davomida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida dala atrofi hamda bo‘sh yer maydonlariga terak va mevali daraxt ko‘chatlarini o‘tkazishda e'tibor qaratilishi lozim bo'lgan jihatlar to'g'risida amaliy tushuntirishlar berildi.

Fermer xo'jaliklari rahbarlari va soha mutaxassislari ishtirok etgan amаliy
seminar davomida daraxt oralaridan unumli foydalanib to'qsonbosti usulida qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo'yiсha ham zarur tavsiyalar berildi.

✍️ Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

💬telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

7-sonli eksperimental Davlat maktabgacha ta'limi tashkilotida Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida maktabgacha yoshdagi bolalarga va tarbiyachilarga bilim salohiyatini oshirishda "Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashda qiziqarli o'yin texnologiyasini qo'llash" mavzusida seminar trening o'tkazildi.

Seminar trening davomida soha mutaxassislar tomonidan "Qiziqarli o'yin faoliyatini tashkil etishda integrativ yondashuv asosida tarbiyachilarning o'yin orqali bolalarga ilm-fan va bilim berish usuli hamda bolalarning aqliy zakovati oshishi hamda mayda matorikasi rivojlanishi bo'yicha zarur tavsiya va ma'lumotlar berildi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#seminar

“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida seminar-trening oʻtkazildi

Qibray tumani hokimi M.Rashidov boshchiligida "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" munosabati bilan o'tkazilgan
seminar-treningda sektor rahbarlari, tuman hokimi o'rinbosarlari, tuman prokuraturasi masʼul xodimlari,tuman Adliya boʻlimi boshligʻi hamda korxona-tashkilot rahbarlari, hokim yordamchilari, tuman hokimligi xodimlari ishtirok etdi.

Seminarda tuman prokurori F.Mirzayev va Adliya boʻlimi boshligʻi, "Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari va mexanizmlari", "Korrupsion harakatlar uchun intizomiy javobgarlik", "Jamoatchilik nazorati korrupsiyaga qarshi kurashish vositasi" singari mavzularda ma'ruzalari tinglanib,
seminar ishtirokchilarning qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Seminar yakunida tarqatma materiallar tarqatildi va videorolik namoyish etildi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube