Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.62K subscribers
39.6K photos
3.11K videos
59 files
12.9K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_murojaatnomasi
#munosabat

⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasi yuzasidan Qibray tumani "O'nqo'rg'on" mahallasi xotin-qizlar faoli Abdusamatova Shahnozaning fikrlari.

✍️ Qibray tuman hokimligi axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ Instagram/
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_murojaatnomasi
#munosabat

⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasi yuzasidan Qibray tumani Maktabgacha ta'lim bo'limi mas'ul xodimi Abduraximova Ziyodaning fikrlari.

✍️ Qibray tuman hokimligi axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ Instagram/
#munosabat

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yana bir bor mukammallikdan oʻtmoqda!

Baʼzi bir ijtimoiy tarmoqlarda konstitutsiya loyihasini qabul qilish jarayoni yetarli darajada boʻlmaganligi, fuqarolarning ishtiroki sezilmaganligi, qolaversa, konstitutsiyaviy sudda konstitutsiya loyihasini koʻrib chiqish jarayoni yetarli asoslantirilmagangligi boʻyicha tanqidiy fikrlar bildirib oʻtildi.

Huquqshunos olim sifatida shuni alohida taʼkidlashim lozimki, Konstitutsiya loyihasi 2022-yil 25-iyun umumxalq muhokamasiga qoʻyilgunga qadar konstitutsiyaviy komissiyaga 62 mingdan ortiq, 25-iyun -1-avgust oraligʻida 150 mingdan ortiq takliflar kelib tushganligi, qolaversa, keyinchalik ham xalqimiz murojaat qilish huquqidan foydalangan holda 10 mingdan ortiq takliflarni yuborganlar.

Batafsil 👉 https://bit.ly/3YOwIGb

✍️Sherzod Zulfiqorov,
yuridik fanlari doktori, professor.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi deputati Olim Sulaymonovning YouTube ijtimoiy tarmog'i orqali yo'llagan videomurojaati yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz


Vidoeda aytib o'tilgan Do'rmon mahallasida bugungi kunda 676 ta xonadon bo'lib, 3638 nafar aholi istiqomat qilib keladi.Mazkur mahalladan o'tgan "Musaffo obi hayot" MChJ balansidagi 600mm markaziy oqava suv kollektoriga belgilangan me'yoridan ortiq ulanishlar bo'lganligi va ushbu kollektorga qo'shimcha ulanish uchun quvur sig'imi yetarli emasligi sababli, ayrim xonadonlar oqava suv kollektoriga ulanmay qolgan.

Ushbu muammolarni hal etish maqsadida "Tashabbusli byudjet" loyihasiga taklif kiritish lozimligi haqida deputat va aholi vakillariga tushuntirishlar berilgan.
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Qibray tumani Bobur mahallasidagi Ulug yo'l kochasining ta'mirtalab ahvolda ekanligi to'g'risida yo'llangan videomurojaat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.

Haqiqatan, tumandagi Bobur mahallasining Ulug' yo'l ko'chasida aholi va tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilayotgan qurilish ishlarida xizmat ko'rsatayotgan yuk tashuvchi transport vositalarining doimiy qatnovi natijasida ta'mirtalab holga kelib qolgan, shu sababdan, mazkur ko'chaning mavjud 1,5km masofasi hamda ushbu ko'chada joylashgan 14ta ko'p qavatli uylar atrofini asfaltlashtirish maqsadida jami 2 km yo'l (loyiha qiymati 1 mlrd 200 mln so'm) 2024 yil "Tashabbusli byudjet" loyihasining birinchi bosqichiga taklif loyihasi kiritilgan.


✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#munosabat

Тelegram ijtimoiy kanali orqali Qibray tumanidagi bozorga kirish yo‘lining ta'mirtalabligi aks etgan tanqidiy videolavha yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.

Qibray tumani Bobur mahallasi Universitet ko‘chasida joylashgan, "Toshkent Osiyo" AJga qarashli (xalq tilida "Chaq-chuq" bozori) bozor va ushbu huddud atrofida joylashgan ko‘plab ishlab chiqarish korxonalariga kirib-chiquvchi yuk tashuvchi avtomobillar qatnovining ko‘pligi sababli yo‘lning qatnov qismi tamirtalab ahvolga kelib qolgan.

Qibray tumani hokimi o‘rinbosari va mahalla raisi murojaat yuzasidan "Toshkent Osiyo" AJ rahbariyati bilan holatni o‘rganib, mazkur yo‘lda bozor ma'muriyati tomonidan joriy yilning fevral oyida ham tekislash ishlari amalga oshirilganligini (
foto va videolar taqdim etildi) ammo, yog‘ingarchilik va yuk tashuvchi avtomobillarning doimiy qatnovi sababli yo‘l avvalgidek ta'mirtalab holga kelib qolganligi ma'lum bo‘ldi.

Bozor ma'muriyati bilan o‘tkazilgan tushuntirish ishlaridan so‘ng, qulay ob-havo sharoitidan foydalanib mazkur yo‘lni maxsus texnikalar yordamida tekislash, mayda chaqiq tosh (sheben) yotqizish hamda havo harorati ko‘tarilgach hududdagi tadbirkorlar bilan hamkorlikda asfaltlashtirish ishlari olib borilishini bildirib o‘tdi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Аxborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifi va Amudaryo uzra qurilgan Do'stlik ko'prigining ochilishi yuzasidan Xalq deputatlari Qibray tumani Kengashi deputati Doniyor Yusupovning munosabati "O'zbekiston 24" telekanali lavhasida
.

✍️ Qibray tumani hokimligi Аxborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Qibray tumanidagi “Botanika” sihatgohiga olib boradigan yo‘lning o‘ydim-chuqurlardan iborat bo‘lib qolgani to‘g‘risida murojaat tarqaldi.

Mazkur lavhada berilgan mahallaning Botanika ko’chasidan PQ-408-sonli qarorga asosan 1’5km masofada oqava suv quvurlari tortilib aholining ushbu sohadagi muammolari bartaraf etilgan.Oqava suv quvurlarining ustki qismi shebenlashtirilib yopilgandan so’ng yuk mashinalarining qatnovi sabab yer qatlamida cho’kish kuzatilgan

Hozirda tegishli mutasaddilar tomonidan o‘rganilmoqda.

✍️ Qibray tumani hokimligi Аxborot xizmati
#munosabat

Telegram ijtimoiy tarmog’i orqali Shalola-May mahallasi yo’nalishidagi 4R8 davlat ahamiyatidagi avtomobil yolining nosozligi aks etgan video murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Qibray tuman yo’llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan joriy yilda 4R8 Yonariq-Madaniyat-Taraqqiy-Mehnat-Shalola-May-Yangi avlod-Shaqrq-Jomiy yo’nalishi bo’yicha davlat ahamiyatidagi avtomobil yo’llarini joriy ta’mirlash rejalashtirilgan bo’lib,
bugungi kunga qadar, Yonariq-Madaniyat-Taraqqiy-Mehnat yo’nalishi bo’yicha (0-8km)joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Noqulay ob-havo sharoiti sabab, olib borilayotgan ta’mirlash ishlari qisqa muddatga to’xtatilgan edi. Hozirda, havoning qulayligini inobatga olib, Qibray tuman yo’llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan 4R8 avtomobil yo’lining qolgan Mehnat-Shalola-May-Yangi avlod-Shaqrq-Jomiy yo’nalishi bo’yicha ishlar davom ettirilishini bildirib o’tamiz.

Noqulayliklar uchun aholidan uzr so’raymiz.

✍️ Qibray tuman hokimligi Аxborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida to‘qimachilik sohasida eksport va investitsiya hajmlarini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan o’tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ko’tarilgan masalalar bo’yicha Qibray tumani Kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limi boshlig’i Xusan Avazmatovning munosabati "Nurafshon TV" telekanali lavhasida
.

✍️ Qibray tumani hokimligi Аxborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube
#munosabat

Yoshlar — mamlakatimiz taraqqiyotining drayveriga aylanadi

Xalq deputatlari Qibray tumani Kengashi deputati Doniyor Yusupovning "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili" davlat dasturida belgilangan vazifalar yuzasidan munosabati

👉Batafsil


✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#munosabat

Qibray tumani Shalola va May mahallalarida ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.

Haqiqatan, "Toshkent viloyati suv ta'minoti" AJ Qibray tumani filialiga qarashli "UzNIJI" suv inshootida o‘rnatilgan D-200-90 nasos agregati dvigatelining asosiy yuqori kuchlanishda ishlashi oqibatida yuzaga kelgan avariya sababli, joriy yilning 2 may kuni soat 20:00larda Qibray tumanidagi Shalola va May mahallalariga ichimlik suvi yetkazib berish to‘xtatilgan va bu haqida zudlik bilan mazkur mahalla raislari, mahallalar hamda markaziy tuman shtabi telegram guruhlari orqali aholiga ma'lumot berilgan.

"Toshkent viloyati suv ta'minoti" AJ Qibray tumani filiali tomonidan tezkor choralar ko‘rilib, qo‘shimcha nasoslar ishga tushurilishiga qaramay, ichimlik suvi bosimini bir me'yorga keltirish imkoni bo‘lmaganligi sababli, maxsus texnikalar yordamida aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida amaliy ishlar olib borildi.

Hozirda, yuzaga kelgan nosozlikni to‘liq bartaraf etish va aholiga bugunning o‘zida ichimlik suvini uzluksiz yetkazib berilishini ta'minlash maqsadida yuqori bosimli (umumiy qiymati 500 mln so'm bo'lgan 300 m3
, avvalgisi 200 m3) nasos agregati dvigatelini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
Ichimlik suvi ta'minotidagi muammolar to‘liq bartaraf etilgunga qadar "Toshkent viloyati suv ta'minoti" AJ Qibray tumani filiali tomonidan maxsus texnikalar yordamida suv yetkazib berilishi nazoratga olingan.


Keltirilgan noqulayliklar uchun iste'molchilardan uzr so'raymiz

✍️Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Uzumzor mahallasidan o‘tuvchi yo‘ldagi nosozliklar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz

Qibray tumani yo‘llardan foydalanish davlat muassasasiga qarashli mazkur (Jambul qishlog‘iga Shahobcha) 4K693b umumfoydalanuvdagi markaziy yo‘lning ayrim qatnov qismidan belgilangan dastur doirasida aholiga ichimlik suvini uzluksiz yetkazib berish maqsadida quvurlar o‘tkazilganligi sababli, ta'mirtalab holga kelib qolgan. Havoning qulayligini inobatga olib, Qibray tumani yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan joriy yilning 30 may kunidan Uzumzor-Oqoltin yo‘nalishi bo‘yicha 5 km umumfoydalanuvdagi markaziy yo‘lda joriy ta'mirlash ishlari olib boriladi
.

Keltirilgan noqulayliklar uchun Qibray tumani yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi haydovchilardan uzr so‘raydi
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Qibray tumani O’tkir mahallasi Billur kochasida yashovchi bir guruh fuqarolar tomonidan yo’llangan murojaat yuzasidan tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo'limi quyidagilarni malum qiladi

👉Batafsil

✍️Qibray tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo'limi
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kadastr hujjatlarini rasmiyashtirishdagi tushunmovchiliklar yuzasidan yo'llangan murojaat yuzasidan Iqtisodiyot va moliy vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlar palatasi Qibray tumani filiali quyidagilarni ma'lum qiladi


Qibray tumanining "Tuzel" hududidagi mahallalalar hukumatning tegishli qaroriga asosan, Yashnobod tumaniga o'tkazilganligi sababli mazkur hududdagi mahallalalarda yashovchi aholi xondonlariga tegishli kadastr va boshqa hujjatlar (nushalari) Yashnobod tumaniga belgilangan tartibda topshirilgan
. Shu sababdan, hozirda "Tuzel" hududidagi mahallalalarda yashovchi fuqarolardan kadastr hujjatlari bilan bog'liq masalalar yuzasidan Davlat kadastrlar palatasi Yashnobod tumani filialiga murojaat qilishlarini so'raymiz.

✍️Kadastr agentligi Davlat kadastrlar palatasi Qibray tumani filiali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

O’zbekiston-Turkiya strategik hamkorlikning yangi bosqichi haqida Xalq deputatlari Qibray tumani Kengashi deputati Doniyor Yusupovning munosabati


✍️ Qibray tumani hokimligi Аxborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube
​#munosabat

“QIBRAY-VAHOBOV ABDUVOXID” fermer xoʼjaligi rahbarining murojaati yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz

👉Batafsil
#munosabat

Ijtimoiy tarmoq orqali Qibray tumanidagi bir guruh tadbirkorlar tomonidan yo'llangan murojaat yuzasidan Toshkent viloyati Avtomobil yo'llar bosh boshqarmasi quyidagilarni ma'lum qiladi

Toshkent viloyatining Qibray tumani va Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidan o‘tuvchi Temur Malik ko‘chasi ya'ni, M39b “Toshkent xalqa avtomobil yo‘li” avtomobil yo‘lida 32-34 kmlarida yo‘lovchilar uchun qulayliklar yaratish maqsadida piyodalar yer osti yo‘li va piyodalar yo‘lakchasi qurish orqali avtomobil transporti tirbandliklarini oldini olish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ushbu ishlar tasdiqlangan Dovlat dasturiga asosan ishlab chiqilgan loyiha smeta hujjatlar asosida amalga oshirilmoqda. Murojaatda M39b “Toshkent xalqa yo'li” Qibray tumani hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘linining chap tomonidan transport vositalari uchun avtomobil yo‘liga chiqish tutashmasini ochish joylari piyodalar o‘tish yo‘lagi va piyodalar uchun yer osti o‘tish joylarida transport vositalarini kirib chiqishi ochib berilsa piyodalar bilan bog‘liq yo‘l transport hodisalarini sodir bo‘lishiga sabab bo‘lib qolishi va yo'lovchilarni qatnoviga ta'sir ko‘rsatishi sababli loyihalashtirish jarayonida inobatga olingan.
Hozirgi vaqtda tadbirkorlar uchun “Qoramurt” ko‘chasidan avtomobillar harakatlanishi uchun qo'shimcha imkoniyati mavjud.


✍️Toshkent viloyati Avtomobil yo'llar bosh boshqarmasi
#munosabat

"Nurafshon TV" telekanali orqali Qibray tumani "Fidokor" mahallasidagi bir guruh fuqarolarning yo'llagan murojaat va muammolari O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi orqali hal etilishini ma'lum qilamiz.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali chiqindilar to’planib qolganligi yuzasidan berilgan videolavha yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz

Tumandagi markaziy Avtoshoxbekat atrofida fuqarolar tomonidan tashlab ketilgan maishiy chiqindilar tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan doimiy ravishda kun davomida belgilangan vaqtda olib ketilishi nazoratga olingan.Ushbu video olingan kuni ham chiqindilar belgilangan vaqtda olib ketilgan.
Fuqarolardan chiqindilarni belgilangan joylarga yoki maxsus qutilarga tashlashlarini so’rab qolamiz.

Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati