Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.53K subscribers
40.3K photos
3.2K videos
60 files
13.2K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#eʼtibor

Bolajonlarning yozgi ta'tillarini maroqli o'tkazish uchun turli tadbirlar o'tkazilmoqda

Xususan, Qibray tuman hokimligi tashabbusi bilan "Yoshlar oyligi" doirasida, tumandagi ko'zi ojizlar jamiyati a'zolarining 20 nafar farzandlari uchun Toshkent shahrida joylashgan, hayvonot bog'iga sayohat uyushtirildi.Ekskursiya davomida bolajonlar yovvoyi hayvonlar va ularga g‘amxo‘rlik qilish haqida ko‘p ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, tumandagi "Mix Burger" umumiy ovqatlanish shoxobchasi tomonidan bolalar uchun tushlik dasturxoni yozildi.


✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#eʼtibor

Qibray tumani prokuraturasi va Yoshlar ishlari agentligi tuman bo'limi hamkorligida tumandagi yoshlarni qo'llab-quvvatlash borasida amaliy ishlar olib borilmoqda

Bu boradagi ishlar "Nurafshon TV" telekanali lavhasida

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#eʼtibor

Fuqarononing murojaati tuman hokimligi tomonidan bee'tibor qoldirilmadi

Qibray tumani hokimi o'rinbosari R.Xasanov va Inson ijtimoiy xizmatlar markazi mutassadilari birgalikda "Sohibkor" mahallasida yashovchi, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaroning murojaatiga asosan, uning xonadonida bo'lib, ijtimoiy holatini o'rgandilar.

O'rganish davomida murojaatchining sog'ligidagi muammolar sabab tibbiy reabilitatsiya vositasiga muhtoj ekanligi aniqlanib, shu kunning o'zida tuman hokimligi tomonidan unga maxsus aravacha topshirildi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#eʼtibor

Hokim topshirig’iga asosan turmush sharoiti og‘ir oilalar holidan xabar olindi

Xususan, Qibray tumani hokimi o’rinbosari R.Naipova, “Mehnat” mahallasidagi imkoniyati cheklangan, yashash va turmush tarzi og‘ir bo‘lgan bir nechta oilalar holidan xabar olib, ularga tuman hokimi tomonidan ajratilgan oziq-ovqat mahsulotlarini topshirdi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM