Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.63K subscribers
39.6K photos
3.1K videos
59 files
12.9K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#taʼlim
#tuhfa

Tumanda yana bir oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti ish boshladi

Bugun, Qibray tumani Yangiobod mahallasida faoliyatini boshlagan "Bahorcha" nomli oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotining tantanali ochilish marosimida ishtirok etgan mahalla nuroniylari, ota-onalar va keng jamoatchilik vakillari, mazkur maskandagi sharoitlar haqida iliq fikrlarini bildirib o’tdilar.

Qo’shimcha 4 ta yangi ish o’rni yaratilgan ta’lim-ta’rbiya maskanida, bolajonlar uchun turli fan, ijodiy va sport to'garaklari faoliyati yo'lga qo'yilgan.


✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"E-auksion" platformasida 140 dan ortiq bo'lgan Davlat aktivlarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 11 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 10 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 4 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 8 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 4 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 1 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 7 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 10 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 17 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 12 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 16 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 7 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 7 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 8 ta (Ko'rish)

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Kengash_qarori

2024-yil 1-mavsum “Open budget” loyihasi yakuniga ko‘ra, Qibray tumanida qo‘shimcha g‘olib deb topilgan Qipchoq mahallasining ichki yo'llarini ta'mirlash uchun 1.360.000.000 (bir milliard uch yuz oltmish million) so'm mablag' yo‘naltirildi.

📜Kengash qarori

✍️Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kiberxavfsizlik

Tumanda "Kibermadaniyatni yuksaltirish" oyligi doirasida targ'ibot tadbirlari o'tkazilmoqda.

Xususan, O'zbekiston Respublikasi IIV Kiberxavfsizlik markazi va Qibray tumani IIBB hamkorligida mahalla raislari hamda korxona-tashkilotlarda kibertahdidlardan himoyalanish va xodimlarni ogohlikka chaqirish borasida targ'ibot-tashviqot ishlari olib borildi.


✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#dolzarb_30_kun

“Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Dolzarb 30 kun”

Qibray tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan oylik doirasida o'tkazilayotgan profilaktik tadbirlar va maxsus taktik o'quv mashg'ulotlarining navbatdagisi tumandagi harbiy qismlarning birida o'tkazildi.

O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga qarashli harbiy qism askarlari va harbiy xizmatchilar uchun o'tkazilgan o'quv mashg'ulot davomida yong‘in xavfsizligini ta'minlash hamda uni oldini olish bo'yicha ko'rgazmali chiqishlar va yo'riqnomalar berildi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#jarayon

Qibray tuman yo'llardan foydalanish davlat muassasasi xodimlari tomonidan markaziy ko'chalar va yog'ingarchilik kunlari suv toshish oqibatlarini oldini olish maqsadida ariqlar turli chiqindilardan tozalanib, tartibga keltirilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, ko'chalar atrofiga tashlab ketilgan chiqindilar, siz-u biz kabi insonlarga qoshimcha mehnat yuklashini unutmang!


Atrof-muhit muhofazasi va uning orastaligiga aslo bee'tibor bo'lmang!

Kuzatuv kameralari orqali aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan bayonnomalar rasmiylashtirilib, aybdorlarga nisbatan jarimalar belgilanmoqda.

Eslatma, tumandagi markaziy ko'chalarning belgilanmagan hududlariga chiqindi tashlash holatlari kuzatuv kameralari orqali aniqlanib, jarimalar undirilmoqda.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM