Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.58K subscribers
39.7K photos
3.13K videos
60 files
13K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#mehr_saxovat

🔹Qishning sovuq kunlarida aholininig turli qatlamlarini har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularga e'tibor qaratish maqsadida "Ahillik" mahallasida saxovatpesha homiylar tomonidan 60 kg osh tayyorlanib, mahalladagi keksa nuroniylar,ehtiyojmand, yashash sharoiti o'g'ir va nogironligi bor oilalar, xizmat faoliyatini olib borayotgan avtoyo'l xodimlari va boshqa fuqarolarga tarqatildi.

✍️ Qibray tuman hokimligi axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ /Instagram/
#mehr_saxovat

Mahallalarda aholi va faoliyat olib borayotgan xodimlarga osh tarqatilmoqda

🔹Sinovli kunlarda turmush va yashash sharoiti o‘g‘ir, ehtiyjmand, keksalar va o‘z xizmat vazifalarini amalga oshirayotgan obodonlashtirish, yo‘lsozlar hamda kommunal soha xodimlariga e'tibor qaratilib, ularga saxovatpesha insonlar tomonidan osh damlanib tarqatilmoqda.

Xususan, tumandagi "Farovon"," May" va "Haydarobod" mahallalarida ham bu kabi xayrli ishlar amalga oshirilib, fuqarolarga va yotoqli bemorlarga osh tarqatildi.

✍️ Qibray tuman hokimligi axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ /Instagram/
#mehr_saxovat

Xalqimizning bag‘rikengligi sinovli kunlarda yana bir bor o‘z isbotini topmoqda

🔹Mahallalardagi turmush sharoiti og‘ir, nogiron, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va xizmat faoliyatini olib borayotgan xodimlarga e'tibor qaratish kabi xayrli ishlar davom etmoqda.

Jumladan, "May" mahalla raisi tashabbusi va homiylarning yordami bilan bugun ham aholining ehtiyojmand qatlami va tozalash-obodonlashtirish xodimlari uchun osh damlanib tarqatildi.Shuningdek, yotoqli bemorlarning xonadonlariga yetkazib berildi.

✍️ Qibray tuman hokimligi axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ /Instagram/
#mehr_saxovat

🔹Tumandagi G‘ofur G‘ulom mahalla faollari va homiylarning tashabbusi va yordami bilan osh damlanib, mahalladagi 120 nafar turmush sharoiti og‘ir, nogiron, ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda nogironligi bor bo‘lgan oilalarga yetkazib berildi.

Bu kabi xayrli ishlar, tumandagi ko‘plab mahallalarda tashkil etilmoqda.

✍️ Qibray tuman hokimligi axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ /Instagram/
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mehr_saxovat

🔹Qibray tumani 4-sektorga qarashli "Ko‘prikboshi" mahallasida yashovchi Ashirmatovlar xonadonida UzAgrolizing AJ va tuman Davlat soliq inspeksiyasi hamkorligida tashkil etilgan iftorlik dasturxoni va muborak oyda ko‘rsatilgan e'tibor, xonadon egalarining ko‘ngillarini xushnud qildi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

/telegram/ facebook/ Instagram/ Website/
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mehr_saxovat

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga e'tibor qaratilib, ularga moddiy yordam ko‘rsatildi

🔹Xalqimizda azal-azaldan ehtiyojmand, himoyaga muhtoj fuqarolarga yordam ko‘rsatish, ularning holidan doimiy ravishda xabar olish a'anaga aylangan.

Qibray tuman hokimligi va hamkor tashkilotlatlarning sa'y-harakatlari bilan bu kabi xayrli ishlarning davomi sifatida ehtiyojmand va nogironligi bor fuqarolarning 65 nafariga moddiy yordam ko‘rsatildi.

📌Tuman hokimining tegishli farmoyishiga asosan ajratilgan mablag'lar mutasaddilar tomonidan oilalarga yetkazib berildi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

/telegram/ facebook/ Instagram/‌‌
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mehr_saxovat

Qibray tumani hokimi va sektor rahbarlarining tumanda joylashgan 42-sonli tayanch-harakatida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati va respublika bolalar ortopediya markazida davolanayotgan bolajonlar bilan uchrashuvi tafsilotlari haqida "O‘zbekiston 24" telekanali lavhasida.


✍️ Qibray tuman hokimligi Аxborot xizmati

/
telegram/ /facebook/ /Instagram/
#mehr_saxovat

Muborak Ramazon oyida ehtiyojmand hamda moddiy va ma'naviy ko'makka muhtoj oilalar holidan xabar olish, xalqimizga xos bo'lgan insoniy fazilatlarning biridir

Kuni kecha, Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov tashabbusi bilan hokim o'rinbosari va hokimlik mas'ul xodimi, ijtimoiy himoyaga muhtoj va surunkali kasallik bilan davolanayotgan xotin-qizlarning xonadonida bo'lib, ularning holidan xabar oldilar.

Shuningdek, ularga hokimlik tomonidan taqdim etilgan oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi
.

✍️ Qibray tuman hokimligi Аxborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube
#mehr_saxovat

Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga mehr-muruvvat ko‘rsatildi

Qurbon hayiti munosabati bilan tumanda joylashgan "Aksa Enerji" korxonasi tomonidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasida xizmat qilib kelayotgan va ehtiyojmand, nogironligi bor bo‘lgan 150 nafar fuqarolarga go‘sht mahsuloti ehson qilindi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Аxborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube