Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.52K subscribers
40.7K photos
3.23K videos
60 files
13.3K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#tomorqa

Taraqqiylik Hayotxoji ota tomorqasidagi issiqxonada yiliga 100 ming dona turli gul ko'chatlari yetishtirmoqda

Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov, Taraqqiy mahallasida bo'lib, Yoldashev Hayotxoji otaning tomorqa yerlaridan samarali foydalanish bo'yicha tajribasi bilan yaqindan tanishdi.

O'z tomorqasidagi issiqxonada oila a'zolari bilan turli hil gul ko'chatlari yetishtirib, respublikamizning aksariyat viloyatlariga yetkazib berayotgan Hayotxoji ota, 15 nafardan ortiq mahalliy fuqarolarni ham mavsumiy ish bilan ta'minlab kelmoqda.

Tuman hokimi, Hayotxoji otaning tomorqadan foydalanish bo'yicha tajribasini barcha mahallalarda joriy qilish va tomorqa yerlaridan samarasiz foydalanib kelayotgan aholi vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etish lozimligini ta'kidladi.

✍️ Qibray tuman hokimligi Аxborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube
#Statistika

Toshkent viloyatining qaysi hududida xususiy korxonalar ko‘proq joylashgan?

2024-yilning 1-mart holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 43 584 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 3 811 ta. Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:

Zangiota tumani – 373 ta
Toshkent tumani – 306 ta
Qibray tumani – 302 ta
Chirchiq shahri – 299 ta


🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sayyor_qabul

Tuman hokimi: Aholi murojaatlari va topshiriqlar ijrosiga mas’ul xodimlarning intizomi nazoratga olinadi

Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidovning navbatdagi sayyor qabuli "Taraqqiy" mahallasida bo‘lib o‘tdi.

Tuman hokimi fuqarolarning murojaat va muammolariga e'tibor qaratib, ular tomonidan bildirilgan mavjud muammolarni tegishli ma'ullar bilan birgalikda hal etish va yechimini kutayotgan ko‘plab masalalarni tizimli ravishda bartaraf qilish uchun tegishli mas’ullardan iborat ishchi guruh tuzishga ko’rsatma berdi.

Shuningdek, tuman rahbari, aholi turmush tarzini yaxshilash va muammolarini hal etish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar yuzasidan mas’ullarga topshiriq berib, aholini, mahallani obod qilish, ko’kalamzorlashitirish va “Yashil makon” loyihasi doirasida nuroniylar boshchiligida hasharlar uyushtirish orqali daraxt ko’chatlarini o’tkazishda faol bo’lishga chaqirdi.

✍️ Qibray tuman hokimligi Аxborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube