Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.55K subscribers
39.9K photos
3.15K videos
60 files
13K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#jarayon

Havoning qulayligi dehqonlarga qo’l kelmoqda

Erta tongdan, Qibray tumanidagi fermer xo'jaliklari yer maydonlarini ariq suvi orqali sug'orish tizimini yaxshilash maqsadida qoshimcha ariqlar tashkil etish bo'yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Tuman hokimi Muzaffar Rashidov va tuman prokurori Faxriddin Mirzayevlar ichki sug'orish ariq va zovurlarni betonlashtirish jarayonlarini ko’zdan kechirib, mas’ullarga qulay ob-havo sharoitidan unumli foydalanish zarurligini aytib o’tdilar.

Shuningdek, joriy yil hosili uchun ekilgan boshoqli don ekinlarini mahalliy oʻgʻitlar bilan oziqlantirish ishlarini ham jadal davom ettirish bo’yicha ko’rsatma berildi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
14- fevral Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun

🔹
Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yilning 14-fevralida Andijonda, Farg‘ona ulusining hokimi Umar Shayx Mirzo oilasida dunyoga kelgan.

🔸Zahiriddin Muhammad Bobur O‘rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she'riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim bo‘lish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir.

Bugun tumandagi barcha ta'lim muassasalarida buyuk ajdodimizning tavallud kuni munosabati bag'ishlab ma'nafiy-ma'rifiy kechalar o'tkazilmoqda.

✍️Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#test_sinovi

Qibray tumanida joylashgan, Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan oddiy askarlar uchun o’tkazilgan test jarayonlari “Nurafshon TV” telekanali lavhasida.

✍️Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2024

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriati “Tergov faoliyati” yoʻnalishiga qabul davom etmoqda

Batafsil

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Obodonlashtirish

Tumanda yaqinlashib kelayotgan bahor mavsumi arafasida obobdonlashtirish ishlari olib borilmoqda

Qibray tumani hokimi sektor rahbarlari tashabbusi bilan "Baytqo‘rg‘on" hududidagi fermer va boshqa xo‘jalilklari yer maydonlari atrofida obodonlashtirish, turli chiqindilardan tozalash ishlari bilan birga, hududdagi ariq va zovurlar maxsus texnikalar yordamida tozalanib, mavsumga tayyorlanmoqda.

Shuningdek, mazkur hududda joylashgan mahallalarda ham obodonlashtirish ishlari mahalla mas'ullar boshchiligida amalga oshirilmoqda.Jarayonlarda tuman Obodonlashtirish xodimlari ham faol ishtirok etmoqda.

✍️Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#jarayon

Tuman prokurori maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi qurilish ishlarini o'z nazoratiga oldi

Bugun, Qibray tumani prokurori Faxriddin Mirzayev, belgilangan dasturlar doirasida tumandagi ijtimoiy soha obe'ktlarida olib borilayotgan ishlar va bu boradagi kamchiliklarni viloyat hokimligi huzuridagi yagona buyurtmachi xizmati injineering kompaniyasi mas’ullari bilan muhokama qildi.

Xussun, Sharq va Ges Qodiriya mahallalarida joylashgan 16- va 19
-MTTlarda hamda Ko’prikboshi mahallasidagi poliklinikadagi qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda yakuniga etkazilmaganligi yuzasidan e'tirozlar bildirilib, ushbu ishlarni yakuniga yetkazish bo'yicha aniq muddatlar belgilandi.

✍️Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#оbodonlashtirish

Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov va sektor rahbarlari "Baytqo‘rg‘on" hududidagi mahallalarda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib, o'z hududlarida amalga oshiriladigan obodonlashtirish va tozalash ishlari yuzasidan suhbatlashdilar.

Shuningdek, tadbirkorlik sub'yektlariga tegishli bino atrofini oqlash va tartibga keltirish lozimligi ham aytib o'tildi.


✍️Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/