Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.55K subscribers
40K photos
3.16K videos
60 files
13.1K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#ta'lim

Tuman hokimi maktab bitiruvchilari bilan olib borilayotgan ishlarga e'tibor qaratdi

❇️
Qibray tumani hokimi M.Mirkasimov, 28-umumiy o‘rta ta'lim maktabida bo'lib, maktab rahbariyati bilan bitiruvchilarni ta'limni keyingi bosqichiga qamrab olish bo'yicha ko'rilayotgan choralar to'g'risida suhbatlashdi.

Joriy yilda, mazkur maktabni tamomlaydigan 64 nafar o'quvchilardan 58 nafari (avvalgi yilda 50 nafardan, 25 nafari turli OTMlarga qabul qilingan) yurtimizdagi va xorijiy oliygohlarga kirish istagini bildirgan.

📌
Maktab mas'ullarining avvalgi yildagi yutuq hamda kamchiliklari tahlili bilan qiziqqan tuman hokimi, joriy yilda bu ko'rsatkichni yanada oshirish uchun e'tibor qaratilishi lozim bo'lgan asosiy vazifalar yuzasidan o'z taklif va fikrlarini bildirdi.Shuningdek,o'quvchi yoshlar tomonidan yasalgan turli maketlar bilan ham tanishib o‘tdi.

✍️ Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ Instagram/
#yashil_makon

Mahallalarda "Har bir yoshga bir nihol" shiori ostida aksiyalar o'tkazilmoqda

🌳Jumladan, yaxshi niyat va doular bilan "Yonariq" mahallasi yoshlar yetakchisi hamda ko'ngilli yoshlari birgalikda 39-maktab hovlisi va "Yonariq" va "Ahil" ko'chalaridagi 4 ta xonadon oldi va tomorqalariga aksiyasi doirasida mevali daraxt ko'chatlari ekilib, borlari esa oqlandi.

📌Bu kabi xayrli ishlar, xonadonbay o'rganishlar davomida tomorqasida daraxt ekish uchun yer maydoni bor bo'lgan turli toifadagi oilalarga yordam tariqasida amalga oshirilmoqda.

✍️ Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ Instagram/
#sayyor_qabul

Tuman prokurori deputat bilan birgalikda aholi murojaatlarini o‘rganmoqda

🔹Qibray tuman prokurori S.Salixov va tuman deputati G.To'xtanazorovalar "Qipchoq" mahallasida sayyor qabul o'tkazdi.

Sayyor qabulda fuqarolarning murojaatlari tegishli mas'ullar ishtirokida atroflicha o‘rganilib, murojaatlarni belgilangan tartibda ijrosini ta'minlash yuzasidan mas'ullarga vazifa va topshiriq berildi.

📌Shuningdek, mutasaddilar PQ-408-qarorga asosan mahallada ichimlik suvi quvurlarini yangilash bo'yicha amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini hamda 13-maktabning sport zali va o'quv xonalaridagi sharoitlarni o'rgandilar.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

/telegram/ facebook/ Instagram/ Website/
Hujjatlarni qalbakilashtirish orqali byudjet mablagʻlarini talon taroj qilgan MCHJ rahbariga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Aniqlanishicha, fuqaro L.Mirzaaxmedova rahbarlik qilgan pudratchi MCHJ tomonidan 2 ta holatda qurilish, taʼmirlash ishlari uchun ajratilgan byudjet mablagʻlari hujjatlarni soxtalashtirish orqali talon taroj qilingan.

Batafsil👉 https://bit.ly/3IS4zYL


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |