Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.63K subscribers
39.5K photos
3.07K videos
59 files
12.8K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#jarayon

Yoshlar ishlari agentligi Qibray tuman bo'limi mas'ullari tomonidan mahallalaridagi yoshlar yetakchilarining 2022-yil davomida amalga oshirgan ishlari hamda muammo va takliflari o'rganilib, ularga amaliy yordam ko'rsatilmoqda.

📎 Xususan, o'rganishlar davomida Navro'z, Bobur, Oybek, Fidokor, Yangi O'nqorg'on, O'nqorg'on mahallalarining mahalla yetakchilari tomonidan o'tkazilgan xatlov natijalari, “Yoshlar daftari” orqali koʻmak berilgan yoshlar, “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2 mavsumi doirasida tashkil etilgan sport musobaqalari va “Yoshlar dasturi”ning ijrosi nazoratdan o'tkazildi.

🎁Shuningdek, agentlik tomonidan mahalladagi iqtidorli yoshlarga sovg'alar ham topshirilmoqda.

✍️ Qibray tumani hokimligi axborot xizmati

/telegram/ facebook/ Instagram/ Website/
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#brifing
#sarhisob

Doniyor Ahmedov,
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi Toshkent viloyati hududiy boʻlimi rahbari:

2022-yilda viloyatda koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatuvchi boshqaruv tashkilotlari oʻrganilganda, 10 milliard soʻmdan ortiq kamomad aniqlandi.

Shuningdek, 27 ta uy-joy mulkdorlar shirkatlarida oʻtkazilgan tekshirish jarayonlarida 2 milliard soʻmga yaqin pul mablagʻlari oʻzlashtirilgani maʼlum boʻldi.

Bu kabi holatlar yuzasidan tegishli tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga hujjatlar taqdim etib borilmoqda.

Batafsil videolavhada.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_muloqot

Tumanda muqobil energiyadan foydalanish bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi

⚡️Qibray tumanidagi mavjud tadbirkorlik obe'ktkari va korxona-tashkilotlarda elektr energiyasiga bo‘lgan talabning 30 foizga qisqartirish uchun quyosh panellarini o‘rnatish va bu orqali uzulishlarni oldini olish hamda elektr energiyasi bilan uzluksiz ta'minlash maqsadida muqobil energiyaga o‘tish yuzasidan tadbirkor va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Tuman hokimi M.Mirkasimov va sektor rahbarlari boshchiligida o‘tgan yig‘ilishda, elektr va mablag‘larni tejashda quyosh panellarining afzalliklari, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, energiya tejovchi texnologiyalardan foydalanayotgan aholi va tadbirkolik sube'ktlariga beriladigan soliq imtiyozlari haqida mutaxassislar tomonidan batafsil ma'lumotlar berildi.

✍️ Qibray tumani hokimligi axborot xizmati

/telegram/ facebook/ Instagram/ Website/
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
⚡️Anomal sovuq natijasida qiyinchilik ko‘rgan tadbirkorlarga yengilliklar beriladi

Ayni daqiqalarda Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatida tadbirkorlar bilan uchrashmoqda.

«Bu yil qish nihoyatda sovuq keldi. Ko‘plab tadbirkorlar bundan qiynalganini bilib turibman», — dedi Prezident.

Xususan, respublikada 3 mingta hududiy sanoat korxonasida 7 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilmagan (ularda 350 ming aholi band).

Hisob-kitobga ko‘ra, zarur choralar ko‘rilmasa, birinchi chorakda yalpi mahsulot o‘sishi 1,5 foizgacha pasayishi mumkin (5 foizdan 3,5 foizgacha).

❗️«Oldimizda dolzarb vazifa — “qattiq sovuq” oqibatlarini bartaraf etib, biznes faoliyatini tezroq izga tushirish», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu bois, iqtisodiyotda yo‘qotishlar o‘rnini qoplash va biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun bugun alohida Prezident qarori imzolangan.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
⚡️Anomal sovuq natijasida qiyinchilik ko‘rgan tadbirkorlarga yengilliklar beriladi Ayni daqiqalarda Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatida tadbirkorlar bilan uchrashmoqda. «Bu yil qish nihoyatda sovuq keldi. Ko‘plab tadbirkorlar bundan qiynalganini bilib…
Tadbirkorlarga qanday yengilliklar beriladi?

“Qattiq sovuq”dan qiyinchilik ko‘rgan tadbirkorlarga kredit, soliq, bojxona va boshqa to‘lovlar bo‘yicha yengilliklar beriladi.

Jumladan:

2 ming nafar kichik va o‘rta tadbirkorlarning yanvar-martda muddati keladigan 4,7 trillion so‘m kredit to‘lovlari 1-iyunga qadar uzaytiriladi;

29 mingta tadbirkorning 2 trillion so‘m soliqdan qarzini 1-iyulga qadar foizsiz, qo‘shimcha garovsiz va “penya”siz bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi;

quvvati pasaygan 545 ta sanoat korxonasiga ishlab chiqarishni tiklash va aylanma mablag‘ uchun 8 trillion so‘m kredit ajratiladi;

nosoz uskunalarni taʼmirlashga kreditlar ajratiladi, ular bo‘yicha 2,5 milliard so‘mgacha kafillik beriladi va kredit stavkasining 4,5 foizi qoplab beriladi;

27 mingta tadbirkor uchun davlat mulki ijara to‘lovi 1-aprelga qadar o‘zgarmaydi va uni bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi (tadbirkorlarda 52 milliard so‘m qoladi);

davlat mulkini sotib olgan tadbirkorlar uchun to‘lovlar, foiz va “penya” 1-aprelga qadar to‘xtatib turiladi;

ishlab chiqarish binolarining har bir yuqori qavati uchun tadbirkorlarga mol-mulk solig‘idan 10 foizdan chegirma beriladi.


👉 @xushnudbek 👈
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Наманган вилоятига ташрифи Давлатобод туманидаги «Fazman tekstil» корхонасидан бошланди.

Визит Президента Шавката Мирзиёева в Наманганскую область начался с посещения предприятия «Fazman tekstil» в Давлатабадском районе.

#Mirziyoyev #safar #Namangan #korxona

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter