Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.54K subscribers
40.1K photos
3.17K videos
60 files
13.1K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#xavfsiz_hudud

Mahallalarni xavfsiz hududga aylantish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda


Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2025 yil 3 yanvardagi PQ–1-sonli qaroriga asosan, Qibray tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, IIB va adliya bo'limi hamda mahalla xodimlari bilan birgalikda mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasini ta'minlash boy'icha
manzilli chora-tadbirlarning namunaviy “Yo'l xaritasi”ni ishlab chiqish va bevosita hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan taklif va tavsiyalar berilmoqda.

Tumandagi Zebuniso mahallasida o'tkazilgan uchrashuvda ham bu boradagi ishlar muhokama qilindi.

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#ogohlik

Xavfsiz hayot sari

Firibgarlarning tuzog'idan ehtiyot bo'ling!

👉Batafsil

✍️Qibray tumani IIB
#hamkorlik

Tuman deputatlari va mahalla yettiligi o'rtasida hamkorlik yo'lga qo'yilmoqda

Jumladan, Xalq deputatlari Qibray tumani Kengashi deputati N.Alimov, “Qipchoq” mahalla yettiligi bilan uchrashib, ularga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarorining mazmun-mohiyati to'g'risida tushuncha berdi va hamkorlikda amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.

👉Manba

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#nazorat

Energiya resurslaridan oqilona foydalanish borasidagi ishlar tahlil qilindi


Qibray tuman prokurori F.Mirzayev boshchiligida o'tkazilgan yig'ilishda, yoqilgʼi-energetika sohasidagi topshiriqlar ijrosi soha mutasaddilari ishtirokida tahliliy muhokama qilindi.

Yig'ilishda, energiya resurslaridan oqilona foydalanish va iqtisod qilish rejalarini toʼlaqonli bajarish bilan birga, energiya resurslarini talon-toroj qilinish va noqonuniy foydalanish holatlariga qarshi kurashish borasida hamkorlikdagi reyd tadbirlarini uzluksiz ravishda tashkil etish kabi masalalar yuzasidan ham mas'ullarga vazifalar berildi.

Shuningdek, qish mavsumida energiya tizimini barqaror ishlashi va aholi xonadonlari va iqtisodiyot tarmoqlariga uzluksiz yetkazib berish choralarini ko'rish bo'yicha tegishli koʼrsatmalar berildi.


✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#seminar

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-yanvardagi 07-15-1 sonli topshirigʻiga asosan Qibray tumani hokimligi tarkibiy boʻlimlari rahbarlari va mutaxassislarining ish yuritish malakasi va kasbiy darajasini oshirish maqsadida iqtisodiy oʻquv seminari oʻtkazildi.


👉Batafsil

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram  📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#Bildirish #Уведомление

Viloyatda issiq suv va isitish ta’minoti narxi oshirildi

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining qaroriga muvofiq, joriy yilning 1 fevralidan issiqlik korxonalarining issiq suv va isitish xizmatlari tariflari o‘zgardi.

Viloyat “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish boshqarmasi, “Angren issiqlik energiyasi” DUK, Chirchiq “Issiqlik energiyasi” ICHK, “Olmaliq issiqlik manbai” MCHJ larning iste’mochilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar quyidagicha etib belgilandi.

👉 Batafsil
________

В Ташкентской области повысились тарифы на горячую воду и теплоснабжение

Согласно решения Ташкентского областного Кенгаша народных депутатов, с 1 февраля текущего года изменяются тарифы предприятий теплоснабжения на горячую воду и обеспечение теплом.

Стоимость услуг, предоставляемые потребителям областным Производственным Управлением “Иссиқлик манбаи”, ГУП “Ангрен иссиқлик энергияси”, Производственным Предприятием города Чирчик “Иссиқлик энергияси”, ООО “Олмалиқ иссиқлик манбаи”, предоставлены ниже.

👉 Подробно

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
#Diqqat_eʼlon

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-iyuldagi “Foydalanishda boʻlgan moped va skuterlarni davlat roʻyxatidan o'tkazish tartibi to'g'risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori hamda O'zbekiston Respublikasi IIVning 2024-yil 16-noyabrdagi tegishli ko'rsatmasi ijrosini taʼminlash maqsadida moped, skuter va mototsikllar davlat ro'yxatiga olinishi belgilangan. Shu munosabat bilan ertaga, 30-yanvar kuni soat 10:00da Qibray tumani Yo'l harakati xavfsizligi bo'limi avtoturargohida mototransport vositalarini boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi talab etilishi hamda ularni roʻyxatdan oʻtkazish borasida targʻibot tadbiri boʻlib oʻtadi.


Ushbu tadbirga Qibray tumanidagi barcha moped, skuter va mototsikl haydovchilarini taklif etamiz.

Manzil:Qibray tumani YHX bo'limi binosi

💬
telegram  📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#seminar

Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi katta o'qituvchisi Z.Raxmonov va Qibray tumani adliya bo'limi boshlig'i D.Matrasulov ishtirokida tumandagi 68 ta mahallada faoliyat yuritib kelayotgan mahalla yettiligi uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi "2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-1-son qarori mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan seminar-trening tashkil etildi.

Tuman Xalq qabulxonasi, Milliy gvardiya va Mahalla uyushmasi tuman bo'limi hamkorligida o'tkazilgan seminar-treningda, mahalla yettiligi xodimlariga qaror doirasida belgilab berilgan muhim vazifalar va ishlarni to‘g‘ri tashkil etish bo'yicha atroflicha tushuntirishlar berildi.


✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram  📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube