Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.82K subscribers
43.7K photos
3.5K videos
66 files
14.3K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#zakovat

Konstitutsiya kuni munosabati bilan “Zakovat” intellektual musobaqasi o'tkazildi

Konstitutsiyamizning 32 yilligi munosabati bilan Ichki Ishlar vazirligi Qorovul qo’shinlari tomonidan “Zakovat” intellektual musobaqasi bo’lib o’tdi.

Musobaqada harbiy xizmatchilar, talaba yoshlar hamda Qibray tumanidagi “Yosh Temurbeklar” harbiy-sport NTM tinglovchilari ishtirok etib, o’z bilimlarini sinovdan o’tkazdilar.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#yashil_makon

"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida o'tkazilgan hashar milliy urf-odatlarimizga xos otdi

Qibray tuman hokimligi va “O’zbekinvest” sug’urta kompaniyasi hamkorligida "Yashil makon" loyihasi doirasida tumandagi Navbahor mahallasida o’tkazilgan hasharda, qarovsiz bo’sh yer maydoni obod qilindi.

Xususan, hokim yordamchilari va kompaniya xodimlari ishtirokida o’tgan ko'kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari davomida 700 tupga yaqin mevali hamda archa va manzarali daraxt ko'chatlari ekildi.

Hashar so'ngida urf-odatlarimizga ko'ra dasturxon tuzalib, ishtirokchilarga osh tortildi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#uchrashuv

Qishloq xoʻjaligi sohasidagi ishlar tahliliy muhokama qilindi

Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov va viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Xurshid
Qoraboyev
lar tumandagi fermer xoʻjaliklari va qishloq xo’jaliklari rahbarlari hamda soha mas’ullari bilan uchrashib, samarasiz bogʻlarni rekonstruksiya qilish va yangi texnologiyalar asosida intensiv usulda bogʻzorlar tashkil etish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.


Jumladan, fermer xoʻjaligi yerlarida samarali foydalanish orqali to’qsonbosti usulida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish, agrotexnik tadbilarni o’z vaqtida amalga oshirish bo’yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, “Yashil makon” loyihasi doirasida dala atroflariga terakt ko’chatlarini ekish, ariq va zovurlarni betonlashtirish kabi ishlar yuzasidan ham soha xodimlariga topshiriqlar berildi.


✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube