Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.76K subscribers
43.5K photos
3.47K videos
64 files
14.2K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#bildirish

Hurmatli fuqarolar!

Agarda xonadoningiz elektr energiyadan qarzdorlik uchun o’chirilgan bo’lsa yoki pul to’lovi amalga oshirilgandan so’ng qayta ulanmagan bo’lsa, unda quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qiling.

☎️ 95/819-09-11, 95/144-58-55

✍️Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
26 sentabr – Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni

Sana munosabati bilan mazkur sohada faoliyat olib borayotgan Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlarini samimiy tabriklaymiz.

Sizga baxt-saodat, sihat-salomatlik hamda yurtimiz ravnaqi hamda tinchligi yo‘lida olib borayotgan mas'uliyatli va sharafli kasbingizga ulkan zafarlar tilaymiz.

✍️Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bildirish

"Toshkent viloyati suv ta'minoti" AJ Qibray tuman filiali shuni ma'lum qiladi

Qipchoq mfy markaziy ko'chasida joylashgan D-219 mm bo'lgan markaziy ichimlik suv quvurida yirik nosozlik (avariya) yuzaga kelganligi sababli, ushbu nosozlikni bartaraf qilish maqsadida bugun, 26 sentabr kuni soat 12:00 ga qadar Beruniy, Alisher Navoiy, Shodlik, Sohibkor, G'ofur G'ulom, Yangiobod, Iftihor, Zebuniso,Uymaut va Qipchoq mahallalarida ichimlik suv ta'minotida uzilish bo'ladi.

Hozirda nosozlikni bartaraf etish bo'yicha zarur choralar ko'rilmoqda

Noqulayliklar uchun "Toshkent viloyati suv ta'minoti" AJ Qibray tuman filiali iste'molchilardan uzr so‘raydi.

☎️Murojaat uchun dispetcherlik xizmati:(77) 100-02-38, (1255)


✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#2024_yil_1_oktabrdan

🔰Qonunchilikka ko'ra:

🔸Yoshlar ishlari agentligi har yili xususiy o'quv markazlarining Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimidagi reytingini tuzadi hamda rasmiy veb-saytida e'lon qilib boradi;

🔸reyting natijalariga ko'ra olis va chekka hududlarda faoliyat ko'rsatuvchi eng yuqori ko'rsatkichga ega 100 ta xususiy o'quv markazining ta'lim jarayonida foydalanadigan bino va inshootlar uchun ijara to'lovi xarajatlarining bir qismi kompensasiya qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Sayyor_sud

Ochiq sayyor sud davomida bir guruh shaxslar muddatidan oldin shartli ozod qilindi

Jinoyat ishlar bo‘yicha Qibray tumani sudiyasi B.Boboyev, tuman IIB Probatsiya guruhi katta inspektori B.Yusupov va boshqa mas'ullar ishtirokida ochiq sayyor sud o'tkazildi.

Qibray tuman IIB Probatsiya guruhi hisobida ahloq tuzatish ishlari jazosini o‘tab kelayotgan shaxslarga Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga kiritilgan taqdimnoma ko‘rib chiqildi va 10 nafar shaxslarga nisbatan JKning 73-moddasiga asosan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilindi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan 1900 dan ortiq Yer uchastkalarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 147 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 30 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 5 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 5 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 107 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 295 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 38 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 285 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 131 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 134 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 12 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 460 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 14 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 42 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 131 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 73 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 69 ta (Ko'rish)

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Mamlakatimizda energiya tejamkor texnologiyalarni joriy qilish, energiya samaradorlikni ta’minlash va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bu borada Toshkent davlat agrar universitetida ko‘rilgan amaliy choralar o‘zining ijobiy samarasini bermoqda. Jumladan, universitet binolari hamda talabalar turar joyi binolarini muqobil isitish tizimini ta’minlash uchun jami 7 ta yangi (bir dona 7200 kVt, ikki dona 3600 kVt, bir dona 1800 kVt, bir dona 1400 kVt, bir dona 1200 kVt, bir dona 450 kVt) isitish qozonxonalari qurilib, foydalanishga topshirildi.

Shuningdek, universitet binolarining tom qismiga jami 2347 ming kVt li quyosh panellari, 500 ta sensorli harakat datchiklari, 25 ming dona yoritgich lampalari oʼrniga zamonaviy energiya tejamkor boʼlgan yorugʼlik diotli (LET) lampalarga almashtirilgan. 170 ta koʼcha yoritgichlaridan 46 tasi toʼgʼridan-toʼgʼri quyosh panellar orqali ishlaydi va umumiy elektr tarmogʼidan umuman energiya olmaydi. Quyosh panellari hisobiga ishlab chiqarilgan elektr energiya universitetning yillik elektr energiyasining 45-50 % qoplaydi.

Manba:ToshDAU axborot xizmati

💬telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik

Chirchiq harbiy prokuraturasining tashabbusi bilan Qibray tumanining chegara oldi hududidagi "Shalola", "Sharq" va "Turkiston" mahallalarida yashovchi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi bilan hamkorlikda tadbir o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda Chirchiq harbiy prokurori I.Akbarov va katta yordamchisi A.Jamoliddinov ishtirok etib, yoshlarga sharafli kasblardan biri bo'lgan, harbiylik sohasi va uning mas'uliyati haqida so'zlab, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda bevosita bu kabi uchrashuvlarning o'rni muhim ekanligini aytib o'tdi.

Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida turli musobaqalar va harbiy qismda harbiy xizmatchilarga yaratilgan barcha shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirilib, kitob yarmarkasi tashkil etildi.

Tadbirda mazkur mahallalarda joylashgan 3 ta maktabdan 100 nafardan ortiq o‘quvchilar va mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlar ishtirok etdi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM