Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.61K subscribers
39.6K photos
3.12K videos
60 files
12.9K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#Amal_qiling

☎️ Qonunchilikka ko‘ra, ichki ishlar organi, yong‘inga qarshi xizmat, tibbiy tez yordam va boshqa maxsus xizmatlarni qasddan aldab chaqirganlik uchun BHMining 1 baravaridan 3 baravarigacha (340 ming so‘mdan 1 mln 20 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Amal_qiling

⚡️Qonunchilikka ko'ra, tadbirkorlarni pul mablag'larini hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ajratish bilan bog'liq homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etganlik uchun ma'muriy hamda jinoiy javobgarlik belgilangan.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Amal_qiling

🖥 Qonunchilikka ko'ra, kompyuter tizimida saqlanayotgan yoki uzatilayotgan axborotni ruxsatsiz yo'q qilib yuborish, to'sib qo'yish, modifikasiyalashtirish, undan nusxa ko'chirish yoki uni qo'lga kiritish maqsadini ko'zlab kompyuter dasturlarini yaratish yoki mavjud dasturlarga o'zgartirishlar kiritish, xuddi shuningdek maxsus virus dasturlarini ishlab chiqish, ulardan qasddan foydalanish yoki ularni qasddan tarqatish quyidagi jazo choralaridan biri qo'llanilishiga sabab bo'ladi:

🔹BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha (34 mln so'mdan 102 mln so'mgacha) miqdorda jarima;
🔹2 yilgacha ozodlikni cheklash;
🔹2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Amal_qiling

🔰 Yong'in xavfsizligi qoidalarining shu qoidalar bajarilishi uchun mas'ul bo'lgan shaxs tomonidan buzilishi badanga o'rtacha og'ir yoki og'ir shikast yetkazilishiga sabab bo'lsa, quyidagi jazo choralaridan biri qo'llanilishiga sabab bo'ladi:

BHMning 25 baravaridan 50 miqdorda (8 mln 500 ming so'mdan 17 mln so'mgacha) jarima solish;
5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;
yilgacha axloq tuzatish ishlari;
1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;
3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

🔘 Agarda mazkur qilmish:

🔹 odam o'lishiga;

🔹 boshqa og'ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo'lsa:

muayyan huquqdan mahrum qilib, 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;
5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...


https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Amal_qiling

🔰 Qonunchilikka ko'ra, texnik reglamentlarga javob bermaydigan va ko'plab zaharli moddalar chiqishiga olib keladigan yonilg'i-moylash materiallarini realizasiya qilish mansabdor shaxslarga BHMning 5 baravaridan 7 baravarigacha (1 mln 875 ming so'mdan 2 mln 625 ming so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

🛢Shuningdek, yonilg'i-moylash materiallari bilan, qo'lda savdo qilish yoxud shaharlarda belgilanmagan joylarda qo'lda savdo qilish uchun ham javobgarlik belgilangan.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Amal_qiling

❗️Haydovchilarning yuk avtomobillarida yo'lning chetki chap qatorida harakatlanishi (bundan ruxsat etilgan hollar mustasno), yo'nalishli transport vositalari to'xtaydigan bekatlardan yoki piyodalar o'tish joylaridan yurishi BHMning 1/2 qismi miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

Ma'muriy javobgarlikka tortilgan shaxs ushbu huquqbuzarlikni takroran sodir etsa:

BHMning 1 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Amal_qiling

🔰 Qonunchilikka ko'ra, iste'molchilarga elektr energiyasi va tabiiy gaz shartnoma asosida ulardan foydalanish qoidalariga muvofiq yetkazib beriladi.

📝 Shartnomada taraflarning huquq va majburiyati, hisobga olish asboblarini o'rnatish, elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun hisob-kitob qilish va boshqa shartlar kelishib olinadi.

📁 Mazkur qoidalarni buzganliklari uchun tomonlar qonun hujjatlariga muvofiq ma'muriy va jinoiy javobgarlikka tortilishlari mumkin.

⚠️ Shuningdek, tarmoqlarga o'zboshimchalik bilan ulanish, hisobga olish asboblariga, ularning plombalariga shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko'rsatkichlarini o'zgartirish o'g'rilik yoki oz miqdorda talon-toroj qilish sifatida baholanib, javobgarlikka sabab bo'lishi belgilangan.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Amal_qiling

🖥 Qonunchilikka ko'ra, o'zganing kompyuter uskunasini yoki xizmatda foydalaniladigan kompyuter uskunasini qasddan ishdan chiqarish, xuddi shuningdek kompyuter tizimini buzish (kompyuter sabotaji) 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, quyidagi jazo choralaridan biri bilan jazolanadi:

🔸BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha (102 mln so'mdan 136 mln so'mgacha) miqdorda jarima;

🔸2 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud;

🔸2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Amal_qiling

🔰 Qonunchilikka ko'ra, pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo'natish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda O'zbekistondan olib chiqish, huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, BHMning 15 baravaridan 30 baravarigacha (5 mln 625 ming so'mdan 11 mln 250 ming so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

✔️ Shuningdek, pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda o'tkazish yoki O'zbekistonga olib kirish, huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, BHMining 25 baravaridan 50 baravarigacha (9 mln 375 ming so'mdan 18 mln 750 ming so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Amal_qiling

⚡️ Qonunchilikka ko'ra, savdo yoki xizmat ko'rsatish qoidalarini buzganlik uchun ma'muriy hamda jinoiy javobgarlik belgilangan.

✔️ Bunda, savdo yoki xizmat ko'rsatish qoidalarini ko'p miqdordagi qiymatda buzish quyidagicha miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi:

🔹fuqarolarga BHMning 70 baravari (26 mln 250 ming so'm);
🔹mansabdor shaxslarga BHMning 80 baravari (30 mln so'm).

📋 Shuningdek, tovarlar savdosi yoki xizmat ko'rsatish qoidalarini juda ko'p miqdordagi qiymatda buzish BHMning 300 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

⚠️ Ammo, birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e'tiboran 30 kunlik muddatda savdo yoki xizmat ko'rsatish qoidalari buzilishining oqibatlarini bartaraf etgan va yetkazilgan moddiy zararning o'rnini qoplagan bo'lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin